{"id":726,"date":"2026-01-17T07:24:33","date_gmt":"2026-01-17T04:24:33","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=726"},"modified":"2026-01-17T07:24:34","modified_gmt":"2026-01-17T04:24:34","slug":"xalqaro-hamkorlik-doirasida-turkiyada-kasbiy-salohiyatni-oshirish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=726","title":{"rendered":"XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA TURKIYADA KASBIY SALOHIYATNI OSHIRISH"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugungi kunda oliy ta\u2019lim tizimini modernizatsiya qilish, professor-o\u2018qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish va xalqaro ta\u2019lim makoniga integratsiyalashuv jarayonlarida xalqaro akademik hamkorlik muhim o\u2018rin tutadi. Shu nuqtayi nazardan, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti &nbsp;tomonidan xorijiy oliy ta\u2019lim muassasalari bilan yo\u2018lga qo\u2018yilayotgan hamkorlik aloqalari izchil ravishda rivojlantirib borilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ana shunday hamkorlik tashabbuslaridan biri sifatida institutimizning 15 nafar professor-o\u2018qituvchilari Turkiya Respublikasining nufuzli oliy ta\u2019lim muassasalaridan biri F\u0131rat universitetida (Elaz\u0131\u011f shahri) malaka oshirish va tajriba almashish maqsadida xizmat safarida bo\u2018lib turibdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mazkur tashrif professor-o\u2018qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni o\u2018rganish, xalqaro ta\u2019lim tajribalarini tahlil qilish hamda ikki tomonlama akademik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Xalqaro akademik hamkorlik doirasidagi uchrashuvlar<\/strong><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"876\" height=\"657\" src=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/image-1.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-727\" srcset=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/image-1.png 876w, https:\/\/chaganiyan.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/image-1-300x225.png 300w, https:\/\/chaganiyan.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/image-1-768x576.png 768w, https:\/\/chaganiyan.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/image-1-800x600.png 800w\" sizes=\"auto, (max-width: 876px) 100vw, 876px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Safar dasturining dastlabki kunlarida delegatsiya a\u2019zolari F\u0131rat universitetining Ta\u2019lim fakulteti (E\u011fitim Fak\u00fcltesi) dekani hamda fakultetning yetakchi professor-o\u2018qituvchilari bilan rasmiy uchrashuvlar o\u2018tkazdilar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uchrashuvlar davomida tomonlar o\u2018zaro tajriba almashish, ta\u2019lim jarayonini takomillashtirish va kelgusida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, quyidagi yo\u2018nalishlarga alohida e\u2019tibor qaratildi:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qo\u2018shma ilmiy tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirish;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Professor-o\u2018qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlarini kengaytirish;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xalqaro grantlar va ilmiy dasturlar doirasida hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018yish;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qo\u2018shma seminar, konferensiya va master-klasslarni tashkil etish.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mazkur uchrashuvlar ikki oliy ta\u2019lim muassasasi o\u2018rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>O\u2018quv mashg\u2018ulotlari va mahorat darslari<\/strong><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"845\" height=\"634\" src=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/image-2.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-728\" srcset=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/image-2.png 845w, https:\/\/chaganiyan.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/image-2-300x225.png 300w, https:\/\/chaganiyan.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/image-2-768x576.png 768w, https:\/\/chaganiyan.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/image-2-800x600.png 800w\" sizes=\"auto, (max-width: 845px) 100vw, 845px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Malaka oshirish doirasida ishlab chiqilgan dastur asosida professor-o\u2018qituvchilarimiz uchun dars mashg\u2018ulotlari, seminarlar va master-klasslar tashkil etildi. Mashg\u2018ulotlar nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyg\u2018unlashtirish tamoyiliga asoslangan holda olib borildi:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018quv mashg\u2018ulotlari davomida quyidagi asosiy yo\u2018nalishlar qamrab olindi:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion o\u2018qitish metodlari;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Raqamli ta\u2019lim va ta\u2019lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ilmiy va amaliy loyiha yozish ko\u2018nikmalari;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Til o\u2018qitishda kommunikativ yondashuv va kompetensiyaviy model;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Og\u2018zaki va yozma nutqni rivojlantirish metodlari va boshqalar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mahorat darslari davomida ishtirokchilar interaktiv metodlar, amaliy mashqlar va muhokamalar orqali xalqaro tajribani chuqur o\u2018rganish imkoniyatiga ega bo\u2018ldilar. Shuningdek, Web of science, Scopus kabi nufuzli ilmiy jurnallarga maqola berish bo\u2019yicha fikrlar hamda tajribalar almashinildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Seminar-treninglar va tajriba almashish<\/strong><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"974\" height=\"731\" src=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/image-3.