{"id":514,"date":"2025-06-12T06:10:24","date_gmt":"2025-06-12T03:10:24","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=514"},"modified":"2025-06-12T06:10:33","modified_gmt":"2025-06-12T03:10:33","slug":"ot-soz-turkumi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=514","title":{"rendered":"Ot so&#8217;z turkumi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Nilufar Saitova ,<br>Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Ona tili va adabiyot kafedrasi o&#8217;qtuvchisi.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Yo\u02bbldosheva Musliha,<br>Mamadaminova Charos,<br>Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ot so`z turkumi \u2014 mustaqil so\u02bbz turkumlaridan biri. U boshqa turkumlardan bir necha belgi \u2014 xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) ot yasalish xususiyatiga ega: ishchi, suhbatdosh, paxtakor, bog\u02bbbon, oshpaz, Mirzacho\u02bbl; b) son-miqdorni bildirish xususiyatiga ega: bola \u2014 bolalar, daftar\u2014daftarlar; v) egalik ko\u02bbrsatkichiga ega: otam,otang, otasi \u2014 otamiz, otangiz, otalari; g) kelishik shakllari bilan o\u02bbzgaradi; maktab, maktabning, maktabni, maktabga, maktabda, maktabdan;d) gapda barcha gap bo\u02bblaklari vazifasida keladi Otlarning yasalishi natijasida yasama otlar paydo bo\u02bbladi. Yasama otlar affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya yo\u02bbllari bilan yasaladi. Affiksatsiya ot yasashdagi eng mahsuldorusul bo\u02bblib, uning yordamida shaxs otlari (bo\u02bbyoqchi, ishchi, maktabdosh,zargar, sholikor, saroybon, chorvador, tilshunos, etikdo\u02bbz, oshpaz, aravakash, kaptarboz, kitobxon); narsa-qurol otlari (ochqich, o\u02bbsma, to\u02bbplam, kurak, qirindi, ekin, kekirdak, suyunchi, tuzdon); o\u02bbrin-joy otlari (bodomzor,O\u02bbzbekiston, qarorgoh, ishxona, o\u02bbtloq, Paxtaobod); mavhum ma\u02bcnoli otlar (yaxshilik,paxtachilik, ishonch, yig&#8217;ilish, radiolashtirish, odamgarchilik). So \u0333z turkumlarida so \u0333z yasalishi.Otlarning yasalishi haqida. So \u0333z yasalishi hodisasi mustaqil so \u0333z turkumlariga xos bo \u0333lib, bu hodisa ot, sifat, fe\u2018l, ravish turkumlari uchun xarakterlidir. Mustaqil so \u0333zlardan son va olmoshlar so \u0333z yasalish tizimiga ega emas. Chunki son va olmosh so \u0333z yasash usullari orqali boshqa turkumga mansub so \u0333zlardan yasalmaydi. Biroq bu turkumga mansub so \u0333zlar fe\u2018l, ravish va qisman ot yasalishida ishtirok etadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; chi: ot, sifat, son va harakat nomidan ot yasaydigan serunum affiksdir:ov+chi, ish+chi, a\u2018lo+chi, yolg \u0333on+chi, ikki+chi, ellik sentner+chi, kurash+chi, o \u0333quv+chi. Bu otlar umumiy ma\u2018nolariga ko \u0333ra bir necha uyadosh guruhlarni tashkil etadi:1) kasb, mutaxassislik bilan shug \u0333ullanuvchi shaxs otlari: ishchi, neftchi, sportchi, qo \u0333shiqchi, bo \u0333zchi, hisobchi, tunkachi, tilchi; 2) asosdan anglashilgan harakat va hodisada ishtirok etuvchi shaxs otlari: jangchi, isyonchi, hasharchi; 3) asosdan anglashilgan harakat va hodisa bilan shug \u0333ullanuvchi shaxs oti: respublikachi, himoyachi, xabarchi kabilar shular jumlasidandir.\u2013chi af-fiksi ba\u2018zi ot yasovchilar bilan ma\u2018nodoshlik hosil qiladi. Shu bois ular qo \u0333shilgan o \u0333zakdosh so \u0333zlarsinonimik munosabatda bo \u0333ladi: chorva+chichorva+dor, ko \u0333mak+chi-ko \u0333mak+dosh, mehnat+chi- mehnat+kash, til+chi-til+shunos. Bu affiks so \u0333roq, taajjub, kuchaytiruv ma\u2018nolarini anglatuvchi \u2013 chi yuklamasi bilan shakldoshdir: terim+chi, terim- chi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Otning funksional shakllari mavjud bo\u02bblib, ular ma\u02bclum&nbsp; bir&nbsp;<a href=\"\/wiki\/Qo%CA%BBshimcha\">qo\u02bbshimcha<\/a>&nbsp;grammatik ma\u02bcno ifodalash, otlarning kategorial shakllariga xos bo\u02bblmagan biror sintaktik vazifasiga moslashish uchun xizmat qiladi. Otga xos funksional shaklning yasalishga ko\u02bbra 3 tipi mavjud: 1) sintetik shakl; 2) analitik shakl; 3) juft va takror shakl. Otning sintetik funksional shakllari o\u02bbz ma\u02bcno va vazifalariga ko\u02bbra quyidagi turlarga bo\u02bblinadi: a) kichraytish shakli (baliqcha, yigitcha, kelinchak); b) erkalash shakli (opajon, bo\u02bbtaloq, qizaloq); v) hurmat