{"id":746,"date":"2026-03-18T09:46:40","date_gmt":"2026-03-18T06:46:40","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=746"},"modified":"2026-03-18T09:46:41","modified_gmt":"2026-03-18T06:46:41","slug":"ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-ozbekistondagi-islom-sivilizatsiyasi-markazining-rasmiy-ochilish-marosimidagi-nutqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=746","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti\u00a0Shavkat Mirziyoyevning O\u2018zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilish marosimidagi nutqi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Muhtaram mehmonlar!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Avvalo, sizlarni, joylardagi studiyalar orqali bugungi iftorlik marosimida ishtirok etayotgan hurmatli nuroniylar, olimu ulamolar, keng jamoatchilik vakillarini, butun xalqimizni muborak Ramazon oyi bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu ulug\u2018 ayyom kunlariga barchamizni tinch-omon, sog\u2018-salomat yetkazgani uchun Alloh taologa behad shukurlar bo\u2018lsin!<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mehr-oqibat va ezgulik ramzi bo\u2018lmish Ramazon oyida hammamiz birgalikda ko\u2018plab savobli ishlarni amalga oshirmoqdamiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Davlat va nodavlat tashkilotlar, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Mahallalar uyushmasi, Musulmonlar idorasining \u201cVaqf\u201d jamg\u2018armasi, hududlardagi \u201cInson\u201d markazlari, saxovatli tadbirkorlarimiz tomonidan keksa va nogironlar, kam ta\u2019minlangan oilalarga, ko\u2018makka muhtoj insonlarga moddiy va ma\u2019naviy yordam ko\u2018rsatilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tibbiyot bo\u2018linmalari olis va chekka hududlarimizga borib, ayollar, bolalar va nuroniylarimizni ko\u2018rikdan o\u2018tkazmoqda, og\u2018ir bemorlar operatsiya yo\u2018li bilan davolanmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mana shunday fayzu barakali kunlarda mamlakatimiz miqyosida iftorlik tadbirlarini o\u2018tkazish ham yaxshi an\u2019anamizga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Albatta, bularning barchasi jamiyatimizda inson qadrini ulug\u2018lash, tinchlik va umummilliy birlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bugungi iftorlik marosimida yurtimizdagi turli millat va diniy konfessiyalar namoyandalari ishtirok etayotgani ham shundan dalolat beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Hozirgi g\u2018oyat tahlikali zamonda tinchlik naqadar ulug\u2018 va bebaho ne\u2019mat ekanini, 38 milliondan ziyod aholimizning yagona xalq, ahil bir oila bo\u2018lib yashayotgani eng katta boyligimiz ekanini yanada chuqur his etmoqdamiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Davramizda O\u2018zbekistondagi diplomatik korpus vakillari ham qatnashayotganini biz dinimizning gumanistik va bag\u2018rikenglik qadriyatlariga, davlatimizning ochiqlik siyosatiga hurmat-e\u2019tibor ifodasi sifatida qabul qilamiz va ularga samimiy tilaklarimizni bildiramiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Qadrli vatandoshlar!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugungi Ro\u2018zai Ramazon kunida barchamiz yana bir tom ma\u2019noda tarixiy voqeada ishtirok etmoqdamiz. Xalqimizning aql-zakovati, fidokorona mehnati bilan bunyod etilgan ulug\u2018vor va noyob majmua \u2013 O\u2018zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilish marosimini o\u2018tkazmoqdamiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ne-ne ajdodlarimizning orzu-niyatlari, armonlari ro\u2018yobga chiqqan mana shunday unutilmas kun bilan, chinakam ilm-ma\u2019rifat bayrami bilan hammangizni chin qalbimdan tabriklayman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mamlakatimizning uch ming yillik shonli tarixi va boy madaniyatining, Yangi O\u2018zbekiston imkoniyatlarining yorqin ko\u2018zgusi bo\u2018lgan ushbu betakror va buyuk majmua barchamizga, butun xalqimizga muborak bo\u2018lsin!<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Muhtaram do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biz yurtimizda rivojlangan davlat, erkin jamiyat poydevorini bunyod etish uchun, eng avvalo, ilm va ilm, ta\u2019lim va yana bir bor ta\u2019lim, degan oliy maqsadni hayotimizga joriy etmoqdamiz. Zero, muqaddas dinimiz ham bizni doimo ilmu ma\u2019rifatga da\u2019vat etadi. Shu bois, Islom sivilizatsiyasi markazining Ulug\u2018bek darvozasi peshtoqiga Qur\u2019oni karimning \u201cIqra!\u201d \u2013 ya\u2019ni, \u201cO\u2018qi!