{"id":511,"date":"2025-06-12T06:00:55","date_gmt":"2025-06-12T03:00:55","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=511"},"modified":"2025-06-12T06:05:46","modified_gmt":"2025-06-12T03:05:46","slug":"ozbek-tili-ozbek-xalqi-ardogida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=511","title":{"rendered":"O\u2018zbek tili o\u2018zbek xalqi ardog\u2018ida"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Akbarali<\/strong> <strong>Boymirzayev,<br>Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Ona tili adabiyot kafedrasi o&#8217;qtuvchisi.<\/strong><br><br><strong>Surayyo Fozilova,<br>Feruza Qoraqulova,<br>Denov tadbirkorlik va pedagogika Instituti Filologiya va tillarni o\u2018qitish fakulteti 3-bosqich 303-guruh talabalari<\/strong>.<\/p>\n\n\n\n<ol start=\"3\" class=\"wp-block-list\">\n<li><\/li>\n<\/ol>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u041e\u2018zbek xalqi qanchalik teran tarixga ega b\u043e\u2018lsa, \u043e\u2018zbek-ona tilimiz ham shunchalik uzoq tarixga egadir. Asrlar davomida xalqimiz qanday kunlarni boshidan kechirgan b\u043e\u2018lsa, tilimiz ham shunday kunlarni boshdan kechirdi. \u041e\u2018z rivoji davomida turli t\u043e\u2018siqlarga, kamsitishlarga, ta\u2019qiqlarga uchradi. Lekin turkiy(\u043e\u2018zbek) tili xalq yuragida yashadi va bunday talat\u043e\u2018plardan omon qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u041e\u2018zbek xalqi qadimgi davrlarda yashagan turkiy xalqlarning bir b\u043e\u2018g\u2018ini hisoblangan. Keyinchalik, tabiiy ravishda, bu b\u043e\u2018g\u2018indan ajralib chiqib, mustaqil xalq sifatida \u043e\u2018z tiliga, mavqeiga ega b\u043e\u2018ldi. Prezidentimiz ta\u2019biri bilan aytadigan b\u043e\u2018lsak: \u201cXalqimizning k\u043e\u2018p asrlik madaniy, ilmiy-ma\u2019rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli b\u043e\u2018lgan \u043e\u2018zbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir. Turkiy tillarning katta oilasiga mansub b\u043e\u2018lgan \u043e\u2018zbek tilining tarixi xalqimizning k\u043e\u2018p asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va g\u2018alabalari bilan chambarchas bog\u2018liqdir. Istiqlol yillarida ona tilimiz tom ma\u2019noda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi\u201d [1].<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qadimgi \u043e\u2018zbek(turkiy) tili eng avvalo xalq og\u2018zaki ijodida vujudga keldi. Onalar allasi xalq og\u2018zaki ijodining bosh b\u043e\u2018g\u2018ini va kishilik taraqqiyotining eng avvali hisoblanadi. Shu sababli onalar allasi orqali ona tili g\u043e\u2018dakning qulog\u2018iga kirib, uning ongiga singib boradi va yuragiga o\u2019rnashadi. Natijada kishi ulg\u2018aygan sayin ona tili haqidagi tuyg\u2018u tobora mustahkamlanib boraverdi, iymon\u2013e\u2019tiqodi butun kishigina \u043e\u2018zbek tilimizni e\u2019zozlaydi, asrab-avaylaydi, unga nisbatan fidoyi b\u043e\u2018ladi, hozirgi davrimizga qanday yetib kelgan b\u043e\u2018lsa, tilimizga xiyonat qilmay kelajak avlodga yetkazib beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qadimdan turkiy(o\u2019zbek) til fidoyilari tufayli tilimiz toshbitiklarda \u043e\u2018z aksini topdi. Xususan, \u041e\u2018rxun-Enasoy toshbitiklarida qadimgi turkiy tilda qadimgi ajdodlarning qimmatli pand-nasihatlarini \u043e\u2018qib-\u043e\u2018rganib kelinmoqda. Bular dastlabki turkiy til sohiblarining tilimizga b\u043e\u2018lgan e\u2019zozlaridan qalbimizni g\u2018ururga