O‘zbekiston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlatimiz rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh Turkmaniston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. Milliy yetakchining zamonaviy Turkmanistonni Batafsil

O‘zbekiston Prezidenti turkiyalik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-iyun kuni Turkiyaning «Cengiz Holding» kompaniyasi raisi Mehmet Jengiz va «Kalyon Holding» kompaniyasi raisi Jemal Kalyonju boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. O‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Prezidentimizning yaqinda Anqaraga Batafsil

Prezident yoshlar bilan muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-iyun kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar sarhisobi, yangi vazifa va takliflar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish avvalida ishlar samaradorligi ko‘rib chiqildi. Oxirgi yetti yilda yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qarorlar qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyozlar berilgani qayd etildi. Birgina ta’lim kreditidan Batafsil

Faol va ilg‘or yoshlarga davlat mukofotlari topshirildi

Yoshlar kuni arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qaroriga muvofiq, azmu shijoati, bilim va salohiyati bilan mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faol yoshlar «Kelajak bunyodkori» medali hamda «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi. 28-iyun kuni Ko‘ksaroyda ana shu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi. Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida yigit-qizlarni Batafsil

27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Abdulhakim Eshmurodov Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov bir guruh jurnalist va ijtimoiy tarmoq faollarini bayram munosabati bilan tabrikladi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Abdulhakim Eshmurodov jurnalist va ijtimoiy tarmoq faollarining jamiyatimizda yuz berayotgan muhim o‘zgarishlar, ustuvor g‘oya va Batafsil

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga

Qadrli do‘stlar! Avvalambor, o‘z iste’dodi va mahorati, fidokorona mehnati bilan el-yurtimizga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan siz, milliy jurnalistikamiz jonkuyarlarini, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan muhtaram faxriylarimizni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barchangizga yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman. Batafsil

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-iyun kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Gyuler boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv avvalida Turkiya mudofaa idorasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Anqara shahriga 5-6-iyun kunlari amalga oshirilgan oliy darajadagi Batafsil

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Mamlakatimizda so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, demokratik islohotlarni amalga oshirish yo‘lida faollik ko‘rsatib kelayotgani, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish, yurtimizdagi yangilanish jarayonlarini yoritish, erishilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etishdagi katta Batafsil

Sug‘urta tushunchasi, sug‘urta shartnomalari shakli va tuzish tartibi

Sug‘urta shartnomasi bilan bog‘liq atamalar: Sug‘urta — ma’lum voqealar (sug‘urta hodisasi) yuz berganda jismoniy va yuridik shaxslarining mulkiy manfaatlarining himoyasi bo‘yicha munosabatlarni anglatuvchi atama. Himoya manfaatlari himoya qilinayotganlar tomonidan to‘lanuvchi sug‘urta badallaridan (sug‘urta mukofotlari) shakllanuvchi pul jamg‘armalari hisobiga amalga oshiriladi. Sug‘urtalangan (shaxs) — mulki, hayoti, sog‘lig‘i, mehnatga layoqati, mas’uliyati sug‘urta Batafsil

Hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida ochiq muloqot o’tkazildi

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i T.Ismoilov hamda Denov tumani hokimi I.Abrorov boshchiligida hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida tumanda so‘nggi 5 oy davomida amalga oshirilgan ishlar hamda kamchiliklar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi. Ochiq muloqotda quyidagilar ma’lum qilindi. Hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida kompleks chora-tadbirlar olib borilishiga Batafsil