\u201d degan muborak oyatini muhrlab qo\u2018ydik. Bu ilohiy so\u2018zlar zamirida islom dinining asl ma\u2019no-mazmuni mujassam, desak, ayni haqiqatni aytgan bo\u2018lamiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xabaringiz bor, bundan to\u2018qqiz yil oldin mazkur majmuani barpo etish haqida maxsus qaror qabul qilib, amaliy ishlarni boshladik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida e\u2019lon qilingan bu ezgu tashabbusimiz jahon jamoatchiligi, ayniqsa, islom hamjamiyati tomonidan qo\u2018llab-quvvatlandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biz bu har jihatdan ulkan loyihani amalga oshirish uchun shoshilmadik, yetti emas, yetmish marta o\u2018ylab, uzoqni ko\u2018zlab, tinimsiz izlandik. Nihoyat, qadimdan Toshkenti azimning ma\u2019naviy markazi bo\u2018lib kelgan Hazrati Imom majmuasi yonida, ko\u2018rib turganingizdek, betakror arxitekturaga, chinakam milliy ruh va milliy qiyofaga ega bo\u2018lgan sharqona shaharcha barpo etildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ushbu Markazda O\u2018zbekistonning qadimiy tarixi va sivilizatsiyasi durdonalarini bir paytning o\u2018zida yagona ma\u2019rifiy makonda ko\u2018rish, shu asosda o\u2018zbek xalqining intellektual va madaniy salohiyatini yaqqol anglash mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu maskan bilan tanishgan har bir odam, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz islom dinining gumanistik mohiyatini anglab yetadi, o\u2018zining qanday ulug\u2018 meros egasi ekanini his etib, qalbi g\u2018urur va iftixorga to\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Hurmatli anjuman ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Azaldan turli sivilizatsiya va madaniyatlar tutashgan mintaqada joylashgan yurtimiz zamini Buyuk ipak yo\u2018li rivojida muhim o\u2018rin egallagan. Ko\u2018hna diyorimiz islomgacha bo\u2018lgan davrda ham ilm-fan, ma\u2019rifat markazi sifatida shuhrat qozongan. Qadimiy Turkiston o\u2018lkasiga islom dini kirib kelgach, bu yerda hadis va kalom ilmi, musulmon huquqi, tasavvuf bo\u2018yicha yirik maktablar shakllandi, o\u2018nlab buyuk allomalar yetishib chiqdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Aniq va tabiiy fanlar sohasida o\u2018z kashfiyotlari bilan jahonni hayratga solgan ulug\u2018 olimlarimiz asarlari ham islomiy muhit bag\u2018rida vujudga kelgan. Dunyoga mashhur bu kitoblar \u201cBismillohir rahmonir rahim\u201d, degan ilohiy so\u2018zlar bilan boshlangani ularning muqaddas dinimizdan ilhom va kuch olib yaratilganini bildiradi. Nafaqat bizning yurtimiz, balki bepoyon mintaqamizning ma\u2019naviy mulki bo\u2018lgan ana shunday bebaho boylikni chuqur o\u2018rganish va jahon miqyosida targ\u2018ib etish maqsadida uni Islom sivilizatsiyasi, degan nom ostida birlashtirishga qaror qildik.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Albatta, hozirgi murakkab va og\u2018ir sharoitda bunday yirik majmuani eng yuksak zamonaviy talablar darajasida yaratish oson bo\u2018lmadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biz Markaz qurilishini ilmiy tadqiqot va izlanish ishlari bilan barobar ravishda olib bordik. O\u2018tgan davrda ko\u2018hna merosimizga oid, bizga umuman noma\u2019lum bo\u2018lgan qancha-qancha noyob ma\u2019lumotlarni kashf etdik.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xalqaro ekspertlar e\u2019tirof etganidek, bugun O\u2018zbekistonda islom sivilizatsiyasi merosini o\u2018rganish va targ\u2018ib etish bo\u2018yicha o\u2018ziga xos katta ilmiy maktab yaratishga erishdik. Naqadar katta imkoniyatlarimiz, intellektual salohiyatimiz borligini dunyoga namoyon eta oldik.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu bilan har qancha faxrlansak, g\u2018ururlansak, arziydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ushbu noyob majmua salkam 10&nbsp;gektar hududda joylashgan bo\u2018lib, binoning umumiy foydalanish maydoni 50&nbsp;ming kvadrat metrni tashkil etadi. Bu yerda \u201cO\u2018zbekiston zaminida islomgacha bo\u2018lgan davr\u201d, \u201cBirinchi va Ikkinchi Renessans\u201d, \u201cYangi O\u2018zbekiston \u2013 Uchinchi Renessans poydevori\u201d kabi ekspozitsiya zallari mavjud.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Albatta, ularning har biri haqida uzoq gapirish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Muzey ekspozitsiyasini shakllantirish va boyitish bo\u2018yicha ham katta ishlar qilindi. O\u2018tgan yilning o\u2018zida 1,5&nbsp;mingdan ortiq eksponat, jumladan, 800&nbsp;ga yaqin qadimiy qo\u2018lyozma, arxeologik topilma va tarixiy xaritalar ekspozitsiyaga joylashtirilgani ham shundan dalolat beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ayni vaqtda xorijiy auksion uylari, yirik kolleksioner va art dilerlar bilan hamkorlik o\u2018rnatilib, 743&nbsp;ta eksponatning original, ya\u2019ni, asl nusxalari yurtimizga keltirildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bunday ishlar ilgari tariximizda bo\u2018lmagan edi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu eksponatlarning har biri \u2013 buyuk o\u2018tmish va madaniyatimiz, milliy o\u2018zligimiz timsoli ekanini ta\u2019kidlash lozim. Ularning barchasi zamonlar sinovidan mardona o\u2018tib kelayotgan xalqimiz, millatimizning ongu tafakkuri, bunyodkorona mehnati, noyob mahorati haqida so\u2018zlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tarix tilga kirgan, tarixdan saboq olingan joyda, albatta, bilim va ma\u2019rifat, taraqqiyot va adolat bo\u2018ladi. Hech qachon to\u2018g\u2018ri yo\u2018ldan adashilmaydi!