{"id":735,"date":"2026-02-02T04:39:21","date_gmt":"2026-02-02T01:39:21","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=735"},"modified":"2026-02-02T12:35:08","modified_gmt":"2026-02-02T09:35:08","slug":"issiqxonada-soruvchi-zararkunanda-hashorotlarning-tur-tarkibi-zarari-va-ularga-qarshi-himoya-qilish-usullari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=735","title":{"rendered":"ISSIQXONADA SO\u2018RUVCHI ZARARKUNANDA HASHOROTLARNING TUR TARKIBI, ZARARI VA ULARGA QARSHI HIMOYA QILISH USULLARI"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugungi kunda dunyo miqyosida so\u2018ruvchi zararkunandalar deyarli barcha ekin turlarining hosildorligiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Ko\u2018plab ekinlarda ushbu zararkunandalarning tarqalishi, bioekologiyasi, fenologiyasi hamda ularga qarshi uyg\u2018unlashgan kurash choralari ma\u2019lum darajada o\u2018rganilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mahalliy va zamonaviy issiqxona sharoitida yetishtirilayotgan bodring ekinlarida turli sistematik oilalarga mansub zararkunandalar uchrab, hosil miqdorining kamayishiga va sifatining yomonlashishiga olib kelmoqda. Tadqiqotchilar fikriga ko\u2018ra, sabzavot ekinlarida issiqxona oqqanoti (<em>Trialeurodes vaporariorum<\/em> West.), o\u2018simlik shiralari (<em>Aphididae<\/em>), tamaki tripsi (<em>Thrips tabaci<\/em> Lind.), o\u2018rgimchakkana (<em>Tetranychus urticae<\/em> Koch.), kuzgi tunlam (<em>Agrotis segetum<\/em> Den. et Schiff.), simqurt (<em>Agriotes meticulosus<\/em> Cond.), g\u2018ovak hosil qiluvchi pashshalar (<em>Agromyzidae<\/em>), nematodalar va boshqa zararkunandalar bilan kuchli zararlangan o\u2018simliklarda hosildorlik 40\u201350 foizgacha, ayrim issiqxonalarda esa 50\u201360 foizgacha kamayishi mumkinligi qayd etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Keyingi yillarda issiqxonalar sonining ko\u2018payishi natijasida zararkunandalar zararlilik darajasi oshib, hosildorlikning pasayishi va mahsulot sifatining buzilishiga sabab bo\u2018lmoqda. Shu bois issiqxonalarda bodring yetishtirishda uchraydigan so\u2018ruvchi zararkunandalarning biologik xususiyatlari, rivojlanishi, populyatsiyasining shakllanishi hamda entomofag turlarini chuqur o\u2018rganish, ularga qarshi zamonaviy va tejamkor kurash usullaridan foydalanishga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekistonda sabzavot ekinlariga turli xil zararkunandalar va kasalliklar zarar yetkazadi. Ulardan qariyb 10 turi pomidor, 5 turi esa bodring ekinlariga jiddiy zarar keltiradi. Kemiruvchi zararkunandalardan ildiz kemiruvchi tunlamlar va simqurtlar, so\u2018ruvchilardan esa o\u2018simlik shiralari, kanalar, oqqanot va tripslar keng tarqalgan bo\u2018lib, katta iqtisodiy zarar yetkazishi ilmiy jihatdan asoslangan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitlarida sabzavot ekinlari issiqxona va ochiq maydonlarda yetishtirilganda, so\u2018ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarning bir necha turlari hosil miqdori hamda uning tashqi va ichki sifat ko\u2018rsatkichlariga sezilarli zarar yetkazadi. Zararkunandalarning keltiradigan zarari hududlarga qarab turlicha bo\u2018lishi mutaxassislar tomonidan aniqlangan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ayrim hududlardagi issiqxonalarda zang kanasi (<em>Aculops lycopersici<\/em> Massee) keng tarqalgan bo\u2018lsa, boshqa joylarda oqqanot (<em>Aleyrodidae<\/em>), shira (<em>Aphididae<\/em>), trips (<em>Thripidae<\/em>), o\u2018rgimchakkana (<em>Tetranychus<\/em>) va boshqa zararkunandalar ustunlik qiladi. Ushbu zararkunandalarning ekinlarga zarar yetkazishini oldini olish uchun ularning tur tarkibini aniqlab, ilmiy asoslangan kurash choralarini qo\u2018llash yuqori biologik samaradorlik berishi ta\u2019kidlanadi.