{"id":470,"date":"2025-06-04T12:50:53","date_gmt":"2025-06-04T09:50:53","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=470"},"modified":"2025-06-04T13:45:59","modified_gmt":"2025-06-04T10:45:59","slug":"tarbiyaning-yetishmovchiligi-yoki-umumiy-etiborsizlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=470","title":{"rendered":"Tarbiyaning yetishmovchiligi yoki umumiy e\u2019tiborsizlik"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Inson kamoloti va jamiyat taraqqiyoti, avvalo, oilada va atrof-muhitda beriladigan tarbiyaga chambarchas bog\u2018liq. Tarbiya \u2013 bu faqat odob-axloq qoidalarini o\u2018rgatish emas, balki shaxsning dunyoqarashi, mas\u2019uliyat hissi va ijtimoiy burchini shakllantiruvchi muhim omildir. Afsuski, bugungi kunda bu masalaga yetarlicha e\u2019tibor berilmagani bois, yoshlar orasida beparvolik, hurmatsizlik, va hatto zo\u2018ravonlik kabi salbiy holatlar ko\u2018payib bormoqda<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Yaqinda guvohi bo\u2018lgan bir noxush holat meni chuqur o\u2018ylantirib qo\u2018ydi. Bir yigit bir qizni ko\u2018chada sudrab, uni mashinaga majburlab mindirishga urinar edi. Qiz esa ochiqchasiga qarshilik qilayotgan edi. Atrofda odamlar ko\u2018p, yoshi katta amakilar, akalar ham bor edi. Biroq hech kim aralashmadi, bir og\u2018iz so\u2018z aytmadi. Ba\u2019zi odamlar buni \u201cqarindoshlar bo\u2018lsa kerak\u201d deb o\u2018ylagandir, lekin agar haqiqatan yaqin insoni bo\u2018lsa, qiz bu darajada qarshilik ko\u2018rsatmasdi, deb o\u2018ylayman. Ular hali 16\u201317 yoshlarda edi. O\u2018zim borib so\u2018z aytmoqchi bo\u2018ldim, lekin yigitning vajohatini ko\u2018rib cho\u2018chib, yaqinlasha olmadim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; O\u2018ylaymanki, agar yoshi kattalar bunday holatlarda sukut saqlab, chetda kuzatuvchi bo\u2018lib qolaversalar, ertaga bu holatlarni ko\u2018rib ulg\u2018aygan bolalar uchun bu kabi zo\u2018ravonliklar odatiy va hatto oqlanadigan holga aylanadi. Natijada, o\u2018z harakatlarining ijtimoiy xavfini anglamaydigan, insoniy fazilatlardan yiroq shaxslar yetishib chiqadi. Bu esa jamiyatda salbiy kayfiyatli, befarq qatlamning shakllanishiga olib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Savol tug\u2018iladi: bu holat \u2014 noto\u2018g\u2018ri tarbiyaning natijasimi yoki jamiyatdagi umumiy e\u2019tiborsizlikning achchiq mevasi? Har qanday holatda ham bu kabi masalalar har birimizni chuqur o\u2018ylantirishi, befarq bo\u2018lmaslikka chorlashi lozim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Yana bir holat meni chuqur o\u2018yga toldirdi. Ko\u2018chada bir ona kichkina bolasiga yegulik olib berarkan, &#171;Bugun sen ye, ertaga meni boqasan&#187;, deb aytdi. Bu oddiy, kulgili eshitiladigan jumla emas. Balki, bu yosh bolaning hali shakllanmagan ongiga mas&#8217;uliyatdan ko\u2018ra, majburiyatni, mehrdan ko\u2018ra qarzni singdiruvchi og\u2018ir yukdir. Axir tarbiya bolaga mehr, e\u2019tibor va ishonch berish orqali uni insoniylik sari yetaklashdir. Farzandga kichikligidan boshlab &#171;menga qarzsan&#187;, &#171;meni boqasan&#187;, degan ma\u2019nodagi fikrlarni singdirish, uni tabiiy mehrdan emas, majburiyat hissidan kelib chiqib harakat qiluvchi, ehtimol, sovuqqon yoki yuzaki inson qilib tarbiyalaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Bu yerda ham savol tug\u2018iladi: ona buni mehr ila aytdimi, yo unga shu yo\u2018sindagi tarbiya berilgani sababli shunday deb o\u2018ylaydimi? Har ikkala holatda ham bu \u2014 ijtimoiy ongda chuqur ildiz otgan noto\u2018g\u2018ri tushunchaning natijasidir. Bolaning ongi hali oppoq sahifa \u2014 unga qanday so\u2018z yozilsa, keyinchalik hayotga ham shunday qaraydi. Mehrga asoslangan tarbiya o\u2018rniga, majburiyat va qarzdorlik bilan yo\u2018g\u2018rilgan so\u2018zlar uning tabiiy mehr-muhabbat tuyg\u2018ularini bosib qo\u2018yishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Shunday qilib, bu vaziyat ham bizni yana o\u2018sha savolga olib boradi: bu \u2014 tarbiya deb o\u2018ylangan, ammo aslida e\u2019tiborsizlik, bexabarlik va noto\u2018g\u2018ri qadriyatlar natijasi emasmi?