{"id":866,"date":"2026-06-02T05:30:23","date_gmt":"2026-06-02T02:30:23","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=866"},"modified":"2026-06-02T05:30:24","modified_gmt":"2026-06-02T02:30:24","slug":"hozirgi-ozbek-tilida-kelishik-shakllarining-qollanishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=866","title":{"rendered":"Hozirgi o\u2018zbek tilida kelishik shakllarining qo\u2018llanishi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.Filologiya va tillarni o\u2018qitish; o\u2018zbek tili kafedrsining katta o\u2018qtuvchisi Akbarali Boymirzayev.<br>Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya va tillarni o\u2018qitish: o\u2018zbek tili yo\u2018nalishi 3-bosqich 303-guruh talabalari: Bo\u2018riyeva Fotima G\u2018ayratova, Jumayeva Mubina Zoir qizi.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong><em>Annontatsiya:<\/em><\/strong><em> Mazkur maqolada hozirgi o\u2018zbek tilida kelishik shakllarining qo\u2018llanish xususiyatlari, ularning gapdagi sintaktik vazifalari hamda semantik imkoniyatlari yoritiladi. Jumladan, kelishik qo\u2018shimchalarining ot va otlashgan so\u2018zlarni boshqa so\u2018zlar bilan bog\u2018lashdagi o\u2018rni, ularning gap bo\u2018laklari tarkibidagi funksiyalari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, kelishik shakllarining turli nutqiy vaziyatlarda qo\u2018llanishi va ularning funksional imkoniyatlari ham izohlanadi.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong><em>Kalit so\u2018zlar:<\/em><\/strong><em> kelishik, kelishik shakllari, qo\u2018shimcha, affiks, ot, otlashgan so\u2018zlar, so\u2018z birikmasi, bog\u2018lanish, til taraqqiyoti.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong><em>Abstract:<\/em><\/strong><em> This article examines the features of the use of conjunctive forms in the modern Uzbek language, their syntactic functions in a sentence, and their semantic possibilities. In particular, the role of conjunctive affixes in connecting nouns and adverbs with other words, their functions in the structure of sentences, are analyzed. In addition, the use of conjunctive forms in various speech situations and their functional possibilities are explained.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong><em>Keywords:<\/em><\/strong><em> conjunctive, conjunctive forms, affix, affix, noun, adverbs, word combination, connection, language development.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong><em>\u0410\u043d\u043d\u043e\u0442\u0430\u0446\u0438\u044f:<\/em><\/strong><em> \u0412 \u0434\u0430\u043d\u043d\u043e\u0439 \u0441\u0442\u0430\u0442\u044c\u0435 \u0440\u0430\u0441\u0441\u043c\u0430\u0442\u0440\u0438\u0432\u0430\u044e\u0442\u0441\u044f \u043e\u0441\u043e\u0431\u0435\u043d\u043d\u043e\u0441\u0442\u0438 \u0438\u0441\u043f\u043e\u043b\u044c\u0437\u043e\u0432\u0430\u043d\u0438\u044f \u0441\u043e\u0435\u0434\u0438\u043d\u0438\u0442\u0435\u043b\u044c\u043d\u044b\u0445 \u0444\u043e\u0440\u043c \u0432 \u0441\u043e\u0432\u0440\u0435\u043c\u0435\u043d\u043d\u043e\u043c \u0443\u0437\u0431\u0435\u043a\u0441\u043a\u043e\u043c \u044f\u0437\u044b\u043a\u0435, \u0438\u0445 \u0441\u0438\u043d\u0442\u0430\u043a\u0441\u0438\u0447\u0435\u0441\u043a\u0438\u0435 \u0444\u0443\u043d\u043a\u0446\u0438\u0438 \u0432 \u043f\u0440\u0435\u0434\u043b\u043e\u0436\u0435\u043d\u0438\u0438 \u0438 \u0441\u0435\u043c\u0430\u043d\u0442\u0438\u0447\u0435\u0441\u043a\u0438\u0435 \u0432\u043e\u0437\u043c\u043e\u0436\u043d\u043e\u0441\u0442\u0438. \u0412 \u0447\u0430\u0441\u0442\u043d\u043e\u0441\u0442\u0438, \u0430\u043d\u0430\u043b\u0438\u0437\u0438\u0440\u0443\u0435\u0442\u0441\u044f \u0440\u043e\u043b\u044c \u0441\u043e\u0435\u0434\u0438\u043d\u0438\u0442\u0435\u043b\u044c\u043d\u044b\u0445 \u0430\u0444\u0444\u0438\u043a\u0441\u043e\u0432 \u0432 \u0441\u043e\u0435\u0434\u0438\u043d\u0435\u043d\u0438\u0438 \u0441\u0443\u0449\u0435\u0441\u0442\u0432\u0438\u0442\u0435\u043b\u044c\u043d\u044b\u0445 \u0438 \u043d\u0430\u0440\u0435\u0447\u0438\u0439 \u0441 \u0434\u0440\u0443\u0433\u0438\u043c\u0438 \u0441\u043b\u043e\u0432\u0430\u043c\u0438, \u0438\u0445 \u0444\u0443\u043d\u043a\u0446\u0438\u0438 \u0432 \u0441\u0442\u0440\u0443\u043a\u0442\u0443\u0440\u0435 \u043f\u0440\u0435\u0434\u043b\u043e\u0436\u0435\u043d\u0438\u0439. \u041a\u0440\u043e\u043c\u0435 \u0442\u043e\u0433\u043e, \u043e\u0431\u044a\u044f\u0441\u043d\u044f\u0435\u0442\u0441\u044f \u0438\u0441\u043f\u043e\u043b\u044c\u0437\u043e\u0432\u0430\u043d\u0438\u0435 \u0441\u043e\u0435\u0434\u0438\u043d\u0438\u0442\u0435\u043b\u044c\u043d\u044b\u0445 \u0444\u043e\u0440\u043c \u0432 \u0440\u0430\u0437\u043b\u0438\u0447\u043d\u044b\u0445 \u0440\u0435\u0447\u0435\u0432\u044b\u0445 \u0441\u0438\u0442\u0443\u0430\u0446\u0438\u044f\u0445 \u0438 \u0438\u0445 \u0444\u0443\u043d\u043a\u0446\u0438\u043e\u043d\u0430\u043b\u044c\u043d\u044b\u0435 \u0432\u043e\u0437\u043c\u043e\u0436\u043d\u043e\u0441\u0442\u0438.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong><em>\u041a\u043b\u044e\u0447\u0435\u0432\u044b\u0435 \u0441\u043b\u043e\u0432\u0430:<\/em><\/strong><em> \u0441\u043e\u0435\u0434\u0438\u043d\u0438\u0442\u0435\u043b\u044c\u043d\u044b\u0439, \u0441\u043e\u0435\u0434\u0438\u043d\u0438\u0442\u0435\u043b\u044c\u043d\u044b\u0435 \u0444\u043e\u0440\u043c\u044b, \u0430\u0444\u0444\u0438\u043a\u0441, \u0430\u0444\u0444\u0438\u043a\u0441, \u0441\u0443\u0449\u0435\u0441\u0442\u0432\u0438\u0442\u0435\u043b\u044c\u043d\u043e\u0435, \u043d\u0430\u0440\u0435\u0447\u0438\u044f, \u0441\u043b\u043e\u0432\u043e\u0441\u043e\u0447\u0435\u0442\u0430\u043d\u0438\u0435, \u0441\u043e\u0435\u0434\u0438\u043d\u0435\u043d\u0438\u0435, \u0440\u0430\u0437\u0432\u0438\u0442\u0438\u0435 \u044f\u0437\u044b\u043a\u0430.