<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Markazning asosiy zali, ta\u2019bir joiz bo\u2018lsa, qalbi \u2013 bu, hech shubhasiz, muqaddas Qur\u2019on zalidir. Bu yerda dunyodagi eng qadimiy 6&nbsp;ta Qur\u2019oni karimning biri bo\u2018lgan mo\u2018tabar Usmon mus&#8217;hafi bugun o\u2018zining yuksak maqomiga munosib sharafli o\u2018rin topdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuningdek, ushbu zalda turli davrlarga oid nodir Qur\u2019on qo\u2018lyozmalari ham jamlangan. Shu muborak kunda barchamiz, Xudoning inoyati bilan, mana shunday noyob va muqaddas Usmon Qur\u2019onining ilohiy sharofati bilan yurtimiz doimo tinch-osoyishta bo\u2018lsin, hayotimiz qut-barakaga to\u2018lsin, deb duo qilamiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Qadrli do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Islom sivilizatsiyasi markaziga 2025&nbsp;yilning o\u2018zida minglab xorijiy mehmonlar tashrif buyurgani uning hozirdanoq jahon miqyosida katta qiziqish va e\u2019tibor uyg\u2018otayotganini tasdiqlaydi. Mehmonlar orasida bir qator davlatlar prezidentlari, parlament va hukumat rahbarlari, deputatlar, senator va lordlar, vazirlar va elchilar, ilm-fan va jamoat arboblari, diniy tashkilotlar rahnamolari borligini ta\u2019kidlash lozim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Markazni loyihalash, qurish va zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlashda Fransiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Malayziya, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa qator mamlakatlardan yuksak malakali mutaxassislar ham faol ishtirok etishdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ushbu majmuani bunyod etishga munosib hissa qo\u2018shgan loyihachi va quruvchilarga, mohir muhandislar, olimu ulamolarga, xorijiy hamkor va ekspertlarga, jumladan, O\u2018zbekiston madaniy merosini o\u2018rganish, saqlash va ommalashtirish bo\u2018yicha butunjahon jamiyati a\u2019zolariga, barcha fidoyi insonlarga chin dildan minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bunday yirik va murakkab madaniy inshootni qurishda homiylik yordamini ko\u2018rsatgan mahalliy va chet ellik tadbirkorlar, madaniyat va sport namoyandalariga alohida rahmat aytaman. Xususan, birinchilar qatorida tashabbus ko\u2018rsatib, zarur mablag\u2018, g\u2018oya va noyob tarixiy eksponatlar taqdim etgani uchun hurmatli vatandoshimiz, mashhur metsenat va biznesmen Alisher Burhonovich Usmonovga samimiy tashakkur izhor etaman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xalqimiz bunday olijanoblik, saxovat va e\u2019tiborni yuksak qadrlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu ulug\u2018 ishga qo\u2018shgan hissangizni hech qachon unutmaymiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Katta rahmat Sizga!<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Aziz yurtdoshlar!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etishga kirishar ekanmiz, men, dunyoning qayerida bo\u2018lmasin, tariximizga tegishli bir varaq qo\u2018lyozma bo\u2018lsa ham, bitta eksponat bo\u2018lsa ham topib, yurtimizga olib kelishni orzu qilgan va shu vazifani o\u2018rtaga qo\u2018ygan edim. Ming shukurki, bugun ana shu maqsadimizga asta-sekin erishyapmiz. Bu ishlarni, albatta, davom ettiramiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Jahonning turli mamlakatlarida saqlanayotgan noyob qo\u2018lyozmalarni aniqlash va o\u2018rganish uchun yana xalqaro ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etamiz. Buning uchun zarur mablag\u2018 va imkoniyatlarni topamiz. Bu ishlarga mahalliy va xorijiy olimlar, yetakchi xalqaro ilmiy markazlarni jalb etamiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Markaz faoliyatini keng miqyosda yo\u2018lga qo\u2018yish maqsadida bu yerda AYS\u0415SKO, IRSIKA, Oksford islom tadqiqotlari markazi, Fransiyadagi Temuriylar jamiyati, TURKSOY kabi xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda ular uchun ofis xonalari tashkil etdik. Endi ular bilan hamkorlikni kuchaytirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beramiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Markazda muqaddas dinimizning ezgu qadriyatlarini