<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Xulosa o\u2018rnida shuni aytishimiz mumkinki, Jamiyatda yuz berayotgan salbiy holatlarni ko\u2018rib, ularni faqat &#171;noto\u2018g\u2018ri tarbiya&#187; yoki &#171;odamlarning befarqligi&#187; bilan izohlash oson. Ammo masalaning ildiziga nazar tashlasak, bu ikki omil bir-biriga chambarchas bog\u2018langanini ko\u2018ramiz. E\u2019tiborsizlik \u2014 noto\u2018g\u2018ri tarbiyaning natijasi bo\u2018lishi mumkin, noto\u2018g\u2018ri tarbiya esa e\u2019tiborsizlikni davom ettiradi. Bu \u2014 bir-birini to\u2018ldirib, kuchaytiradigan, oxir-oqibat esa jamiyatni yemiradigan jarayondir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Farzandni tarbiyalash \u2014 bu faqat tanani boqish emas, bu ruh va qalbni oziqlantirish, unga to\u2018g\u2018ri yo\u2018l ko\u2018rsatish, mehr berish, nima to\u2018g\u2018ri va nima noto\u2018g\u2018ri ekanini tushuntirishdir. Tarbiya ko\u2018p hollarda og\u2018zaki emas, amaliy ifodada, ya\u2019ni kattalarning o\u2018rnak bo\u2018lishi orqali shakllanadi. Kattalar befarq bo\u2018lsa, yoshlar ham befarqlikni o\u2018rganadi. Kattalar zo\u2018ravonlikni ko\u2018rib jim tursa, yoshlar buni normal hol deb qabul qiladi. Kattalar bolaga &#171;meni boqasan&#187; deb o\u2018zini qarzdor qilib qo\u2018ysa, u mehr emas, majburiyat bilan ulg\u2018ayadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Shu bois, har birimiz avvalo o\u2018zimizdan boshlashimiz, jamiyatdagi kichik ko\u2018rinadigan har bir holatga loqayd bo\u2018lmasligimiz, so\u2018zimiz va harakatimiz bilan farzandlarimizga nurli yo\u2018l ko\u2018rsatishimiz lozim. Chunki bugungi befarqlik \u2014 ertangi jamiyatning yuzini belgilaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>DTPI Filologiya:<\/strong> O\u2019zbek tili yo\u2019nalishi 3-bosqich talabalari<br><strong>Fotima Rustamova <\/strong>va\u00a0<strong>Nargiza Muhammadiyeva <\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Ilmiy rahbar: <\/strong>O\u2019zbek tili va adabiyoti kafedrasi o\u2019qituvchisi <strong>Nilufar<\/strong> <strong>Saitova <\/strong>.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Inson kamoloti va jamiyat taraqqiyoti, avvalo, oilada va atrof-muhitda beriladigan tarbiyaga chambarchas bog\u2018liq. Tarbiya \u2013 bu faqat odob-axloq qoidalarini o\u2018rgatish emas, balki shaxsning dunyoqarashi, mas\u2019uliyat hissi va ijtimoiy burchini shakllantiruvchi muhim omildir. Afsuski, bugungi kunda bu masalaga yetarlicha e\u2019tibor berilmagani bois, yoshlar orasida beparvolik, hurmatsizlik, va hatto zo\u2018ravonlik kabi <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=470\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27],"tags":[],"class_list":["post-470","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-maqola"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/470","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=470"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/470\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":472,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/470\/revisions\/472"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=470"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=470"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=470"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}