<\/p>\n\n\n\n<h4 class=\"wp-block-heading\"><strong>Issiqxona oqqanoti<\/strong><\/h4>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xorijiy tadqiqotchilar ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, issiqxona oqqanoti polifag hasharot bo\u2018lib, <em>Homoptera<\/em> turkumining <em>Aleyrodidae<\/em> oilasiga mansubdir. Ushbu zararkunanda dunyo bo\u2018ylab keng tarqalgan bo\u2018lib, asosan sabzavot ekinlariga kuchli zarar yetkazadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Issiqxona oqqanoti issiqsevar hasharot bo\u2018lib, erta bahordan kech kuzgacha issiqxonalarda uzluksiz rivojlanadi. U yil davomida 9\u201310 ta avlod berib, uning hayotiy sikli, tuxum qo\u2018yishi va yashovchanligi havo harorati, nisbiy namlik hamda o\u2018simlik turiga bog\u2018liq. Rivojlanishi uchun +22\u2026+25 \u00b0C harorat va 60 % nisbiy namlik qulay hisoblanadi. Sovuqqa chidamsiz bo\u2018lib, sovuq davrda issiqxonalar va xonadonlarda saqlanib qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Issiqxona oqqanoti boshqa oqqanot turlaridan yuqori pushtdorligi va o\u2018simlik turlarini kam tanlashi bilan farqlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bunday sharoitda issiqxonalarga ekin ekishdan oldin issiqxona maydonini kimyoviy vositalar bilan fumigatsiya qilish zarur. Bu zararli hasharotlarning tuxumlari, lichinkalari va yetuk shakllarini yo\u2018q qilishda, shuningdek ayrim kasalliklarga qarshi kurashishda samarali hisoblanadi. Ekiladigan maydonlardan tuproq namunalari olinib, laboratoriya sharoitida tahlil qilinishi, o\u2018g\u2018itlar me\u2019yor asosida qo\u2018llanishi lozim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Issiqxona sharoitidan kelib chiqib, kasalliklarga chidamli va yuqori hosildor navlar tanlab ekilishi tavsiya etiladi. Jumladan, \u201cDantino F1\u201d, \u201cKommado\u201d, \u201cMamstom F1\u201d, \u201cTorri\u201d, \u201cDafnis\u201d kabi navlar iqlim sharoitimizga mos keladi.<br><br><strong>Doston ASHUROV,<\/strong><br><strong>O\u2018simliklar karantini va himoyasi Denov tumani bo\u2018limi fitosanitar davlat inspektor<\/strong>i.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda dunyo miqyosida so\u2018ruvchi zararkunandalar deyarli barcha ekin turlarining hosildorligiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Ko\u2018plab ekinlarda ushbu zararkunandalarning tarqalishi, bioekologiyasi, fenologiyasi hamda ularga qarshi uyg\u2018unlashgan kurash choralari ma\u2019lum darajada o\u2018rganilgan. Mahalliy va zamonaviy issiqxona sharoitida yetishtirilayotgan bodring ekinlarida turli sistematik oilalarga mansub zararkunandalar uchrab, hosil miqdorining kamayishiga va sifatining yomonlashishiga <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=735\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":736,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27],"tags":[],"class_list":["post-735","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-maqola"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/735","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=735"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/735\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":738,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/735\/revisions\/738"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/736"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=735"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=735"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=735"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}