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Hozirgi o\u02bbzbek adabiy tili taraqqiyotining muhim bosqichlaridan biri\u2014 grammatik shakllarning, xususan kelishik shakllarining funksional imkoniyatlarini chuqur o\u02bbrganishdir. Kelishiklar o\u02bbzbek tilida so\u02bbzlar o\u02bbrtasidagi munosabatlarni ifodalashning asosiy vositasi hisoblanadi. Ular nafaqat sintaktik aloqani ta\u02bcminlaydi, balki semantik jihatdan ham boy imkoniyatlarga ega.<br>Mazkur tadqiqotning maqsadi \u2014 hozirgi o\u02bbzbek tilida kelishik shakllarining qo\u02bbllanish xususiyatlarini tahlil qilish, ularning sintaktik va semantik funksiyalarini aniqlashdir. Tadqiqot obyekti \u2014 hozirgi o\u02bbzbek adabiy tili, predmeti esa kelishik shakllarining qo\u02bbllanishi va funksiyalaridir. Biz bilamizki, o\u2018zbek tili rivojlanayotgan tillardan biri hisoblanadi. O\u2018zbek tilida so\u2018zlar ma\u2019lum ma\u2019nolarni ifodalash uchun turli kelishiklarda qo\u2018llaniladi. Kelishiklar ot va ot o\u2018rnida keluvchi so\u2018zlarning gapdagi sintaktik munosabatlarini ko\u2018rsatadigan grammatik shakllardir. Ular otlarning qanday holatda ishlatilayotganini, boshqa so\u2018zlar bilan qanday bog\u2018lanishini ifodalaydi. Menga kelishigi, ya\u2019ni yo\u2018nalish kelishigi, so\u2018zga qo\u2018shimcha qo\u2018shish orqali hosil bo\u2018ladi va \u2018\u2018qayerga?\u201d, \u2018\u2018kimga?\u2019\u2019 kabi savollarga javob beradi. Bu kelishik nutqda harakatning yo\u2018nalishini, qabul qiluvchi shaxsni yoki narsa va voqealarni ko\u2018rsatish uchun keng ishlatiladi. O\u2018zbek tilidagi bu kelishik vositasi bilan so\u2018zlar gapdagi boshqa unsurlar bilan bog\u2018lanib, ularning vazifasi va munosabatlarini aniq ifodalaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u02bbzbek tilshunosligida kelishiklar masalasi A.G\u02bbulomov, A.N.Kononov, Sh.Rahmatullayev, I.Qo\u02bbchqortoyev, M.Irsqulov va boshqa olimlar tomonidan o\u02bbrganilgan. A.G\u02bbulomov kelishik tizimini ilk bor ilmiy jihatdan tizimlashtirgan bo\u02bblsa, keyingi tadqiqotlarda (Sh.Rahmatullayev, I.Ziyoeva, T.Inoyatov va boshqalar) bu shakllarning semantik nuanslari chuqurroq yoritilgan. Biroq hozirgi zamonaviy til materiallari (ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar) asosida o\u02bbtkazilgan kompleks tadqiqotlar hali yetarli emas. Tadqiqotda tavsifiy, qiyosiy-tahliliy va statistik usullar qo\u02bbllanilgan. Material sifatida o\u02bbzbek tilining milliy korpusi, zamonaviy badiiy adabiyot, gazeta va jurnallar hamda ijtimoiy tarmoqlardagi matnlar jalb etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; &nbsp;Malumki, o\u2018zbek tilida 6 ta kelishik bo\u2018lib, bular: Bosh kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, jo\u2018nalish kelishigi, o\u2018rin-payt kelishigi va chiqish kelishigi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp; &nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;<strong>Bosh kelishik<\/strong>. Bu odatdagidek, maxsus ko\u2018rsatkichga ega bo\u2018lmaydi. Uning asosiy sintaktik funksiyasi ega vazifasida keladi. Shu bilan birga, bosh&nbsp; darajali bo\u2018lak vazifasida ham keladi. Masalan: <em>Men keldim.