{"id":832,"date":"2026-05-20T13:35:12","date_gmt":"2026-05-20T10:35:12","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=832"},"modified":"2026-05-20T13:35:13","modified_gmt":"2026-05-20T10:35:13","slug":"o%ca%bbzbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-butunjahon-urbanizatsiya-forumi-13-sessiyasining-yetakchilar-sammitidagi-nutqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=832","title":{"rendered":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitidagi nutqi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Hurmatli Ilhom Haydarovich!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Barchangizni Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasida, global taraqqiyotning eng dolzarb masalalari muhokama qilinayotgan nufuzli muloqot maydonida ko\u02bbrib turganimdan behad mamnunman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugungi anjuman \u201cKaspiy durdonasi\u201d bo\u02bblmish go\u02bbzal Bokuda yuqori darajada tashkil etilgani va bizga ko\u02bbrsatilayotgan samimiy mehmondo\u02bbstlik uchun Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Haydarovich Aliyevga chuqur minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Butun Ozarbayjon diyorida, ayniqsa, Qorabog\u02bb zaminida ulkan bunyodkorlik ishlari jadal olib borilmoqda. Ozod qilingan hududlarda qisqa muddatlarda butun boshli shaharlar qayta tiklanib, yangi turar joy majmualari, zamonaviy infratuzilma obyektlari barpo etilyapti.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Fursatdan foydalanib, ana shunday olijanob ishlarga munosib hissa qo\u02bbshishga O\u02bbzbekiston doim tayyor ekanini ta\u02bckidlamoqchiman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Hurmatli forum ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kun tartibiga qo\u02bbyilgan \u201cBarcha uchun uy-joy: xavfsiz va barqaror shaharlar hamda hamjamiyatlar\u201d masalasi bugun har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tahlillarga ko\u02bbra, XXI asr o\u02bbrtalariga borib, sayyoramiz aholisining qariyb 70 foizi shaharlarda istiqomat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ayni paytda urbanizatsiya jarayoni o\u02bbzi bilan birga qator ijtimoiy muammolarni ham kuchaytirib bormoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugun dunyoda qariyb 3 milliard inson birlamchi yashash sharoitlaridan mahrum. Ularning bir milliarddan ziyodi norasmiy turar joylar va xarobalarda kun kechirmoqda, 300 milliondan ortiq odam esa umuman boshpanaga ega emas. Iqlim o\u02bbzgarishlari, tahlikali xalqaro vaziyat va iqtisodiy inqirozlar global migratsiyaning yangi to\u02bblqinlarini paydo qilib, davlatlar va shaharlar o\u02bbrtasida aholining qayta taqsimlanishiga olib kelmoqda. Oddiy qilib aytganda, urbanizatsiya jarayonlari global barqarorlik va xavfsizlikka to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri ta\u02bcsir ko\u02bbrsatuvchi jiddiy omilga aylanmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bularning barchasi hammamizdan qat\u02bciy va kechiktirib bo\u02bblmaydigan choralar ko\u02bbrishni talab qilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Aziz do\u02bbstlar!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shaharlarni barqaror rivojlantirish masalasi Yangi O\u02bbzbekiston uchun ham strategik ahamiyatga ega. Yaqin 15 yil ichida mamlakatimiz aholisi 38 milliondan 50 million nafarga, urbanizatsiya darajasi esa 51 foizdan 65 foizga yetishi kutilmoqda. Biz buni hududlarimizni mutanosib rivojlantirish va iqtisodiy o\u02bbsishni ta\u02bcminlash uchun noyob imkoniyat deb hisoblaymiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu maqsadda O\u02bbzbekistonda oxirgi o\u02bbn yilda qurilayotgan uy-joylarning yillik soni 10 barobar oshib, 2025-yilda 238 mingta xonadonga yetdi, 2030-yilda ushbu raqamni yana 1,5 barobar oshiramiz; aholini arzon uy-joy bilan ta\u02bcminlash dasturlariga har yili budjetdan qariyb 2 milliard dollar mablag\u02bb ajratilmoqda; norasmiy turar joylar muammosini hal qilish uchun 2024-yilda alohida qonun qabul qilinib, 100 mingga yaqin uyga hujjat rasmiylashtirib berildi; eskirgan uy-joylarni yangilash maqsadida renovatsiya hisobiga quriladigan xonadonlar ulushini 15 foizdan 60 foizga yetkazish reja qilib olindi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ushbu jarayonlarni samarali boshqarish maqsadida Urbanizatsiya milliy qo\u02bbmitasi tashkil etildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bundan tashqari, \u201cYashil makon\u201d, \u201cToza havo\u201d dasturlari doirasida shaharlarda yashillik darajasini 2030-yilgacha 30 foizga yetkazish marrasini olganmiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shaharlarni obodonlashtirish va aholi turmush tarzini yaxshilashda fuqarolarning o\u02bbzini o\u02bbzi boshqarishi bo\u02bbyicha an\u02bcanaviy tuzilma \u2013 mahalla institutiga keng tayanamiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ikki million aholiga mo\u02bbljallangan \u201cYangi Toshkent\u201d megaloyihasi biz amalga oshirayotgan urbanizatsiya strategiyasining yaqqol namunasidir. Ushbu loyihada zamonaviy shaharsozlikning eng ilg\u02bbor yechimlari \u2013 \u201cyashil\u201d, \u201caqlli\u201d, \u201cxavfsiz\u201d, \u201c15 daqiqali\u201d shahar tamoyillari to\u02bbliq hisobga olingan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Birinchi bosqichning o\u02bbzida bu yerda qiymati 25 milliard dollardan ortiq investitsiya loyihalarini boshladik.