{"id":803,"date":"2026-05-08T17:17:35","date_gmt":"2026-05-08T14:17:35","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=803"},"modified":"2026-05-08T17:17:36","modified_gmt":"2026-05-08T14:17:36","slug":"fizika-va-energiya-kelajakni-belgilovchi-fan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=803","title":{"rendered":"FIZIKA VA ENERGIYA: KELAJAKNI BELGILOVCHI FAN"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Zamonova Shahlo Safar qizi<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti \u201cUmumiy fizika va qurilish muhandisligi\u201d kafedrasi o\u2018qituvchisi<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">XXI asr insoniyat taraqqiyotining eng murakkab va mas\u2019uliyatli davrlaridan biri bo\u2018lib qolmoqda. Fan va texnika mislsiz sur\u2019atlarda rivojlanmoqda, yangi texnologiyalar inson hayotiga chuqur kirib bormoqda. Sun\u2019iy intellekt, kosmik tadqiqotlar, zamonaviy energetika tizimlari, yuqori tezlikdagi transport vositalari va raqamli texnologiyalar bugungi hayotni tasavvur qilib bo\u2018lmaydigan darajaga olib chiqdi. Ammo shu bilan birga, insoniyat oldida jiddiy global muammolar ham paydo bo\u2018lmoqda. Atmosfera havosining ifloslanishi, tabiiy boyliklarning kamayib borishi, energiya tanqisligi va ekologik muvozanatning buzilishi ana shunday xavfli masalalardandir.Bugungi globallashuv davrida insoniyat oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri \u2014 tabiatni asrash, energiya resurslaridan oqilona foydalanish va Yer sayyorasining ekologik muvozanatini saqlab qolishdir. Zavod va fabrikalar sonining ortishi, yer osti boyliklarining haddan tashqari qazib olinishi, atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlar hamda energiya resurslarining noo\u2018rin sarflanishi ekologik muammolarni yanada keskinlashtirmoqda. Bu muammolarni hal qilishda esa fizika fani va uni sifatli o\u2018qitish muhim ahamiyat kasb etadi.Fizika \u2014 bu tabiat qonunlarini o\u2018rganadigan fundamental fan. Inson hayotidagi barcha jarayonlar fizik qonunlar asosida sodir bo\u2018ladi. Quyoshning nur taratishi, Yerning o\u2018z o\u2018qi va Quyosh atrofida aylanishi, elektr energiyasining hosil bo\u2018lishi, harakat, issiqlik, yorug\u2018lik va tovush hodisalari fizika orqali tushuntiriladi. Demak, fizika o\u2018qitish \u2014 tabiatni anglash, borliq qonuniyatlarini tushunish va insoniyatning ongli ravishda yashashi uchun asosiy ilmiy vositadir.Bugungi kunda insoniyat energiya resurslariga katta ehtiyoj sezmoqda. Sanoatning rivojlanishi, texnologiyalar kengayishi va aholi sonining ortishi natijasida elektr energiyasiga bo\u2018lgan talab tobora oshib bormoqda. Shu sababli dunyo davlatlari yangi energiya manbalarini yaratish va energiyani tejash masalasiga jiddiy e\u2019tibor qaratmoqda. Neft, gaz va ko\u2018mir kabi qazilma boyliklar cheksiz emas. Ular millionlab yillar davomida tabiat tomonidan hosil qilingan bo\u2018lsa-da, insoniyat tomonidan tez sur\u2019atlarda sarflanmoqda.Bir muhim jihatga alohida e\u2019tibor berish kerak: Yerning o\u2018z o\u2018lchami, o\u2018z massasi va tabiiy muvozanati mavjud. Yer koinotdagi murakkab fizik tizim sifatida Quyosh atrofida ma\u2019lum orbitada harakat qiladi va bir vaqtning o\u2018zida o\u2018z o\u2018qi atrofida aylanadi. Bu harakatlarning barqarorligi Yerning umumiy massasi, tortishish kuchlari va muvozanatiga bog\u2018liq. Albatta, inson tomonidan qazib olinayotgan neft va gaz Yer massasini sezilarli darajada o\u2018zgartirib yubormaydi, biroq tabiat boyliklaridan haddan tashqari foydalanish Yerning ekologik tizimiga jiddiy zarar yetkazadi. Yer osti qatlamlarining buzilishi, yer cho\u2018kishi, suv resurslarining kamayishi va ekologik muvozanatning izdan chiqishi ana shunday salbiy oqibatlardandir.Shu sababli insoniyat Yerning tabiiy yaxlitligini saqlash haqida jiddiy o\u2018ylashi kerak. Yer \u2014 inson yashashi mumkin bo\u2018lgan yagona makon. Atmosfera havosining tozaligi, suv resurslarining saqlanishi va ekologik muvozanatning barqarorligi inson hayoti uchun eng zarur omil hisoblanadi. Agar tabiatga nisbatan mas\u2019uliyatsiz munosabat davom etsa, kelajak avlod jiddiy ekologik muammolar bilan yuzlashishi