t\u043e\u2018ldiradi. Prezidentimizning nutqida shunday s\u043e\u2018zlar keltiriladi: \u201cAjdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga \u043e\u2018z s\u043e\u2018zini aytib kelganlar, shu tilda buyuk-madaniyat namunalari, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratgan\u201d [1]. Shu tufayli Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug\u2018bek, Al Xorazmiy kabi buyuk olimu fuzalolar avlodlarga bebaho ma\u2019naviy ilmiy meros qoldirdilar. Garchi ularning asarlari \u043e\u2018sha davrlar taomiliga k\u043e\u2018ra arab tilida yaratilgan b\u043e\u2018lsa-da, ularni turkiy til sohiblari tomonidan yaratilganligi cheksiz faxr-g\u2018urur tuyg\u2019larini bag\u2018ishlaydi. Negaki ularning asarlari butun jahonda hamon qiziqib \u043e\u2018qib \u043e\u2018rganilyapti, oliy \u043e\u2018quv yurtlaridagi dars jarayonlarida foydalanilyapti. Yuqorida nomlari keltirilgan turkiy olimlarning turli sohalardagi faoliyati tufayli jahonda matematika, fizika, geometriya, astronomiya, meditsina, mexanika fanlari rivojlanib hozirgi kunlargacha takomillashgan holda yetib keldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Vatanparvar, elparvar ajdodlarimiz \u043e\u2018z yurti, ona tilini himoya qilib zarur b\u043e\u2018lganda shu y\u043e\u2018lda \u043e\u2018z jonini ham ayamaganlar. Shu ma\u2019noda Prezidentimizning quyidagi s\u043e\u2018zlari ibratlidir: \u201c\u041e\u2018tmishda \u043e\u2018lkamizni bosib olgan turli yovuz kuchlar bizni avvalo \u043e\u2018z tilimizdan, tariximiz va madaniyatimizdan, dinu diyonatimizdan judo qilishga urindilar, ular el-yurtimiz boshiga qanday azob-uqubatlar, kulfat va musibatlar solgani tarixdan yaxshi ma\u2019lum\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Darhaqiqat, yurtimizning qadim tarixida ma\u2019lum va mashhur b\u043e\u2018lgan elparvar, ozodlikparvar qahramonlari b\u043e\u2018lgan T\u043e\u2018maris va Shiroq haqida afsonalar yuradi. Ular ham qadimgi turkiy tilda muloqot qilishgan va ish yuritishgan. Xususan, T\u043e\u2018maris momo \u043e\u2018z tilida qonx\u043e\u2018r bosqinchi Kirni qonga t\u043e\u2018yg\u2018azishga ont ichadi. Bu qasamini \u043e\u2018z xalqi, \u043e\u2018z tili haqqi ado etadi. \u041e\u2018z ona tilida bu ona yurtiga rahna solgan har qanday bosqinchi dushmanni Kirning taqdiri kutishini va ana shunday fojiaviy ahvolga tushishini e\u2019lon qiladi. Shiroq ham \u043e\u2018z ona tilida yurtiga bostirib kelgan bosqinchilardan qasos olishga ont ichadi. Ana shu afsonaviy ajdodlarimizning ona tilida ichgan qasamini keyingi davrlarda yashagan buyuk kishilar davom ettirdilar. Xususan, buyuk sarkarda Amir Temur \u043e\u2018z yurti, \u043e\u2018z tilini saqlab qolish uchun ulug\u2018vor ishlarni amalga oshirdi. \u041e\u2018z tilida ulug\u2018vor bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish yuzasidan farmoyishlar berdi. \u041e\u2018z tili, \u043e\u2018z yurtini yanada qudratli qilish maqsadida ulkan imperiyaga asos soldi va tarqoq turkiy xalqlarni tili va dilini birlashtirdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Dastlabki \u043e\u2018rta asrlardayoq turkiy tilda ilmiy va badiiy, diniy asarlar vujudga keldi. Xususan, \u043e\u2018lkamizda birinchi b\u043e\u2018lib Mahmud Qoshg\u2018ariy \u201cDevonu lug\u2018otit turk\u201d asarini yaratdi. Og\u2018ir mehnatlar evaziga lug\u2018atshunos olim turkiy tilning naqadar boyligi, rang-barangligini k\u043e\u2018rsatib q\u043e\u2018ydi va ilmiy jihatdan asosladi. Yusuf Xos Hojib \u043e\u2018zining \u201cQutadg\u2018u bilig\u201d asarida turkiy tilda ilmning naqadar qudratli kuch ekanligini isbotladi va xalqni, yosh avlodni ilm olishga va unga sodiq b\u043e\u2018lishga chorladi. Bilim kishining \u043e\u2018ziga va uning avlodlariga ham saodat keltirishi, tilini burro, \u043e\u2018zini dono qilishini ta\u2019kidladi. Ahmad Yugnakiy \u043e\u2018zining turkiy tilda yozilgan \u201cHibatul haqoyiq\u201d asarida ham tarixiy tilimizning naqadar tashbehlarga boyligini namoyon qildi. Hazrat Ahmad Yassaviy \u201cDevoni hikmat\u201d asarida islom dini arkonlarini turkiy tilda badiiy jihatdan talqin etdi. Dunyoning \u043e\u2018tkinchiligi, berilgan qisqa sinov vaqtida k\u043e\u2018p savob ishlarni amalga oshirish kerakligi o\u2019zbek tilida badiiy ifodalab berildi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u041e\u2018zbek tili va, ayniqsa, \u043e\u2018zbek adabiy tilining shakllanishi Alisher Navoiy nomi bilan chambarchas bog\u2018liqdir. Ayniqsa Navoiy \u201cMuhokamat ul-lug\u2018atayn\u201d asari bilan \u043e\u2018zbek (turk) tilining buyuk bilimdoni va homiysi b\u043e\u2018lib maydonga chiqdi. Bu tilning boshqa tillardan mutlaqo qolishmasligini amalda isbot qilib bergan shoir mazkur asarida bu muhim xulosasini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab k\u043e\u2018rsatdi. Navoiy \u043e\u2018z ijodiy faoliyati davomida \u201cSab\u2019ati abhur\u201d (\u201cYetti dengiz\u201d) nomli lug\u2018atshunoslikka oid asar yozib tilimizni lug\u2018aviy jihatdan yanada boyitdi. Shunga k\u043e\u2018ra Navoiy \u043e\u2018zbek adabiy tiliga asos solib, uni amalda nihoyatda boyitgan tilshunos sifatida tarixga kirdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tilimizning keyingi davrlardagi ravnaqi shoir, shoh, sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi bilan bog\u2018liq b\u043e\u2018ldi. Boburning tili hozirgi tilimizga yanada yaqinlashdi. Bobur \u043e\u2018z asarlarida q\u043e\u2018llagan tashbehlari, badiiy unsurlari bilan tilimizni yanada boyitdi, tilimizga yangi s\u043e\u2018zlar olib kirdi. Bobur q\u043e\u2018llagan til \u043e\u2018zining g\u043e\u2018zalligi, munisligi, musiqaviyligi bilan ajralib turadi. Bu buyuk sarkarda, olim, shoir bobomiz \u043e\u2018zbek-turkiy tilning rivojlanishi va yanada takomillashuviga katta hissa q\u043e\u2018shdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; XVIII\u2013XIX asrlarda ijod qilgan Munis Xorazmiy, Ogahiy, Uvaysiy, Nodira, Muqimiy, Zavqiy, Furqat kabi shoirlar ham \u043e\u2018z ijodlari bilan \u043e\u2018zbek tilining yanada boyishiga xizmat qildilar, \u043e\u2018zbek tilidagi s\u043e\u2018zlarning keng imkoniyatini ochib berdilar. Ayniqsa, bu paytlarda adabiyotga yangi janrlarning kirib kelishi, ijtimoiy-siyosiy \u043e\u2018zgarishlar tufayli \u043e\u2018zbek tiliga anchagina s\u043e\u2018zlar \u043e\u2018zlashdi va tilimiz sezilarli boyidi. Bu o\u2019z navbatida tilimizning keying ravnaqiga o\u2019z ta\u2019sirini o\u2019tkazdi. XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi \u043e\u2018zbek tili tarixi jadidlar ijodi bilan bog\u2018liq b\u043e\u2018ldi. Mahmudx\u043e\u2018ja Behbudiy \u043e\u2018zbek tilida \u043e\u2018sha davrgacha mavjud b\u043e\u2018lmagan drama janrida asar yozdi. Bu bilan \u043e\u2018zbek tilida nasriy janrdagi asarlar yaratish mumkinligini isbotladi. Yana bir e\u2019tiborli tomoni shundaki, adib \u043e\u2018zining ushbu asari bilan tilimizni sahnada jaranglashiga erishdi. Shu asnoda