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Loyiha konsepsiyasi taqdimoti forum doirasida tashkil etilgan \u201cUrban Expo\u201d ko\u02bbrgazmasida namoyish etilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Eng muhimi, bu kabi loyihalar nafaqat poytaxtda, balki \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d massivlari nomi ostida mamlakatimizning barcha hududlarida amalga oshirilmoqda. Hozirgacha 61 ta ana shunday massiv bunyod etildi, 2030-yilga borib esa ularning soni 100 taga yetadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu o\u02bbrinda urbanizatsiya va shaharsozlik sohasidagi ishlarimizda bizga yaqin ko\u02bbmakdosh bo\u02bblib kelayotgan BMTning Aholi punktlari bo\u02bbyicha dasturi ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax xonimga hamda Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa yetakchi moliya institutlariga o\u02bbz tashakkurimni izhor etaman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Hurmatli forum ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugun muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan bir qator taklif va tashabbuslarni ilgari surmoqchiman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em><strong>Birinchidan,&nbsp;<\/strong><\/em>barcha hududlarda aholi uchun teng yashash sharoitlarini yaratish kichik va o\u02bbrta shaharlarni uyg\u02bbun rivojlantirishni talab qilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu sababli hamkor davlatlarni shaharlarni rivojlantirishda \u201cmutanosib urbanizatsiya\u201d tamoyilini keng joriy etishga chaqiraman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em><strong>Ikkinchidan,<\/strong><\/em>&nbsp;shahar boshqaruvida sun\u02bciy intellekt va raqamli transformatsiya imkoniyatlaridan barcha davlatlar teng foydalana olishi zarur.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ushbu sohada texnologiya, standartlar va tajribalarni tizimli almashishga qaratilgan xalqaro \u201cAqlli va xavfsiz shaharlar alyansi\u201dni tuzishni taklif qilaman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em><strong>Uchinchidan,<\/strong><\/em>&nbsp;yoshlar va aholining ehtiyojmand qatlamlarini sifatli hamda arzon uy-joylar bilan ta\u02bcminlash juda muhim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu maqsadda kelgusi yilda Samarqand shahrida uy-joy qurilishiga moliya va investitsiyalarni jalb etishdagi yangicha yondashuvlar yuzasidan xalqaro forum o\u02bbtkazishga tayyormiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em><strong>To\u02bbrtinchidan,<\/strong><\/em>&nbsp;global iqlim o\u02bbzgarishlarini inobatga olgan holda \u201cyashil shaharlar\u201dni barpo etishning umumiy tamoyillari va standartlarini qabul qilish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shaharlarning tabiat bilan uyg\u02bbun rivojlanishini rag\u02bbbatlantirish maqsadida BMT-Habitatning \u201cYashil shahar\u201d xalqaro mukofotini ta\u02bcsis etishni taklif qilaman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em><strong>Beshinchidan,<\/strong><\/em>&nbsp;urbanizatsiya darajasining o\u02bbsishi shaharlardagi o\u02bbzini o\u02bbzi boshqarishning an\u02bcanaviy tuzilmalari rolini yanada oshirmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu munosabat bilan Butunjahon urbanizatsiya forumining 15-sessiyasini 2030-yilda Yangi Toshkent shahrida o\u02bbtkazishni va uning bosh mavzusini \u201cShaharlarning barqaror rivojlanishida mahalla institutining o\u02bbrni\u201d deb nomlashni taklif etaman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Hurmatli anjuman ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugungi tadbir o\u02bbzaro manfaatli va istiqbolli masalalar yuzasidan birgalikda yechimlar topishga, yangi tashabbuslarga yo\u02bbl ochish va soha rivojiga salmoqli hissa qo\u02bbshishiga ishonaman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">So\u02bbzimning yakunida forum ishiga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hurmatli Ilhom Haydarovich! Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Xonimlar va janoblar! Barchangizni Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasida, global taraqqiyotning eng dolzarb masalalari muhokama qilinayotgan nufuzli muloqot maydonida ko\u02bbrib turganimdan behad mamnunman. Bugungi anjuman \u201cKaspiy durdonasi\u201d bo\u02bblmish go\u02bbzal Bokuda yuqori darajada tashkil etilgani va bizga ko\u02bbrsatilayotgan samimiy mehmondo\u02bbstlik uchun Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Haydarovich <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=832\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":833,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-832","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/832","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=832"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/832\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":834,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/832\/revisions\/834"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/833"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=832"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=832"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=832"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}