asrab, diniy-ma\u2019rifiy soha rivojiga munosib hissa qo\u2018shib kelayotgan O\u2018zbekiston musulmonlari idorasi ham o\u2018zining yangi qarorgohiga ega bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu dargohda islom merosini chuqur o\u2018rganish, diniy xodimlar, imom-xatiblarning malakasini oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish ishlarini tashkil etish, o\u2018ylaymanki, maqsadga muvofiqdir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biz yaqin kelgusida BMT qarorgohida O\u2018zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazlarining taqdimotlarini ham o\u2018tkazamiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Muxtasar aytganda, ushbu Markaz ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy yo\u2018nalishdagi faoliyatimiz uchun fundamental baza bo\u2018ladi. O\u2018zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabalari yuqori kurslarni shu yerda o\u2018qiydi, o\u2018qituvchi-domlalar esa o\u2018z bilim va malakasini oshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Markaz yoshlarimiz orasidan yangi xorazmiylar, beruniy va ulug\u2018beklar, farg\u2018oniy va ibn sinolar, buxoriy va termiziylar yetishib chiqishi uchun mustahkam ma\u2019naviy maydon bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu \u2013 barchamizning ezgu niyatimizdir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Markaz o\u2018zining mana shunday tarixiy missiyasini yuksak saviyada ado etishi uchun men ilm-fan va ma\u2019naviyat fidoyilariga \u2013 hurmatli olim va tadqiqotchilarga, shoir va adiblar, diniy ulamolar, rejissyor va rassomlar, jurnalistlarga, ijodkor yoshlarimizga murojaat qilmoqchiman:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Islom sivilizatsiyasi markazida to\u2018plangan har bir eksponat qanday bebaho boylik ekanini sizlar hammadan ko\u2018ra yaxshi tushunasiz. Ularni targ\u2018ib etish, xalqimizga, dunyoga tanitishda ham, avvalo, sizlarga tayanamiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu tengsiz boylikdan ilhomlanib, sizlar yaratadigan ilmiy tadqiqotlar, badiiy kitob, kino va teatr asarlari, kartina va ko\u2018rsatuvlar: uch ming yillik tarix va madaniyatning so\u2018nmas ovozi bo\u2018lib dunyoga taralsin!<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yangi O\u2018zbekistonni tinchlik, ezgulik, bilim va ma\u2019rifat diyori sifatida olamga tarannum etsin!<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun tarbiya va milliy g\u2018urur maktabiga aylansin!<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Hurmatli anjuman qatnashchilari!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018z davrida Mir Alisher Navoiy bobomiz Mirzo Ulug\u2018bekning o\u2018lmas merosi dunyo turguncha tursin, deb tilak bildirgan edi. Bizning ham orzu-maqsadimiz shunday: Islom sivilizatsiyasi markazi el-yurtimizga, jahon ahliga hamisha beminnat xizmat qilsin!<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mana shunday ulug\u2018 ishlarning bunyodkori bo\u2018lgan mard va olijanob xalqimiz doimo omon bo\u2018lsin!<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Muqaddas Ramazon oyida tutayotgan ro\u2018zalarimiz, qilayotgan ibodatlarimiz dargohida qabul bo\u2018lsin!<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yaratgan Parvardigor xalqimizni, Vatanimizni o\u2018z panohida asrasin!<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Barchangizga katta rahmat, doimo sog\u2018-omon bo\u2018linglar!<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! Muhtaram mehmonlar! Avvalo, sizlarni, joylardagi studiyalar orqali bugungi iftorlik marosimida ishtirok etayotgan hurmatli nuroniylar, olimu ulamolar, keng jamoatchilik vakillarini, butun xalqimizni muborak Ramazon oyi bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. Shu ulug\u2018 ayyom kunlariga barchamizni tinch-omon, sog\u2018-salomat yetkazgani uchun Alloh taologa behad shukurlar bo\u2018lsin! Mehr-oqibat <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=746\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":747,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-746","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-president-uz"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/746","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=746"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/746\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":748,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/746\/revisions\/748"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/747"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=746"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=746"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=746"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}