Behbudiy \u043e\u2018zbek dramaturgiyasiga asos solib XX asr boshlarida \u043e\u2018zbek madaniyatida yangi voqelikni vujudga keltirdi. Nashr ishlarini tashkil etib, \u043e\u2018zbek publitsistikani boshlab berdi, o\u2019zbek publitsiskasi bu bilan mustaqil rivojlanish yo\u2019liga o\u2019tdi. Abdurauf Fitrat XX asr boshlaridagi \u043e\u2018zbek milliy uyg\u2018onish adabiyotining jarchisi va asoschilaridan biri, \u043e\u2018zbek milliy she\u2019riyati, prozasi, adabiyotshunosligi, tilshunosligi, maorifi, jamiyatshunosligi singari \u043e\u2018nlab sohalarning oyoqqa turishiga, rivojiga ulkan hissa q\u043e\u2018shdi. Fitrat ona tilini mukammal egallashida onasining hizmati katta b\u043e\u2018ldi. Shu sababli butun umri davomida ona tili rivojiga katta hissa q\u043e\u2018shdi. \u041e\u2018zbek adabiyoti tarixida birinchi b\u043e\u2018lib \u043e\u2018zbek tilida \u201cAbulfayzxon\u201d fojia sahna asarini yozdi. Uning xizmatlari tufayli maktablarda \u201c\u041e\u2018zbek tili\u201d darslari \u043e\u2018tildi. Umuman olganda Fitrat \u043e\u2018zbek tili rivojiga ulkan hissa q\u043e\u2018shdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mashhur yozuvchi Abdulla Qodiriy \u043e\u2018zbek tilini nihoyatda qadrladi. Uning imkoniyatlari ulkan, s\u043e\u2018zlarga boy, badiiy tasvirlari keng ekanligini \u043e\u2018zining epik asarlarida k\u043e\u2018rsatib quydi. Uning romanlari va hikoyalarining tili shirali, sermazmun, qochirimlarga va milliy unsurlarga boy ekanligidan \u043e\u2018zbek kitobxonlarining bir necha avlodlari ularni hamon sevib \u043e\u2018qib kelmoqda. A. Qodiriy \u043e\u2018z tarjimalari bilan ham \u043e\u2018zbek tili badiiy ifodaviy tasvirda boshqa tillardan qolishmasligini isbotladi. Yozuvchi asarlari qahramonlarining \u043e\u2018zaro muloqotdagi gaplari madaniy kishilar muloqotining yuksak darajadagi namunasiga aylandi. U milliy tilini \u043e\u2018z millatidek e\u2019zozladi, qadrladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Taniqli yozuvchi va tarjimon Abdulhamid Ch\u043e\u2018lpon haqida gap ketganda uning \u043e\u2018zbek tili bilimdoni ekanligi ta\u2019kidlanadi. Bu holatni uning ham nazm, ham nasr asarlarida kuzatish mumkin. U \u043e\u2018zbek tilidagi publitsistika rivojiga alohida hissa q\u043e\u2018shdi va ona tilining matbuotdagi keng imkoniyatlarini k\u043e\u2018rsatdi. Rus tilidan \u043e\u2018zbek tiliga tarjima asarlari uning ijodida salmoqli \u043e\u2018rin egalladi. \u041e\u2018zbek tilining tarjima jarayonidagi imkoniyatlarini shu y\u043e\u2018sinda namoyon qildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Hikoya janri ustasi Abdulla Qahhorning ham tilimiz taraqqiyotida \u043e\u2018z \u043e\u2018rni bor. Uning hikoyalarida qisqalik va l\u043e\u2018ndalikka intilish bilan bog\u2018liq xodisa \u043e\u2018zbek tilidagi s\u043e\u2018zlar yordamida chuqur tagma\u2019noga ega b\u043e\u2018lgan sermazmun asarlar yaratish mumkin ekanligining isboti b\u043e\u2018ldi. \u041e\u2018zbek tilida \u201cqahhorcha\u201d iboralar, qochirimlar vujudga keldi. Bular ham tilimizning \u043e\u2018ziga xos boyligiga aylandi. \u041e\u2018tgan asrning s\u043e\u2018nggi yillarida ijod qilgan Abdulla Oripov va Erkin Vohidov kabi ulkan shoirlar ham tilimizni yanada boyishiga va mustahkamlanishiga xizmat qildi. Ularning nihoyatda nazokatli, \u043e\u2018zbekona, ba\u2019zan esa tanqidlarga boy she\u2019rlari tilimizga \u043e\u2018zgacha ruh bag\u2018ishladi va ma\u2019lum darajada milliy tilimizga yanada