<\/em> Bu yerda <em>men <\/em>&nbsp;so\u2018zi bosh kelishik shakldagi so\u2018zdir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; <strong>Qaratqish kelishigi.<\/strong> Ushbu kelishik qaratish yo\u2018li bilan aniqlab kelib, kishi yoki narsalarning kimga yoki nimaga qarashli ekanligini ko\u2018rsatuvchi so\u2018z shakli, so\u2018z birikmasining qismi. Bu kelishik <em>-ning<\/em> qo\u2018shimchasi bilan shakllanadi. Masalan: <em>Mening kitobim<\/em>. Bunda<em> mening <\/em>so\u2018zi qaratqich kelishigi qo\u2018shimchasidagi so\u2018z hisoblanadi. Qaratqich kelishik qo\u2018shimchasi ko\u2018p variantlidir. Negizning fonetik xususiyatiga qarab, affiksning maxsus variantlari qo\u2018shilavergan: <em>-ni\u2019n\/\/ -nin<\/em>. Mazkur qo\u2018shimcha har qanday negizlarga qo\u2018shilaveradi: <em>qoychi\u2019ni\u2019n iti<\/em> (Taf.). <em>Yelchinin shahdli\u2019q zahri\u2019 shishasi&#8230;<\/em> (Nav.SS). Bu qo\u2018shimcha XV asrgacha bo\u2018lgan yodnomalarda tarkibida lablanmagan unlilar bo\u2018lmagan negizlarga qo\u2018shilgan. Qaratqich kelishigining bu variantli oxirgi bo\u2018g\u2018inda lablangan unlilar qatnashgan negizlarga qo\u2018shiladi: <em>Rasulnin so\u2018zi<\/em> (Taf.). <em>Xarunnun aqli\u2019 <\/em>(Rabg\u2018.). <em>Ko\u2018zunnun alli\u2019da nargis kelib qati\u2019g\u2018 ko\u2018zlug..<\/em> . (Nav.SS). Bu qo\u2018shimchaning yuqoridagi negizlarga qo\u2018shilishi XV-XVI asrlargacha davom etgan. Shuningdek, bu qonuniyatdan chekinish hollari uchraydi: <em>Ko\u2018znin niyati<\/em> (Atoiy), <em>xalqnun ranji\u2019 <\/em>(Taf.).<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Tushum kelishigi.<\/strong> Ushbu kelishik \u201cKimni?\u201d yoki \u201cNimani?\u201d so\u2018roqlariga javob bo\u2018ladigan, harakat yo\u2018nalgan ob\u2019yekti bildiradigan kelishik turi, shakli. Bu kelishik <em>-ni<\/em> qo\u2018shimchasi bilan ifodalanadi. Masalan: <em>Kitobni o\u2018qimoq<\/em> birikmasida <em>kitobni<\/em> so\u2018zi tushum kelishigidagi so\u2018z hisoblanadi. Ba\u2019zida tushum kelishigida qo\u2018llangan so\u2018z belgisiz, ya\u2019ni tushum kelishigi qo\u2018shimchasisiz qo\u2018llanadi. Bu holda&nbsp; so\u2018z fe\u2019l bilan yonma-yon kelgan bo\u2018ladi. Masalan: <em>Sen she\u2019r yodlading.<\/em> Bu gapda <em>she\u2019r<\/em> so\u2018zidagi tushum kelishigi qo\u2018shimchasi tushub qolgan, lekin so\u2018roq berganda \u201cSen nimani yodlading?\u201d deyiladi. Sintaktik vazifada ikkinchi darajali bo\u2018laklardan to\u2018ldiuvchi -ni qo\u2018shimchani olishi yoki olmasligiga ko\u2018ra ikkiga bo\u2018linadi:<\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\">\n<li><strong>Vositali to\u2018ldiruvchi.<\/strong> Bu holda vositali to\u2018ldiruvchidagi so\u2018z <em>-ni <\/em>qo\u2018shimchasi olmagan bo\u2018ladi. Masalan: <em>Opamga yordamlashdim.(Kimga?)<\/em><\/li>\n\n\n\n<li><strong>Vositasiz to\u2018ldiruvchi.