{"id":506,"date":"2025-06-11T11:11:56","date_gmt":"2025-06-11T08:11:56","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=506"},"modified":"2025-06-11T11:20:11","modified_gmt":"2025-06-11T08:20:11","slug":"xalqimizni-yanada-birlashtirgan-tarixiy-yutuq","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=506","title":{"rendered":"Xalqimizni yanada birlashtirgan tarixiy yutuq"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-iyun kuni \u201cBunyodkor\u201d stadioniga tashrif buyurib, futbol bo\u2018yicha O\u2018zbekiston milliy terma jamoasi o\u2018yinini tomosha qildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu oddiy o\u2018yin emas, o\u2018zbek futbolining katta bayrami. Jahon chempionati saralash bosqichining so\u2018nggi uchrashuvi. Lekin mohir sportchilarimiz mundial yo\u2018llanmasini muddatidan oldin naqd qilib qo\u2018ygan \u2013 O\u2018zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor futbol bo\u2018yicha jahon chempionatida ishtirok etadi!<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Buni futbolsevar xalqimiz ko\u2018p yillar orziqib kutgan edi. Terma jamoamiz bundan oldin yetti marta saralashlarda qatnashib, mundialga chiqa olmagandi. Har doim yo taqvim, yo gollar nisbati, yo mahorat yetishmasligi sabab bo\u2018lib qolaverardi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Hech qanday sabab-bahonaga o\u2018rin qolmasligi uchun esa futbolchilar kuchli bo\u2018lishi kerak, poydevor mustahkam bo\u2018lishi kerak. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi qarori bilan, 2018-2022-yillarda futbolni yanada rivojlantirish dasturi qabul qilingan edi. Iste\u2019dodli yoshlarni tanlash, keyinchalik professional etib tayyorlash hamda milliy terma jamoalar zaxirasini yaratish maqsadida 14 ta hududda bolalar va o\u2018smirlar futbol akademiyalari tashkil etildi. Mashg\u2018ulot va musobaqalarda sifat oshdi. Murabbiylar, hakamlar va boshqa mutaxassislarga e\u2019tibor kuchaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2019-yil 4-dekabrda Prezidentimiz \u201cO\u2018zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201d farmon imzoladi. Unda klublar faoliyatini rivojlantirish, xalqaro darajadagi mutaxassislar tayyorlash, terma jamoalarning o\u2018quv-mashg\u2018ulot jarayonini zamonaviy tashkil etish, mamlakatimizda nufuzli musobaqalar o\u2018tkazish maqsadlari belgilangan edi. 2023-yil 8-aprelda qabul qilingan ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishga oid Prezident qarori ham katta ahamiyatga ega bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bunday e\u2019tibor va tizim tufayli birin-ketin natijalar kela boshladi. 2018-yilda U-23 jamoamiz Xitoyda, 2023-yilda U-20 futbolchilarimiz O\u2018zbekistonda o\u2018tgan musobaqalarda Osiyo chempionligini qo\u2018lga kiritdi. Yurtimizda FIFA va OFK dasturidagi turnirlarni o\u2018tkazish yo\u2018lga qo\u2018yildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2024-yilda o\u2018zbek futboli rivojida yangi sahifa ochildi \u2013 23 yoshgacha bo\u2018lgan terma jamoamiz birinchi marta Olimpiya o\u2018yinlarida ishtirok etdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yutuq va xursandchiliklar bu yil ham davom etmoqda. Yaqindagina, aprel oyida Saudiya Arabistonida o\u2018tgan musobaqada 17 yoshgacha bo\u2018lgan o\u2018smirlarimiz Osiyo kubogini qo\u2018lga kiritib, jahon chempionatiga yo\u2018llanma olgan edi. Mana endi asosiy terma jamoamiz ham yangi tarix yaratdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekiston ushbu 3-saralash bosqichining \u201cA\u201d guruhidan o\u2018rin olgan edi. Qariyb bir yil mobaynida Eron, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Qirg\u2018iziston, Shimoliy Koreya futbolchilari bilan bahs olib borildi. 5-iyun kuni o\u2018tgan BAA \u2013 O\u2018zbekiston o\u2018yinida durang qayd etildi. Natijada 9-tur yakunlariga ko\u2018ra, terma jamoamiz ochkolari soni 18 taga yetdi va jahon chempionatiga chiqish kafolatlandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu munosabat bilan yo\u2018llagan tabrigida futbolchilarimiz chinakam jasorat va matonat namunasini ko\u2018rsatib, xalqimiz orzusini ro\u2018yobga chiqarganini ta\u2019kidladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>Aminman, bu tarixiy yutuq xalqimizni ezgu maqsadlar yo\u2018lida yanada birlashtiradi, ming-minglab yoshlarimiz uchun ilhom manbaiga, ibrat timsoliga aylanadi, Yangi O\u2018zbekistonning xalqaro obro\u2018-e\u2019tiborini yanada oshirishga xizmat qiladi,<\/em>&nbsp;&#8212;&nbsp;dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Chindan ham, bu tarixiy voqea butun xalqimizni birlashtirdi, quvontirdi. Shu bois ham so\u2018nggi turdagi O\u2018zbekiston &#8212; Qatar o\u2018yini bayramga aylanib ketdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uchrashuv o\u2018z jonkuyarlari oldida o\u2018ynagan hamyurtlarimizning to\u2018liq ustunligida o\u2018tdi. Yakunda O\u2018zbekiston 3:0 hisobida g\u2018alaba qozondi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 6-iyundagi farmoniga muvofiq, Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yo\u2018llanmasini qo\u2018lga kiritgani, yosh avlodni sportga mehr va milliy g\u2018urur ruhida tarbiyalashga qo\u2018shgan hissasi uchun futbol bo\u2018yicha O\u2018zbekiston milliy terma jamoasi a\u2019zolari va murabbiylaridan bir guruhi mukofotlangan edi. O\u2018yindan keyin ushbu mukofotlarni topshirish marosimi bo\u2018ldi. Davlatimiz rahbari qahramon sportchilarimizga faxriy unvon, orden va medallarni topshirdi. Shuningdek, terma jamoamiz a\u2019zolari va mutaxassislariga BYD avtomobillari sovg\u2018a qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Futbol bayrami dronlar va mushaklar shousi bilan yakunlandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2026-yilgi jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo\u2018lib o\u2018tadi. 48 ta jamoa 12 ta guruhga bo\u2018linib bahs olib boradi. Guruhlarda birinchi-ikkinchi o\u2018rinni egallaganlar hamda natijalari eng yaxshi 8 ta uchinchi o\u2018rin sohiblari keyingi bosqichga yo\u2018l oladi. O\u2018zbekiston iftixori bo\u2018lgan futbolchilarimizdan bu musobaqada ham yaxshi natijalar kutib <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/8210\" data-type=\"link\" data-id=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/8210\">qolamiz.<\/a><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-iyun kuni \u201cBunyodkor\u201d stadioniga tashrif buyurib, futbol bo\u2018yicha O\u2018zbekiston milliy terma jamoasi o\u2018yinini tomosha qildi. Bu oddiy o\u2018yin emas, o\u2018zbek futbolining katta bayrami. Jahon chempionati saralash bosqichining so\u2018nggi uchrashuvi. Lekin mohir sportchilarimiz mundial yo\u2018llanmasini muddatidan oldin naqd qilib qo\u2018ygan \u2013 O\u2018zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=506\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":510,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-506","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-president-uz"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/506","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=506"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/506\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":509,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/506\/revisions\/509"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/510"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=506"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=506"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=506"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}