{"id":456,"date":"2025-06-03T14:42:21","date_gmt":"2025-06-03T11:42:21","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=456"},"modified":"2025-06-03T14:45:30","modified_gmt":"2025-06-03T11:45:30","slug":"jamiyatimizda-pul-qanchalik-muhim","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=456","title":{"rendered":"Jamiyatimizda pul qanchalik muhim?"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Hayotimizda pulning qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz va hech kim pulning ahamiyatini rad etmaydi. Shu bois, hozir pulning ta\u02bcrifi yoki uning nima ekanligi haqida emas, balki nima uchun pul bu darajada muhim ahamiyat kasb etishi haqida fikr yuritmoqchiman. Hech tasavvur qilib ko\u2018rganmisiz, agar pul bo\u2018lmaganida moliyaviy munosabatlar qanday bo\u2018lar edi? Pul qanday xususiyatlarga egaki, bu darajada qadrlanadi? Pulsiz ham moliyaviy munosabatlarga kirishish mumkinmi? Buni pulning asosiy uchta funksiyasi \u2013 to\u2018lov vositasi, qiymat o\u2018lchovi va jamg\u2018arish vositasi \u2013 orqali tushunishga harakat qilamiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Moddiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida puldan foydalanamiz. Agar pul bo\u2018lmaganida, biz barter \u2014 ya\u2019ni tovarni tovarga ayirboshlash tizimidan foydalangan bo\u2018lardik. Masalan, men ingliz tili o\u2018qituvchisiman va kechki ovqatga osh qilmoqchiman. Pul bo\u2018lmaganda do\u2018konlar ham bo\u2018lmas edi va mahsulotlarni fermer xo\u2018jaliklaridan olishimga to\u2018g\u2018ri kelardi. Osh uchun kerakli uchta mahsulot \u2013 guruch, sabzi va go\u2018shtni olaylik. Men bu mahsulotlar uchun uch xil fermer bilan alohida ayirboshlash munosabatiga kirishishim kerak bo\u2018ladi. Eng asosiy muammo shundaki, men chorvachilik fermasi bilan savdo qilishim uchun nafaqat chorvachilik bilan shug\u2018ullanuvchi fermerni, balki ingliz tilini o\u2018rganmoqchi bo\u2018lgan chorvadorni topishim kerak bo\u2018ladi. Chunki bir tomonlama savdo bo\u2018lmaydi (tekin pishloq faqat qopqonda bo\u2018ladi). Faqat bitta ovqatni tayyorlash uchun qancha vaqt va harakat kerak bo\u2018lishini tasavvur qilsangiz, pulning qadrini anglab yetasiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Har qanday tovar va xizmatning qiymatini pul bilan o\u2018lchaymiz. Masalan, 1 kilogramm kartoshka 5 ming so\u2018m, 1 dona tuxum 1 ming so\u2018m, 1 qop un esa 100 ming so\u2018m turadi. Barter tizimida bu qanday bo\u2018lardi? Yuqoridagi uchta mahsulot misolida ko\u2018rib chiqamiz. Men fermerman va kartoshka yetishtiraman. Tuxum olishim uchun tovuq fermasi bilan shartlashishim, ya\u2019ni 1 dona tuxum uchun qancha kartoshka berishimni aniqlashim kerak. Un olishim uchun esa, 1 qop unning kartoshkaga nisbatan qiymatini belgilashimiz zarur. Bu uchta tovar uchun quyidagi juftliklar bo\u2018yicha qiymat o\u2018lchovi kerak:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li>kartoshka-tuxum<\/li>\n\n\n\n<li>kartoshka-un<\/li>\n\n\n\n<li>tuxum-un<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uchta tovar uchun uch xil nisbat kerak. Agar besh xil tovar bo\u2018lsa, 10 xil, 10 xil tovar bo\u2018lsa \u2013 45 xil qiymat nisbatini hisoblashga to\u2018g\u2018ri keladi. Dunyoda minglab tovarlar mavjudligini inobatga olsak, buni hisoblash amri mahol yoki juda ko\u2018p vaqt va kuch talab etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Hayotimizda birlamchi ehtiyojlardan ortgan daromadimizni kelajakni o\u2018ylagan holda yig\u2018ib qo\u2018yishga odatlanganmiz. Pul bo\u2018lmaganida esa ortib qolgan mahsulotlarimizni jamg\u2018arishimizga to\u2018g\u2018ri kelardi. Qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlari, ayniqsa go\u2018sht va sut mahsulotlarini uzoq vaqt saqlash qiyin. Ularning yaroqlilik muddati bor. Shu bois nafaqat jamg\u2018arish mushkul bo\u2018ladi, balki ba\u2019zi mahsulotlar uchun bu umuman imkonsiz bo\u2018lib qoladi. Bu esa pulning hayotimizdagi ahamiyatini yanada ochiqroq anglashimizga imkon beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Pulning mavjudligi insoniyat uchun ko\u2018plab qulayliklar yaratadi. Birinchidan, pul sababli biz vaqtdan yutamiz. Aks holda, oddiy kunlik uch mahal ovqat tayyorlash uchun qancha joylarga borib, qancha odam bilan ayirboshlash munosabatiga kirishishimiz kerak bo\u2018lardi. Ikkinchidan, pul mavjudligi jamiyatda turli kasblarning shakllanishiga sabab bo\u2018ladi. Ehtimol, pul bo\u2018lmaganida men ingliz tili o\u2018qituvchisi emas, balki chorvador bo\u2018lgan bo\u2018lardim. Insonlarning turli kasblarni tanlashiga asosiy omil sifatida pul sabab bo\u2018ladi. Uchinchidan, pul jamiyatning rivojlanishida asosiy omillardan biridir. Pul sababli odamlar ko\u2018proq mehnat qilishga harakat qiladi, yaxshiroq daromad olish istagi esa raqobatni kuchaytiradi. Turli xizmatlar shakllanadi, kasblar xilma-xillashadi. Demak, pul biz o\u2018ylagandan ko\u2018ra ancha ko\u2018p ishimizni osonlashtirar ekan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Orzigul Uralova,<br>Muxlisa Mengnorova,<br>Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti\u00a0talabalari. <\/strong><br><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hayotimizda pulning qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz va hech kim pulning ahamiyatini rad etmaydi. Shu bois, hozir pulning ta\u02bcrifi yoki uning nima ekanligi haqida emas, balki nima uchun pul bu darajada muhim ahamiyat kasb etishi haqida fikr yuritmoqchiman. Hech tasavvur qilib ko\u2018rganmisiz, agar pul bo\u2018lmaganida moliyaviy munosabatlar <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=456\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27],"tags":[41,40],"class_list":["post-456","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-maqola","tag-jamiyat","tag-pul"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/456","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=456"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/456\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":459,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/456\/revisions\/459"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=456"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=456"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=456"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}