<\/strong> Bu holatda esa vositasiz to\u2018ldiruvchidagi so\u2018z <em>-ni<\/em> qo\u2018shimchani olgan bo\u2018ladi. Masalan: <em>Bugun Zahroni ko\u2018rdim.(Kimni?)<\/em><\/li>\n<\/ol>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Jo\u2018nalish kelishigi. <\/strong>Ushbu kelishik qo\u2018shimchasi o\u2018rin-joy otlariga qo\u2018shilib, <em>qayerga?<\/em> so\u2018rog\u2018iga javob bo\u2018ladi va gapda o\u2018rin holi vazifasida keladi. Masalan: <em>Maktabga bordi. <\/em>Payt otlariga qo\u2018shilib, <em>qachon?<\/em> so\u2018rog\u2018iga javob bo\u2018ladi va gapda payt holi vazifasini bajaradi. Masalan: <em>Kechga mehmonlar kelishadi. <\/em>Shaxs va narsa otlariga qo\u2018shilib, <em>kimga?, nimaga?<\/em> so\u2018rog\u2018iga javob bo\u2018ladi va gapda to\u2018ldiruvchi vazifasida qo\u2018llanadi. Masalan: <em>Onamga sovg\u2018a oldim. <\/em>Jo\u2018nalish kelishigi qo\u2018shimchasi k, q tovushlari bilan tugagan so\u2018zlarga qo\u2018shilganda, -ka, -qa shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.&nbsp; Masalan: <em>&nbsp;Terakka, chopiqqa, Chirchiqqa, kurakka. G\u2018 <\/em>&nbsp;tovushi bilan tugagan so\u2018zlarga qo\u2018shilganda, masalan<em>, tog\u2018 + ga= toqqa<\/em> tarzida <em>-qa <\/em>shaklida aytilsa ham, <em>-ga<\/em> tarzida yoziladi.Ba\u2019zan jo\u2018nalish kelishigi qo\u2018shimchasi o\u2018rnida <em>uchun<\/em> ko\u2018makchisi qo\u2018llanadi. Masalan:<em> Onamga oldim\/\/onam uchun oldim. <\/em>Jo\u2018nalish kelishigi qo\u2018shimchasi yo\u2018nalish ma\u2019nosida <em>tomon, bo\u2018ylab <\/em>ko\u2018makchilari bilan ma\u2019nodoshdir. Masalan:<em> Maktabga bormoq \/\/ maktab tomon bormoq \/\/ maktab bo\u2018ylab bormoq.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>O\u2018rin-payt kelishigi. <\/strong>Mazkur kelishikharakatning sodir bo\u2018lgan o\u2018rin, payt yoki harakatning bajarilishiga vosita predmet ma\u2019nosini anglatadi. O\u2018rin-payt kelishigi <em>-da<\/em> qo\u2018shimchasi bilan belgilanadi. Masalan: <em>Menda bor.<\/em> Bu gapda <em>menda<\/em> so\u2018zi o\u2018rin-payt kelishigi shaklidagi so\u2018zlar hisoblanadi. &nbsp;O\u2018rin-payt kelishik qo\u2018shimchasi o\u2018rin-joy otlariga qo\u2018shilib, <em>qayerda? <\/em>so\u2018roqlariga javob bo\u2018ladi va hokim qismda ifodalangan harakatning o\u2018rnini bildiradi. Masalan: <em>Biz bog\u2018da sayr qildik(qayerda?) <\/em>Bunday otlar gapda o\u2018rin holi vazifasida keladi. Payt otlariga qo\u2018shilib, qachon? so\u2018rog\u2018iga javob bo\u2018ladi va hokim qismda ifodalangan harakatning paytini bildiradi. Masalan: <em>Tushda do\u2018konga borib kelaman (qachon?)<\/em> Bunday so\u2018zlar gapda payt holi vazifasida keladi. Ba\u2019zi hollarda o\u2018rin-payt kelishigi qo\u2018shimchasi&nbsp; <em>bilan <\/em>ko\u2018makchisi bilan ma\u2019nodosh bo\u2018ladi. Masalan: &nbsp;<em>Mashida bormoq \/\/ mashina bilan bormoq<\/em>.