shakli (onajon, opajon, dadamlar, akamlar, oyimlar); g) qarashlilik shakli (akamniki, maktabniki);. d) o\u02bbrin belgisi (osmondagi, qirdagi, qishloqdagi); e) chegara shakli (uygacha, toqqacha, boqqacha); j)&nbsp;<a href=\"\/wiki\/O%CA%BBxshatish\">o\u02bbxshatish<\/a>&nbsp;shakli (Ozodday \u2014 Ozod kabi, sizlarday \u2014 sizlar singari). Otning analitik shakli ko\u02bbmakchi yordamida hosil bo\u02bbladi: qalam bilan (da), otam uchun (-ga) kabi. Otning juft shakli umumlashtirish, jamlik ma\u02bcnolarini ifodalaydi: qozon-tovoq, qovun-tarvuz. Otning takroriy shakli ko\u02bbplik ma\u02bcnosini ifodalaydi: qatra-qatra yosh, ombor-ombor g\u02bballa.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp; Otlar gapda ega, to\u02bbldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi, hol vazifalarida keladi. Ammo o\u02bbrni bilan sifatlovchi, izohlovchi, kesim yoki atov, vokativ ran bo\u02bblib kelishi ham mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp; Boshqa so\u2018z turkumlari konversiyaga uchrab otga o\u2018tishi mumkin. Masalan: dedi-dedi bunda fe\u2018l takror qo\u2018llanib fe\u2018ldan otga o\u2018tgan, yoki bordi-keldi ham bunga misol bo\u2018la oladi. Bu fe&#8217;l juftlashib otga o\u2018tgan hisoblanadi. Bunga yana ur-yiqit, keldi-ketdi, oldi-berdi kabi juftlashgan fe,llarni misol qilib aytsak bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Kelishik kategoriyasi bu otlarga qo\u02bbshilib, ularni o\u02bbzidan keyin kelgan boshqa so\u02bbzlarga tobelantirib bog\u02bblab keladigan qo\u02bbshimchalarga kelishik qo\u02bbshimchalarini deyiladi<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">.O\u02bbzbek tilida kelishiklar soni 6 ta.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1.Bosh kelishik, qo\u02bbshimchasi yo\u02bbq.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2. Qaratqich kelishigi, qo\u02bbshimchasi -ning.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">3. Tushum kelishigi, qo\u02bbshimchasi -ni.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">4. Jo\u02bbnalish kelishigi, qo\u02bbshimchasi -ga(-ka, -qa).<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">5.O\u02bbrin-payt kelishigi, qo\u02bbshimchasi -da.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">6.Chiqish kelishigi, qo\u02bbshimchasi -dan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Otlarning lug\u02bbaviy (vazifa, funksional) shakllari ham mavjud bo\u02bblib, bu shakllar ham kelishik kategoriyasi kabi olti turga ajratiladi. Ushbu shakllarni va ularning qo\u02bbshimchalarini quyida bilib olishimiz mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1.Kichraytirish shakli.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu shaklning qo\u02bbshimchalariga-cha,-choq,-chak,-kay,-ak,-ka,-k,-a,-chiq.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2.Erkalash shakli.-jon, -xon, -oy, -begim, -loq, -aloq, -gina, -boy, -voy, -bonu, -niso<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">va boshqalar kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">3.Chegara shakli.-gacha<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">.4. O\u02bbxshatish shakli. -dek,-day.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">5.Qarashlilik shakli.-niki.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">6.Ko\u02bbplik shakli.-lar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Otlar bir turdagi predmetning umumiy yoki ulardan birining nomini, ma\u02bcnosini bildirishisha ko\u02bbra ikki turga bo\u02bblinadi. Tilshunoslikda turdosh otlarga nisbatan otlar, atoqli otlarga nisbatan nomlar atamasi qo\u02bbllanadi<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">.Bir turdagi shaxs, narsa,o\u02bbrin-joy, voqea-hodisalardan biriga atab qo\u02bbyilgan nomlar atoqli otlar deyiladi. Ularni shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1. Shaxs nomlari (Antronimlar). Kishilarning ismlari, familiyalari, otasining ismi va taxalluslar kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2. Joynomlari(Toponimlar).<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">3.Suv havzalari nomlari(Gidronimlar) .<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">4.Hayvonot nomlari(Zoonimlar).<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">5.Osmon jismlari nomlari(Astronimlar).