{"id":659,"date":"2025-12-16T09:55:28","date_gmt":"2025-12-16T06:55:28","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=659"},"modified":"2025-12-16T09:55:29","modified_gmt":"2025-12-16T06:55:29","slug":"qarz-shartnomasi-yuridik-hujjat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=659","title":{"rendered":"Qarz shartnomasi yuridik hujjat\u00a0"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bozor iqtisodiyoti sharoitida mablag\u2018larning shaxslar o\u2018rtasida aylanishi tabiiy holat hisoblanadi. Munosabatlarning ayrimlari aynan pul mablag\u2018lari bilan bog\u2018liq bo\u2018ladi. Harakatlarning predmetini ma\u2019lum mablag\u2018lar tashkil etadi. Bu harakatlarning eng keng tarqalgan ko\u2018rinishi bu qarz munosabtalaridir. Boshqa bir shaxsga pul berarkansiz, ayniqsa pulning miqdori ko\u2018p bo\u2018lsa, kimga va qanday maqsadlar uchun qarz berayotganingizni o\u2018ylab olishingiz kerak. Qarz berayotgan tanishingiz ishonchli odam bo\u2018lsa ham, ehtiyotkorlik ortiqchalik qilmaydi. Buning uchun siz \u2014 qarz majburiyatini yuridik rasmiylashtirishingiz kerak, buning uchun qarz shartnomasi tuziladi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cYaqin kishisidan tilxat olish? Bu qanday gap!?\u201d\u2014 qarindoshingiz yoki do\u2018stingiz shunday fikrga borishi tabiiy. Biroq, agar u inson haqiqatan qarzni qaytarishni istayotgan bo\u2018lsa, tilxat yozib berish unga bu harakatning mutlaqo og\u2018irligi tushmaydi. Bu hujjat qarzdorga u zimmasiga yuridik majburiyatlar olganligini eslatib turadi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qarz shartnomasi munosabatlari huquqiy jihatdan tartibga solingan bo\u2018lib, O\u2018zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 732-moddasida qarz shartnomasiga ta\u2019rif berilar ekan unga ko\u2018ra, qarz shartnomasi bo\u2018yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi. Qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo\u2018la yoki bo\u2018lib-bo\u2018lib, o\u2018shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga barovar ashyolarni qaytarib berish majburiyatini oladi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qarz shartnomasining bir nechta belgilari mavjud. Ular quyidagilar:&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>birinchidan,&nbsp;<\/strong>qarz shartnomasi real shartnoma bo\u2018lib hisoblanadi, chunki taraflar o\u2018rtasida huquq va burchlar shartnoma predmeti bo\u2018lgan pul yoki ashyoning topshirilishi vaqtidan e\u2019tiboran vujudga keladi va shartnoma ham pul topshirilgan vaqtdan kuchga kiradi;&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>ikkinchidan,&nbsp;<\/strong>qarz bir tomonlama shartnomalar sirasiga kiradi, shartnoma yuzasidan qarz beruvchi huquqlar olsa, qarz oluvchida burchlar vujudga keladi;&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>uchinchidan,<\/strong>&nbsp;qarz shartnomasi fuqarolar o\u2018rtasida agar bu qarzning summasi eng kam ish haqining o\u2018n barovaridan ortiq bo\u2018lsa, oddiy yozma shaklida tuzilishi, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs bo\u2018lganida esa, qarz summasidan qat\u2019i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart;&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>to\u2018rtinchidan,<\/strong>&nbsp;qarz mulkga nisbatan bo\u2018lgan egalik huquqini yoki mulkni operativ boshqaruv huquqini o\u2018tkazishga qaratilgan shartnomalardan hisoblanadi. Qarzdor qarzga olingan narsaning aynan o\u2018zini qaytarmasdan, balki olgan pulni yoki o\u2018sha qarzga olingan narsaning xili, sifati va miqdori baravarida boshqa narsani qaytarishga majbur bo\u2018ladi;&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>beshinchidan,<\/strong>&nbsp;agarda qonunda yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo\u2018lmasa, qarz beruvchi (yuridik shaxs yoki fuqaro) qarz oluvchidan qarz summasiga shartnomada belgilangan miqdorda va tartibda foizlar olish huquqiga ega bo\u2018ladi;&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>oltinchidan,<\/strong>&nbsp;agarda qarz shartnomasi bo\u2018yicha qarz oluvchiga turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolar topshirilsa, ularning miqdori va shakli (pul yoki natura holidagi) shartnomada ko\u2018zda tutilgan hollarda foizlar to\u2018lanishi kerak.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qarz shartnomasining yozma shakliga amal qilmaslik shartnomaning haqiqiy emasligiga olib keladi. Ya\u2019ni, qarzga oluvchi shartnoma shartlarini bajarmay, qarz summasini qaytarishdan bosh tortgan taqdirda, tegishli sud idoralariga da\u2019vo ariza bilan murojaat qilish huquqidan mahrum etilishiga olib kelishi mumkin.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Ismoilov Baxtiyor<\/strong><strong>,<\/strong><br>Denov tuman adliya bo\u2019limi yuridik hizmat ko\u2019rsatish markazi bosh yuristkonsulti<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bozor iqtisodiyoti sharoitida mablag\u2018larning shaxslar o\u2018rtasida aylanishi tabiiy holat hisoblanadi. Munosabatlarning ayrimlari aynan pul mablag\u2018lari bilan bog\u2018liq bo\u2018ladi. Harakatlarning predmetini ma\u2019lum mablag\u2018lar tashkil etadi. Bu harakatlarning eng keng tarqalgan ko\u2018rinishi bu qarz munosabtalaridir. Boshqa bir shaxsga pul berarkansiz, ayniqsa pulning miqdori ko\u2018p bo\u2018lsa, kimga va qanday maqsadlar uchun qarz berayotganingizni <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=659\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-659","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-1"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/659","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=659"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/659\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":660,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/659\/revisions\/660"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=659"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=659"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=659"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}