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Chiqish kelishigi. <\/strong>Bu kelishikish-harakatning boshlanish o\u2018rni, manbai, sababi kabi ma\u2019nolarni bildiradigan, <em>kimdan? nimadan? qayerdan?<\/em> kabi so\u2018roqlarga javob bo\u2018ladigan kelishikdir. Bu kelishik <em>-dan<\/em> qo\u2018shimchasi bilan ifodalanadi. Masalan: <em>Ishdan kelmoq<\/em>. Bu gapdagi <em>ishdan<\/em> so\u2018zi chiqish kelishigi shaklidadir. Chiqish kelishigi qo\u2018shimchasi o\u2018rin-payt otlariga qo\u2018shilib, <em>qayerdan?<\/em> so\u2018rog\u2018iga javob bo\u2018ladi va o\u2018rin holi vazifasini bajaradi. Masalan: <em>Ular bog\u2018dan olma terishdi (qayerdan?) <\/em>Payt otlariga qo\u2018shilib<em>, qachon? <\/em>so\u2018rog\u2018iga javob bo\u2018ladi va payt holi vazifasida keladi. Masalan:<em> Bahordan barcha ekinlar ekila boshlaydi(qachon?) <\/em>Ba\u2019zan tushum kelishi o\u2018rnida chiqish kelishigi shaklini ishlatilish mumkin. Lekin ularning ma\u2019nosida ma\u2019lum farq bor. Tushum kelishigidagi so\u2018z butunni, chiqish kelishigidagi so\u2018z qismni bildiradi. Masalan:<em> Uzumni yedi (butun) \/\/ Uzumdan yedi (qism). <\/em>Ba\u2019zi hollarda chiqish kelishigi qo\u2018shimchasi&nbsp; <em>orqali <\/em>ko\u2018makchisi bilan ma\u2019nodosh bo\u2018ladi. Masalan:<em> Kitobdan \/\/ kitob orqali<\/em>.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; O\u2018zbek tilida kelishiklar sinonimiyasi xususida bahs yuritish, avvalo, kelishik umumiy grammatik ma\u2018nosiga oydinlik kiritishni talab etadi. Kelishik shakllarining umumiy, xususiy va oraliq grammatik ma\u2018nolari haqida to\u2018xtalishdan oldin ularning o\u2018rganish tarixini ko\u2018rib o\u2018tamiz. O\u2018zbek tilshunosligida kelishik shaklining o\u2018rganilish tarixi tilshunos A.G\u2018ulomov tadqiqotidan boshlandi. Olim o\u2018zbek tilidagi kelishikni ajratib, asosiy ma\u2018noviy va sintaktik xususiyatini aniqladi \u2013 kelishik sistemasini tikladi. Akademik A.N.Kononovning avval \u201c\u0413\u0440\u0430\u043c\u043c\u0430\u0442\u0438\u043a\u0430 \u0443\u0437\u0431\u0435\u043a\u0441\u043a\u043e\u0433\u043e \u044f\u0437\u044b\u043a\u0430\u201d va so\u2018ngra \u201c\u0413\u0440\u0430\u043c\u043c\u0430\u0442\u0438\u043a\u0430 \u0441\u043e\u0432\u0440\u0435\u043c\u0435\u043d\u043d\u043e\u0433\u043e \u0443\u0437\u0431\u0435\u043a\u0441\u043a\u043e\u0433\u043e \u043b\u0438\u0442\u0435\u0440\u0430\u0442\u0443\u0440\u043d\u043e\u0433\u043e \u044f\u0437\u044b\u043a\u0430\u201d asarida bu sistemaning formal tavsifi berildi. Keyinchalik, I.Ziyoyeva, T.Inoyatov, A.Yo\u2017ldoshev, G.Ro\u2017ziyev, A.Ma\u2018rufov, R.Rasulov, Sh.Rahmatullayev kabi olimlar kelishik kategoriyasining har bir shaklini formal tadqiq usuli asosida atroflicha tadqiq qildilar. Ularning tadqiqotlarida kelishikning nutqiy ma\u2018nosi va sintaktik xususiyati yoritildi. <em>Menga<\/em> kelishik o\u2018zbek tilida gap bo\u2018laklarini bir-biri bilan bog\u2018lashda va ma\u2019lum bir harakatning