<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">6.Tarixiy sana va bayramlar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">jahon ilmiy \u2013 metodik jurnali<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">7.Texnik jihozlar nomlari.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">8.Unvon, orden, medal va mukofotlar nomlari.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">9. Tashkilot,korxona va muassasalar nomlari.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">10. Matbuot nashrlari,asarlar,kino film nomlari.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">11.Oziq-ovqat nomlari.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">12. Transport vositalari nomlari.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bir turdagi shaxs narsa o\u02bbrin-joy faoliyat-jarayon kabilarning umumiy otini ifodalaydigan so\u02bbzlar turdosh otlar deyiladi.Turdosh otlar quyidagi guruhlarga bo\u02bblinadi:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1.Shaxs otlari.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2. Narsa otlari.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">3. O\u02bbrin-joy otlari.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">4. Faoliyat-jarayon otlari.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yuqorida keltirilgan turdosh ot guruhlariga quyida bir nechta misollar keltirb o\u02bbtamiz. Misol uchun: suvchi, zargar, soatsoz, hamkasb, yozuvchi kabilar shaxs otlariga kirsa, kulgich, o\u02bbchirg\u02bbich, elak, soliq kabilar narsa otlariga kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u02bbrin-joy otlariga misol: paxtazor, jarlik, pistirma va boshqalar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Faoliyat-jarayon otlariga misol: o\u02bbqituvchilik, shifokorlik, zargarlik, to\u02bby, sayl, poyga va boshqalar kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Turdosh otlar bevosita kuzatish mumkin yoki mumkin emasligiga ko\u02bbra ikki guruhga bo\u02bblinadi: aniq otlar (konkret) va mavhum otlar(abstrakt).<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Otlarning tuzilishiga ko\u02bbra turlari asosan 4 guruhga bo\u02bblinadi<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bular: 1. Sodda otlar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2.Qo\u02bbshma otlar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">3.Juft otlar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">4. Takror otlar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Faqat bir asosdan tashkil topgan otlar sodda otlar deyiladi. Birgina yetakchi morfemadan tashkil topgan otlar sodda otlar deyiladi. Masalan: uy, yer, guldon, bog\u02bbbon<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ikki va undan ortiq asosidan tashkil topganotlar qo\u02bbshma otlar sanaladi. Ikki va undan ortiq yetakchi morfemadan tashkil topgan otlar qo\u02bbshma otlar deyiladi. Masalan: qo\u02bblqop, oltingugurt, qo\u02bbziqorin, boychechak.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma\u02bcnoli asoslardan tashkil topgan otlar juft otlar deyiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nilufar Saitova ,Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Ona tili va adabiyot kafedrasi o&#8217;qtuvchisi. Yo\u02bbldosheva Musliha,Mamadaminova Charos,Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari. Ot so`z turkumi \u2014 mustaqil so\u02bbz turkumlaridan biri. U boshqa turkumlardan bir necha belgi \u2014 xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) ot yasalish xususiyatiga ega: ishchi, suhbatdosh, <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=514\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27],"tags":[],"class_list":["post-514","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-maqola"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/514","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=514"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/514\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":515,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/514\/revisions\/515"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=514"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=514"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=514"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}