mumkin.Ayniqsa, atmosfera havosining ifloslanishi bugungi kun uchun global xavf bo\u2018lib qolmoqda. Inson nafas olayotgan havo toza bo\u2018lmasa, salomatlik va hayot sifati keskin yomonlashadi. Atmosferaga chiqarilayotgan karbonat angidrid, metan va boshqa zararli gazlar global isish jarayonini kuchaytirmoqda. Muzliklarning erishi, qurg\u2018oqchilik, kuchli tabiiy ofatlar va iqlim o\u2018zgarishlari buning yaqqol misolidir. Bu muammolarni tushunish va ularning oldini olish uchun esa fizik bilimlar zarur.Ayni paytda dunyo olimlari ekologik xavfsiz energiya manbalarini yaratishga katta ehtiyoj bermoqda. Quyosh energiyasi, shamol energiyasi, suv elektr stansiyalari va vodorod energetikasi kelajakning muhim yo\u2018nalishlari sifatida qaralmoqda. Quyosh panellarining ishlashi fotoeffekt hodisasiga, shamol generatorlari elektromagnit induksiya qonuniga asoslanadi. Demak, zamonaviy &#171;yashil energetika&#187;ning markazida ham fizika turibdi.Shu bois fizika o\u2018qitish faqat nazariy bilim berish bilan cheklanmasligi kerak. O\u2018quvchilarda ekologik tafakkur, energiya tejamkorlik madaniyati va tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish muhimdir. Fizika darslarida energiyani tejash, ekologik muammolar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari haqida amaliy misollar orqali tushuncha berilishi kerak.Energiya tejamkor lampalar elektr energiyasini kam sarflaydi va atmosferaga chiqariladigan zararli gazlarning kamayishiga xizmat qiladi. Quyosh panellari yordamida elektr energiyasi olish esa tabiiy resurslarni asrash imkonini beradi. Elektr avtomobillari esa havoga zararli gaz chiqarishni kamaytiradi. Bularning barchasi fizik qonunlar asosida yaratilgan texnologiyalardir.Bugungi yoshlar kelajakda muhandis, energetik, ekolog, dasturchi, konstruktor va olim bo\u2018lib yetishadi. Ularning ilmiy tafakkuri, texnik salohiyati va innovatsion fikrlashi esa, eng avvalo, maktabdagi ta\u2019lim sifati bilan chambarchas bog\u2018liq. Ayniqsa, fizika fanini chuqur va zamonaviy asosda o\u2018qitish davlatning ilmiy-texnik taraqqiyoti uchun strategik ahamiyat kasb etadi. Chunki fizika \u2014 tabiat qonunlarini o\u2018rganuvchi fundamental fan bo\u2018lib, barcha zamonaviy texnologiyalarning ilmiy poydevorini tashkil etadi. Fizikasiz na energetika, na kosmik texnologiyalar, na elektronika, na axborot texnologiyalari va na zamonaviy tibbiyot rivojlanishi mumkin.Hozirgi davr &#171;yuqori texnologiyalar asri&#187; deb atalmoqda. Sun\u2019iy intellekt, robototexnika, kvant kompyuterlari, nanoelektronika va kosmik tadqiqotlar kabi sohalarning rivoji bevosita fizik qonunlarning chuqur o\u2018rganilishiga asoslanadi. Masalan, yarimo\u2018tkazgichlar fizikasi bugungi zamonaviy kompyuter va smartfonlarning ishlash prinsipi uchun asos bo\u2018lsa, elektromagnit maydon nazariyasi mobil aloqa, internet va sun\u2019iy yo\u2018ldosh texnologiyalarining rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Lazer texnologiyalari tibbiyot, sanoat va harbiy sohalarda keng qo\u2018llanilmoqda. Atom va yadro fizikasi esa energetika tizimlarida katta ahamiyat kasb etmoqda.Shu sababli maktablarda fizika fanini faqat nazariy formulalar yig\u2018indisi sifatida emas, balki real hayot bilan bog\u2018liq amaliy fan sifatida o\u2018qitish muhimdir. O\u2018quvchi fizikani o\u2018rganar ekan, atrofdagi texnologiyalar qanday ishlashini tushuna boshlaydi. Masalan, oddiy mobil telefonning o\u2018zida elektromagnit to\u2018lqinlar, elektr toki, yarimo\u2018tkazgichlar va optika qonunlari mujassam. Internet tizimi optik tolali aloqa va radioto\u2018lqinlar orqali ishlaydi. GPS navigatsiyasi sun\u2019iy yo\u2018ldoshlarning harakat qonunlari va elektromagnit signallarga asoslanadi. Zamonaviy elektromobillar esa elektr energiyasi, magnit maydon va energiya almashinuvi qonunlari asosida harakatlanadi.Fizika fanini kundalik hayot bilan bog\u2018lab o\u2018qitish o\u2018quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. O\u2018quvchi atrofdagi hodisalarga ilmiy yondashishni o\u2018rganadi, sabab va oqibat bog\u2018liqligini tushunadi. Bu esa mustaqil fikrlash, tahlil qilish va muammoni ilmiy asosda hal etish ko\u2018nikmalarini