{"id":563,"date":"2025-06-27T07:43:10","date_gmt":"2025-06-27T04:43:10","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=563"},"modified":"2025-06-27T07:43:38","modified_gmt":"2025-06-27T04:43:38","slug":"matbuot-va-ommaviy-axborot-vositalari-xodimlariga-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=563","title":{"rendered":"Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Qadrli yurtdoshlar!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Avvalo, Yangi O\u2018zbekistonning yangilanayotgan matbuotida, teleradiokanallar, internet nashrlari, nashriyot va matbaa korxonalarida, axborot xizmatlari va platformalarida o\u2018z burchini sidqidildan ado etib kelayotgan siz, hurmatli jurnalistlar, muhtaram faxriylarni, barcha ijodiy va texnik xodimlarni bugungi kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Global ijtimoiy-siyosiy jarayonlar beqiyos shiddat bilan o\u2018zgarayotgan hozirgi o\u2018ta murakkab va notinch dunyoda ommaviy axborot vositalarining o\u2018rni va ta\u2019siri har qachongidan ham kuchli ahamiyat kasb etayotganini hammamiz sezib-anglab turibmiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu ma\u2019noda, bepoyon mediaolamda xolis va haqqoniy axborot tarqatish bilan birga, milliy manfaatlarimizni qat\u2019iy himoya qiladigan jurnalist ahlining mashaqqatli mehnatini muqaddas sarhadlarimizda sergak turgan Vatan posbonlarining jasoratiga qiyoslasak, o\u2018ylaymanki, o\u2018rinli bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ushbu qutlug\u2018 ayyomda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarixiy ishlarga o\u2018z iste\u2019dodi, professional mahorati bilan munosib hissa qo\u2018shib kelayotgan ommaviy axborot vositalarining barcha xodimlariga xalqimiz nomidan yuksak hurmat va ezgu tilaklar izhor etish men uchun katta sharafdir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Aziz do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Atoqli jadid bobomiz Hoji Muin aytganidek,&nbsp;<em><strong>\u201cMatbuot tarixi \u2013 Uyg\u2018onish davri tarixining bir bo\u2018lagidir\u201d.<\/strong><\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biz keyingi yillarda, ulug\u2018 ajdodlarimiz boshlab bergan ibratli an\u2019analarni davom ettirib, demokratik jamiyatning muhim sharti va tamoyili bo\u2018lgan ommaviy axborot vositalarini izchil rivojlantirishga ustuvor e\u2019tibor qaratmoqdamiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ana shunday yondashuv tufayli media makonimizga ilg\u2018or loyiha va texnologiyalar, yangicha mulkiy munosabatlar jadal &nbsp;kirib kelmoqda. Respublikamizda faoliyat ko\u2018rsatayotgan 2 ming 400 ga yaqin ommaviy axborot vositalarining 65 foizi nodavlat sektor hissasiga to\u2018g\u2018ri kelayotgani, xususiy nashrlar, teleradiokanallar, internet resurslari tobora ortib, ulardan foydalanuvchilar soni 14,7 milliondan 32,7 millionga yetgani, axborot kontentlarini yaratuvchilar safi kengayib borayotgani, hech shubhasiz, mamlakatimizning media sohasidagi salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ayniqsa, milliy mediakontentni rivojlantirish yo\u2018lida yosh ijodkorlar, mustaqil studiya va prodyuserlik markazlari faoliyati qo\u2018llab-quvvatlanayotgani virtual makonda yuksak sifatli, raqobatbardosh loyihalar paydo bo\u2018lishi uchun zamin yaratmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mamlakatimizda fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini, matbuot va so\u2018z erkinligining qonuniy ijrosini ta\u2019minlash bo\u2018yicha sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Biz kelajagimiz egalari bo\u2018lgan farzandlarimizni barkamol etib tarbiyalash bilan birga, ularni zararli axborotlardan himoya qilishga ham alohida e\u2019tibor bermoqdamiz. Bu borada 2030 yilgacha bolalar uchun mo\u2018ljallangan milliy kontentlar, jumladan, nashr mahsulotlari foyda solig\u2018idan ozod qilinib, ijtimoiy soliq 1 foiz miqdorida belgilangani, qo\u2018shilgan qiymat solig\u2018ini qaytarish tartibi joriy etilgani muhim qadam bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ana shu o\u2018zgarishlarning davomi sifatida yaqinda Bolalar kontentini rivojlantirish markazini tashkil etdik. Ushbu markaz yosh avlodimizni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularni ezgulik va ma\u2019rifatga oshno etish bo\u2018yicha amaliy harakatlarni boshlab yuborgani albatta e\u2019tiborlidir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu haqda gapirganda, onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo\u2018yilganini ham qayd etish lozim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Hozirgi vaqtda sun\u2019iy intellekt texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanayotgani jurnalistika uchun katta imkoniyatlar ochish bilan birga, bu boradagi ishlarimizni zamon talablariga mos holda yo\u2018lga qo\u2018yishni talab etmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">So\u2018nggi yillarda mamlakatimizda o\u2018z kasbini, ona tili bilan birga xorijiy tillarni, IT texnologiyalarini puxta egallagan, jonkuyar va vatanparvar yangi jurnalistlar avlodi yetishib kelayotgani barchamizni xursand qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ayni vaqtda ommaviy axborot vositalarida xolislik va qonun ustuvorligini ta\u2019minlash, professional bilim va mahoratni oshirib borish, axborot tarqatishning zamonaviy usullarini o\u2018zlashtirish, aholi o\u2018rtasida axborot, bahs va muloqot madaniyatini shakllashtirish, jamiyatimizdagi turli illatlar, korrupsiya balosiga qarshi kurashish kabi dolzarb vazifalar bo\u2018yicha hali ko\u2018p ish qilishimiz zarur.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Qadrli ommaviy axborot vositalari xodimlari!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mamlakatimiz jurnalistlari va ijodiy jamoalari tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olib, bu yil \u201cOltin qalam\u201d milliy mukofoti birinchi marta 27-iyunda \u2013 Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida topshirilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Fursatdan foydalanib, bugun sizlarning ishtirokingizda tantanali ravishda taqdirlanadigan barcha tanlov g\u2018oliblarini va yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo\u2018lgan soha xodimlarini chin qalbimdan samimiy tabriklayman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sizlarning har biringiz kelgusida o\u2018z tajriba va mahorat maktabingizni yaratib, milliy jurnalistikamiz ravnaqiga yanada katta hissa qo\u2018shasizlar, deb ishonaman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Hech shubhasiz, ommaviy axborot vositalari xodimlarining mashaqqatli mehnatini qadrlash, ijodiy jamoalarni qo\u2018llab-quvvatlash, sohaning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash bundan buyon ham Yangi O\u2018zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo\u2018nalishi bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin dildan tabriklab, qalbimdagi eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Doimo sog\u2018-omon bo\u2018ling, mas\u2019uliyatli va sharafli mehnatingizdan baraka toping, azizlar!<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Shavkat Mirziyoyev,<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qadrli yurtdoshlar! Avvalo, Yangi O\u2018zbekistonning yangilanayotgan matbuotida, teleradiokanallar, internet nashrlari, nashriyot va matbaa korxonalarida, axborot xizmatlari va platformalarida o\u2018z burchini sidqidildan ado etib kelayotgan siz, hurmatli jurnalistlar, muhtaram faxriylarni, barcha ijodiy va texnik xodimlarni bugungi kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Global ijtimoiy-siyosiy jarayonlar beqiyos shiddat bilan o\u2018zgarayotgan <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=563\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":564,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-563","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-president-uz"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/563","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=563"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/563\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":565,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/563\/revisions\/565"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/564"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=563"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=563"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=563"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}