yo\u2018nalishini ifodalashda muhim ahamiyatga ega. Bu kelishik yordamida so\u2018zlar harakatning kimga yoki nimaga qaratilganini ko\u2018rsatadi, bu esa fikrning aniqligi va tushunarli bo\u2018lishiga xizmat qiladi. Kelishiklarning bunday o\u2018ziga xos qo\u2018llanishi tilning boyligini va ifoda imkoniyatlarini yanada oshiradi. <em>Menga <\/em>kelishigi, nutqda yo\u2018nalish va bog\u2018lanishlarni aniq ifodalash orqali, gap tarkibini soddalashtiradi va mantiqiy ravishda tuzilishiga yordam beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Xulosa<\/strong>.Hozirgi o\u02bbzbek tilida kelishik shakllari tilning grammatik tizimining asosiy qismini tashkil etadi. Ular nafaqat sintaktik aloqani, balki semantik jihatdan ham boy imkoniyatlarni taqdim etadi. Tadqiqot natijalari shuni ko\u02bbrsatadiki, kelishiklarning qo\u02bbllanish doirasi kengayib borayotgan bo\u02bblsa-da, ularning me\u02bcyoriy qoidalari doimiy ravishda takomillashtirib borilishi lozim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar ro\u2018yxati:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\">\n<li>Rahmatullayev Sh. Til qurilishining asosiy birliklari.-T.,2002<\/li>\n\n\n\n<li>Qo\u2018chqortoyev I., Qo\u2018chqortoyeva R \u201c Tilshunoslikka kirish \u201d T., 1976<\/li>\n\n\n\n<li>Irisqulov M. \u201c Tilshunoslikka kirish \u201d &#8212; T., 1992.<\/li>\n\n\n\n<li>Shoabdurahmonov Sh. va boshqalar. Hozirgi o\u2018zbek adabiy\u00a0 tili.-T., 1980<\/li>\n\n\n\n<li>Mirzayev X. O\u02bbzbek tili grammatikasi. \u2013 T., 2015.<\/li>\n\n\n\n<li>Abdurahmonova D. Zamonaviy o\u02bbzbek tili. \u2013 T., 2020.<\/li>\n\n\n\n<li>G\u02bbulomov A. O\u02bbzbek tilining grammatikasi. \u2013 T., 1949.<\/li>\n<\/ol>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.Filologiya va tillarni o\u2018qitish; o\u2018zbek tili kafedrsining katta o\u2018qtuvchisi Akbarali Boymirzayev.Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya va tillarni o\u2018qitish: o\u2018zbek tili yo\u2018nalishi 3-bosqich 303-guruh talabalari: Bo\u2018riyeva Fotima G\u2018ayratova, Jumayeva Mubina Zoir qizi. Annontatsiya: Mazkur maqolada hozirgi o\u2018zbek tilida kelishik shakllarining qo\u2018llanish xususiyatlari, ularning gapdagi sintaktik vazifalari <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=866\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-866","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-1"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/866","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=866"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/866\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":867,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/866\/revisions\/867"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=866"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=866"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=866"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}