{"id":609,"date":"2025-10-06T22:55:12","date_gmt":"2025-10-06T19:55:12","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=609"},"modified":"2025-10-06T22:55:21","modified_gmt":"2025-10-06T19:55:21","slug":"suniy-intellekt-sohasining-infratuzilmasi-va-kadrlar-salohiyati-rivojlantiriladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=609","title":{"rendered":"Sun\u2019iy intellekt sohasining infratuzilmasi va kadrlar salohiyati rivojlantiriladi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-oktyabr kuni mamlakatimizda sun\u2019iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish hamda ularni iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarga keng joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugungi kunda dunyoda sun\u2019iy intellekt texnologiyalari iqtisodiyot, ta\u2019lim, sog\u2018liqni saqlash, xavfsizlik va boshqa muhim yo\u2018nalishlarda asosiy vositalardan biriga aylanmoqda. Sun\u2019iy intellekt texnologiyalari davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish, resurslardan tejamkor foydalanish, aholiga ko\u2018rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">So\u2018nggi yillarda O\u2018zbekistonda ham bu sohada tizimli islohotlar amalga oshirilib, mamlakatimiz sun\u2019iy intellektni tatbiq etish bo\u2018yicha xalqaro reytingda 17 pog\u2018ona yuqoriladi. Hozirda O\u2018zbekiston 188 davlat ichida 70-o\u2018rinni, Markaziy Osiyo bo\u2018yicha esa birinchi o\u2018rinni egallab turibdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Prezidentimiz ta\u2019kidlaganidek, bu natijalar sohada qo\u2018yilgan ilk qadamlar samarasidir, ammo oldinda hali ko\u2018p ish turibdi. Shu maqsadda o\u2018tgan yili 2030-yilgacha mo\u2018ljallangan Sun\u2019iy intellektni rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi va Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida maxsus markaz tashkil etildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Taqdimotda sohani rivojlantirishning ustuvor yo\u2018nalishlari ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda sun\u2019iy intellekt loyihalarini joriy etish maqsadida 50 million dollar mablag\u2018 ajratilgan. Sog\u2018liqni saqlash, ta\u2019lim, qishloq xo\u2018jaligi, energetika, transport, ekologiya va moliya sohalarini qamrab olgan 86 ta loyiha shakllantirildi. Hozirda sun\u2019iy intellektni qo\u2018llash uchun zarur hisoblash imkoniyatlarini yaratish maqsadida \u201csuperkompyuter klasteri\u201dni tashkil etish ishlari jadal olib borilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>\u2013 Sun\u2019iy intellektni tezroq rivojlantirish uchun doimiy ravishda ilg\u2018or, o\u2018zini oqlagan xorijiy va mahalliy tajribalarni o\u2018rganib borish zarur. Buning uchun sohada samarali faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimiz, xorijiy ekspertlar va xususiy sektor bilan yaqin hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018yish kerak,<\/em>&nbsp;\u2013&nbsp;dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Taqdimotda sun\u2019iy intellekt sohasida zamonaviy hisoblash quvvatlarini o\u2018zimizda yaratish, ma\u2019lumotlar markazlarini qurish va bunga investitsiya kiritmoqchi bo\u2018lgan tadbirkorlar uchun jozibador muhitni ta\u2019minlash zarurligi qayd etildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sun\u2019iy intellektni rivojlantirishda eng muhim omil \u2013 malakali kadrlar tayyorlash. Bu ishlarni maktablardan boshlash, informatika o\u2018qituvchilarini qayta tayyorlash, yangi avlod darsliklarini ishlab chiqish zarurligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sohada kadrlar tayyorlashni jadallashtirish maqsadida ko\u2018plab dasturlar amalga oshirilmoqda. \u201cBir million sun\u2019iy intellekt yetakchilari\u201d milliy dasturi doirasida yoshlar uchun aistudy.uz va omp.aistudy.uz platformalari ishga tushirildi, ularda SI bo\u2018yicha 5 ta bepul onlayn o\u2018quv dasturi yo\u2018lga qo\u2018yilgan. Dastur doirasida 2027-yilga qadar 1 million nafar yosh sun\u2019iy intellekt sohasidagi bilim va ko\u2018nikmalarga ega bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yoshlarning istiqbolli loyihalarini aniqlash va qo\u2018llab-quvvatlash uchun barcha hududlarda Sun\u2019iy intellekt xakatoni yo\u2018lga qo\u2018yiladi. Shu kunlarda Nukus shahrida sog\u2018liqni saqlash bo\u2018yicha \u201cHealthtech AI Hackathon\u201d musobaqasi muvaffaqiyatli o\u2018tkazildi. Bu tajribani kengaytirib, ta\u2019lim, sud tizimi, suv xo\u2018jaligi va tadbirkorlikni rivojlantirish yo\u2018nalishlarida ham o\u2018tkazish muhimligi&nbsp;qayd etildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Prezidentimiz taqdimot qilingan chora-tadbirlarni qo\u2018llab-quvvatlab, ularni sun\u2019iy intellektni joriy etishni yanada jadallashtirish, ilg\u2018or tajribani amaliyotga tatbiq etish, sohada kadrlar salohiyatini oshirish yo\u2018nalishida yanada takomillashtirish va kengaytirish bo\u2018yicha topshiriqlar berdi.<br><a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/8545\">https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/8545<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-oktyabr kuni mamlakatimizda sun\u2019iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish hamda ularni iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarga keng joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bugungi kunda dunyoda sun\u2019iy intellekt texnologiyalari iqtisodiyot, ta\u2019lim, sog\u2018liqni saqlash, xavfsizlik va boshqa muhim yo\u2018nalishlarda asosiy vositalardan biriga aylanmoqda. Sun\u2019iy intellekt texnologiyalari davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish, resurslardan <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=609\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":610,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-609","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-president-uz"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/609","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=609"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/609\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":612,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/609\/revisions\/612"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/610"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=609"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=609"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=609"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}