{"id":578,"date":"2025-08-26T07:43:12","date_gmt":"2025-08-26T04:43:12","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=578"},"modified":"2025-08-26T07:43:22","modified_gmt":"2025-08-26T04:43:22","slug":"xarid-cheki-oddiy-qogoz-parchasi-emas","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=578","title":{"rendered":"Xarid cheki \u2013 oddiy qog\u2019oz parchasi emas\u00a0"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Iste\u2019molchining huquqi qaerdan boshlanadi? Do\u2019kondagi xaridimizdan so\u2019ng sotuvchidan \u00abChek kerakmi?\u00bb degan savolni eshitishimiz odatiy hol. Ba\u2019zida shoshilganimizdan, ba\u2019zida esa&nbsp; o\u2019zimizni xayrixoh ko\u2019rsatmoq&nbsp;bo\u2019lib,&nbsp;xaridimizningsh&nbsp;chekini talab qilmasdan chiqib ketamiz.&nbsp;Aynan shu oddiy, e\u2019tiborsiz harakat ba\u2019zan jiddiy huquqiy muammolarga olib kelishi mumkin.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Hayotiy misol: bir&nbsp;tanishim&nbsp;do\u2019kondan maishiy texnika xarid qiladi. Qisqa muddatda mahsulot nosozlik chiqaradi.&nbsp;Almashtirish yoki qaytarish maqsadida&nbsp;do\u2019kon sotuvchisiga&nbsp;murojaat qilganida QR-kodli xarid cheki yo\u2019qligi sababli unga rad javobi berilgan. Bunday holda chek muomala faktlarini isbotlovchi yagona hujjat bo\u2019lgani uchun, uning yo\u2019qligi iste\u2019molchini huquqiy jihatdan himoyasiz qoldiradi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qonunchiligimizda xarid cheki sotuvchi va xaridor o\u2019rtasidagi hisob-kitob munosabatlarining rasmiy belgisi sifatida majburiy hisoblanadi. 2019 yil 6 sentabrdagi \u201cSavdo va xizmat ko\u2019rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to\u2019g\u2019risida\u201dgi Prezident farmoniga asosan, 2022 yil 1 yanvardan boshlab, savdo va xizmat ko\u2019rsatish shoxobchalarida to\u2019liq onlayn nazorat kassa mashinalaridan (NKM) foydalanish&nbsp;tizimiga o\u2019tildi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu tizim orqali har bir operatsiya to\u2019g\u2019risidagi ma\u2019lumotlar davlat soliq organlariga avtomatik ravishda uzatiladi. Demak, chek taqdim etmaslik nafaqat iste\u2019molchi huquqini buzish, balki soliq qonunchiligini ham qo\u2019pol ravishda buzish hisoblanadi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ba\u2019zi tadbirkorlar chek taqdim etmaslikni \u201cterminal ishlamayotgani\u201d yoki \u201ckassa buzilgani\u201d bilan izohlashadi. Aslida nazorat-kassa texnikasi ishlamasa, tadbirkor faoliyatini vaqtincha to\u2019xtatishi shart. Ya\u2019ni, har qanday holatda ham chek taqdim etilishi shart, aks holda tadbirkorlik faoliyati qonuniy emas deb baholanadi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;Xarid chekini bermaslik bir&nbsp;qator&nbsp;huquqiy oqibatlarga olib keladi:&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ma\u2019muriy javobgarlik \u2013 Soliq kodeksi va Ma\u2019muriy javobgarlik to\u2019g\u2019risidagi kodeksda chek bermaslik soliqdan bo\u2019yin tovlash, ya\u2019ni daromadni yashirish deb baholanadi.&nbsp;Birinchi marta&nbsp;aniqlanganda \u2013 ogohlantirish yoki jarima;&nbsp;Takroriy yoki qasddan sodir etilganda \u2013 katta jarima, faoliyatni to\u2019xtatish yoki ruxsatnomani bekor qilish; NKMdan foydalanmasdan savdo qilish uchun 5 mln so\u2019mgacha jarima belgilangan.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Soliq nazorati kuchaytirilishi \u2013 agar tadbirkor NKM va hisob-kitob terminallaridan foydalanmasdan faoliyat yuritsa, bu holat litsenziya yoki ruxsatnomalarni bekor qilish, rejadan tashqari tekshiruvlarga sabab bo\u2019lishi mumkin.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Jinoiy javobgarlik \u2013 agar chek bermaslik orqali katta miqdorda soliq yashirilgani aniqlansa, bunday holat Jinoyat kodeksiga asosan jinoiy ish qo\u2019zg\u2019atilishiga olib keladi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Jamiyatda yuzaga keladigan har qanday muammoni jamoatchilik nazoratisiz samarali hal etish qiyin. Ayniqsa, chek taqdim etmaslik kabi huquqbuzarliklarning oldini olishda fuqarolarning faol ishtiroki alohida ahamiyat kasb etadi. Shuni inobatga olgan holda, bunday holatlar haqida xabar bergan fuqarolarni moddiy rag\u2019batlantirish tizimi joriy etilgan.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Agar iste\u2019molchi tadbirkor tomonidan chek taqdim etilmagani, onlayn nazorat-kassa mashinasi qo\u2019llanilmagani yoki noqonuniy faoliyat amalga oshirilayotgani haqida tegishli davlat organlariga xabar bersa, tadbirkorga qo\u2019llaniladigan jarimaning 20 foizi miqdoridagi pul mukofoti ushbu iste\u2019molchini rag\u2019batlantirish maqsadida to\u2019lab beriladi.&nbsp;Bunga, avvalo, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, xalqimizda xarid chekini talab qilish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan vosita sifatida ko\u2019rilmoqda.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xarid cheki, biz o\u2019ylaganimizdek oddiy qog\u2019oz parchasi emas. U iste\u2019molchining huquqiy himoyasini kafolatlaydigan asosiy hujjat hisoblanadi. Chek orqali xarid fakti isbotlanadi, mijoz o\u2019z huquqini sud va boshqa organlar oldida himoya qilish imkoniyatiga ega bo\u2019ladi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Denov tuman adliya bo\u2019limi yuridik xizmat ko\u2019rsatish markazi bosh yuristkonsulti 2-darajali yurist &nbsp;Xatamov Abduvoxid Boboxonovich.<\/strong>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Iste\u2019molchining huquqi qaerdan boshlanadi? Do\u2019kondagi xaridimizdan so\u2019ng sotuvchidan \u00abChek kerakmi?\u00bb degan savolni eshitishimiz odatiy hol. Ba\u2019zida shoshilganimizdan, ba\u2019zida esa&nbsp; o\u2019zimizni xayrixoh ko\u2019rsatmoq&nbsp;bo\u2019lib,&nbsp;xaridimizningsh&nbsp;chekini talab qilmasdan chiqib ketamiz.&nbsp;Aynan shu oddiy, e\u2019tiborsiz harakat ba\u2019zan jiddiy huquqiy muammolarga olib kelishi mumkin.&nbsp; Hayotiy misol: bir&nbsp;tanishim&nbsp;do\u2019kondan maishiy texnika xarid qiladi. Qisqa muddatda mahsulot nosozlik chiqaradi.&nbsp;Almashtirish yoki <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=578\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5,1],"tags":[],"class_list":["post-578","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-huquq","category-1"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/578","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=578"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/578\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":579,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/578\/revisions\/579"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=578"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=578"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=578"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}