rivojlantiradi. Ayniqsa, laboratoriya tajribalari va amaliy mashg\u2018ulotlar fizika fanining mazmunini yanada chuqurroq anglash imkonini beradi. Tajriba orqali o\u2018quvchi nafaqat qonunni ko\u2018radi, balki uni amalda his qiladi.Shu bilan birga, fizika fanini boshqa fanlar bilan integratsiyada o\u2018qitish ham muhim ahamiyatga ega. Fizika va matematika uyg\u2018unligi texnik hisob-kitoblarni rivojlantirsa, fizika va informatika integratsiyasi dasturlash, sun\u2019iy intellekt hamda robototexnikaning rivojlanishiga xizmat qiladi. Fizika va kimyo fanlarining bog\u2018liqligi yangi materiallar, yarimo\u2018tkazgichlar va nanozarrachalarni yaratishda muhim rol o\u2018ynaydi. Tibbiyotdagi MRT, rentgen, ultratovush va lazer texnologiyalari ham fizik qonunlarga asoslangan holda ishlaydi.Hozirgi rivojlangan davlatlarning iqtisodiy qudrati ham ilm-fan va texnologiyalar bilan chambarchas bog\u2018liq. Rivojlangan davlatlar fizika, texnika va muhandislik ta\u2019limiga katta investitsiya kiritayotgani bejiz emas. Chunki innovatsion iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi ilm-fan hisoblanadi. Fizika va texnika rivojlangan jamiyatda sanoat, energetika, transport va raqamli texnologiyalar ham yuqori darajada taraqqiy etadi.Bugungi kunda dunyo &#171;yashil energetika&#187; sari intilmoqda. Quyosh panellari, shamol generatorlari, vodorod energetikasi va elektromobillar ekologik xavfsiz kelajak uchun muhim texnologiyalar hisoblanadi. Bu texnologiyalarning barchasi fizik qonunlarga asoslanadi. Fotoeffekt, elektromagnit induksiya, energiyaning saqlanish qonuni va kvant fizikasi zamonaviy energetikaning ilmiy asosini tashkil etadi. Demak, kelajak energetiklari va muhandislarini tayyorlash uchun fizika ta\u2019limini rivojlantirish muhim strategik vazifadir.Fizika o\u2018qitish yoshlarni ekologik mas\u2019uliyat ruhida tarbiyalaydi. Atmosfera havosini toza saqlash, energiya resurslarini tejash, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va Yerning tabiiy muvozanatini asrash kabi masalalarni tushunishda fizik bilimlar muhim rol o\u2018ynaydi. O\u2018quvchi energiya ishlab chiqarish jarayonlari tabiatga qanday ta\u2019sir qilishini anglab yetadi. Natijada u ekologik ongli va ilmiy tafakkurga ega shaxs sifatida shakllanadi.Xulosa qilib aytganda, fizika o\u2018qitish \u2014 tabiat hodisalarini anglash, ekologik muammolarni tushunish va insoniyat kelajagini saqlab qolishning muhim asosidir. Yerning tabiiy muvozanatini asrash, atmosfera havosini toza saqlash, energiya resurslaridan oqilona foydalanish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridir. Insoniyat Yerning yaxlitligini, ekologik barqarorligini va tabiiy boyliklarini ehtiyot qilishi kerak. Bu yo\u2018lda esa fizika fani va uni chuqur o\u2018qitish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tabiat qonunlarini bilgan, ilm-fan yutuqlarini tushungan va ekologik mas\u2019uliyatni his qilgan avlodgina Yer kelajagini asrab qola oladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Zamonova Shahlo Safar qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti \u201cUmumiy fizika va qurilish muhandisligi\u201d kafedrasi o\u2018qituvchisi XXI asr insoniyat taraqqiyotining eng murakkab va mas\u2019uliyatli davrlaridan biri bo\u2018lib qolmoqda. Fan va texnika mislsiz sur\u2019atlarda rivojlanmoqda, yangi texnologiyalar inson hayotiga chuqur kirib bormoqda. Sun\u2019iy intellekt, kosmik tadqiqotlar, zamonaviy energetika tizimlari, yuqori tezlikdagi <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=803\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-803","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-1"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/803","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=803"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/803\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":804,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/803\/revisions\/804"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=803"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=803"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=803"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}