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-729\" srcset=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/image-3.png 974w, https:\/\/chaganiyan.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/image-3-300x225.png 300w, https:\/\/chaganiyan.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/image-3-768x576.png 768w, https:\/\/chaganiyan.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/image-3-800x600.png 800w\" sizes=\"auto, (max-width: 974px) 100vw, 974px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Jarayon davomida o\u2018tkazilgan seminar-treninglar professor-o\u2018qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga xizmat qildi. Mashg\u2018ulotlarda xalqaro ta\u2019lim tizimidagi ilg\u2018or tajribalar, innovatsion yondashuvlar va ta\u2019lim sifati monitoringi masalalari muhokama qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Seminarlar jarayonida professor-o\u2018qituvchilarimiz:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Zamonaviy ta\u2019lim modelining afzalliklarini tahlil qildilar;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Milliy ta\u2019lim tizimiga moslashtirish imkoniyatlarini muhokama etdilar;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zaro fikr almashib, metodik tajribalar bilan o\u2018rtoqlashdilar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu jarayon professional muloqot va akademik hamkorlik muhitini yanada mustahkamladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Talabalar bilan uchrashuv va akademik monitoring<\/strong><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"974\" height=\"731\" src=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/image-4.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-730\" srcset=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/image-4.png 974w, https:\/\/chaganiyan.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/image-4-300x225.png 300w, https:\/\/chaganiyan.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/image-4-768x576.png 768w, https:\/\/chaganiyan.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/image-4-800x600.png 800w\" sizes=\"auto, (max-width: 974px) 100vw, 974px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">F\u0131rat universitetida talabalar almashinuvi dasturi asosida tahsil olayotgan 4 nafar talabamiz bilan ham alohida uchrashuv tashkil etildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uchrashuv davomida:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Talabalarining o\u2018qish jarayoni;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yashash sharoitlari;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ta\u2019lim muhiti va moslashuv darajasi bilan yaqindan tanishildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuningdek, talabalar fikr va takliflari tinglanib, ularning muammolari va ehtiyojlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Bu uchrashuv talabalar almashinuvi dasturining samaradorligini oshirishga xizmat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xulosa o\u2019rnida shuni aytish mumkinki, F\u0131rat universitetida tashkil etilgan mazkur malaka oshirish tashrifi professor-o\u2018qituvchilarimizning kasbiy rivojlanishi, zamonaviy ta\u2019lim metodikalarini o\u2018rganishi va xalqaro tajribani milliy ta\u2019lim tizimiga tatbiq etishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mazkur hamkorlik ikki tomonlama akademik aloqalarni mustahkamlash, kelgusida qo\u2018shma ilmiy loyihalar va ta\u2019lim dasturlarini amalga oshirish uchun mustahkam poydevor yaratmoqda. Malaka oshirish jarayonlari davom etmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Tayyorladi: Denov<\/strong><strong> <\/strong><strong>tadbirkorlik<\/strong><strong> <\/strong><strong>va<\/strong><strong> <\/strong><strong>pedagogika<\/strong><strong> <\/strong><strong>instituti<\/strong><strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasi<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>v<\/strong><strong>.<\/strong><strong>b <\/strong><strong>dotsent<\/strong><strong>, <\/strong><strong>filologiya <\/strong><strong>fanlari <\/strong><strong>bo<\/strong><strong>\u2019<\/strong><strong>yicha <\/strong><strong>falsafa <\/strong><strong>doktori<\/strong><strong>(<\/strong><strong>PhD<\/strong><strong>)<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Sodiqova <\/strong><strong>Baxtigul <\/strong><strong>Ibodullayevna<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda oliy ta\u2019lim tizimini modernizatsiya qilish, professor-o\u2018qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish va xalqaro ta\u2019lim makoniga integratsiyalashuv jarayonlarida xalqaro akademik hamkorlik muhim o\u2018rin tutadi. Shu nuqtayi nazardan, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti &nbsp;tomonidan xorijiy oliy ta\u2019lim muassasalari bilan yo\u2018lga qo\u2018yilayotgan hamkorlik aloqalari izchil ravishda rivojlantirib borilmoqda. Ana shunday hamkorlik tashabbuslaridan biri <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=726\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-726","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-1"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/726","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=726"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/726\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":731,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/726\/revisions\/731"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=726"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=726"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=726"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}