sayqal berdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Keyingi davrlarda yashab ijod qilgan yosh shoirlar ham \u043e\u2018zbek tiliga \u043e\u2018zgacha ruh bag\u2018ishladi. Ularning she\u2019rlarida q\u043e\u2018llangan zamonaviy s\u043e\u2018zlar tilimiz zamon bilan hamqadam ravishda rivojlanayotganidan darak beradi. Shu \u043e\u2018rinda ayniqsa \u041e\u2018zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning ijodi diqqatga sazovordir. Shoir butun ijodi davomida soddalikka, xalqonalikka intilib keldi va bu bilan she\u2019riyatda katta muvaffaqiyatga erishdi. Uning soddagina s\u043e\u2018zlar yordamida yaratgan she\u2019rlari kitobxonning qalbiga singib, unda tilimizga b\u043e\u2018lgan muhabbatni yanada mustahkamlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u041e\u2018zbek tili XX asrda jiddiy t\u043e\u2018siqlarga qaramay \u043e\u2018ziga xos tarzda ham nazariy, ham amaliy jihatdan rivojlandi. Asr boshlaridayoq bir qator tilshunos olimlar \u043e\u2018zbek tili sohasida jiddiy ilmiy tadqiqotlarni boshlab yubordi. S\u043e\u2018ngra bu an\u2019anani tilshunoslarning keyingi avlodi hisoblangan yosh olimlar ilmiy tadqiqotlar olib borib, tilimiz nazariy jihatdan pishiq-puxta til ekanligini isbotladilar va boshqa jahon tillari bilan bemalol baxslasha oladigan boy til ekanligini ham k\u043e\u2018rsatib berdilar. Shu bilan birga \u043e\u2018tgan asrda \u201c\u041e\u2018zbek tilining izohli lug\u2018ati\u201d, \u201cRuscha-\u043e\u2018zbekcha lug\u2018at\u201d, \u201c\u041e\u2018zbekcha- ruscha lug\u2018at\u201d va boshqa lug\u2018at kitoblarini chop etilganligi \u043e\u2018zbek tilining naqadar boy til ekanligini k\u043e\u2018rsatib turadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Umuman olganda, milliy tilimiz qanchalik qadimiy b\u043e\u2018lgan b\u043e\u2018lsa, shuncha asrlar davomida jiddiy t\u043e\u2018siqlarga qaramay rivojlandi va taraqqiy etdi. \u041e\u2018zbek tilining taraqqiyot davri bevosita adabiyot taraqqiyoti bog\u2018liq b\u043e\u2018ldi. Negaki til ham, adabiyot ham bir-birini taqozo etadi. Tilimiz, ayniqsa XX asrda adabiyot kabi ham nazariy, ham amaliy jihatdan \u043e\u2018sdi va mustahkamlandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Akbarali Boymirzayev,Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Ona tili adabiyot kafedrasi o&#8217;qtuvchisi. Surayyo Fozilova,Feruza Qoraqulova,Denov tadbirkorlik va pedagogika Instituti Filologiya va tillarni o\u2018qitish fakulteti 3-bosqich 303-guruh talabalari. \u041e\u2018zbek xalqi qanchalik teran tarixga ega b\u043e\u2018lsa, \u043e\u2018zbek-ona tilimiz ham shunchalik uzoq tarixga egadir. Asrlar davomida xalqimiz qanday kunlarni boshidan kechirgan b\u043e\u2018lsa, tilimiz ham <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=511\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27],"tags":[],"class_list":["post-511","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-maqola"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/511","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=511"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/511\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":513,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/511\/revisions\/513"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=511"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=511"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=511"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}