{"id":448,"date":"2025-06-03T07:45:21","date_gmt":"2025-06-03T04:45:21","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=448"},"modified":"2025-06-03T07:45:29","modified_gmt":"2025-06-03T04:45:29","slug":"boshlangich-talimda-didaktik-oyinlarning-ahamiyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=448","title":{"rendered":"Boshlang\u2018ich ta\u2019limda didaktik o\u2018yinlarning ahamiyati"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Boshlang\u2018ich ta\u2019lim inson hayotidagi muhim bosqich bo\u2018lib, bu davrda bolalarning bilim olishga bo\u2018lgan qiziqishi, diqqati va ko\u2018nikmalari shakllanadi. Boshlang\u2018ich sinflarda ta\u2019lim jarayonini samarali va qiziqarli qilishda didaktik o\u2018yinlar muhim rol o\u2018ynaydi. Didaktik o\u2018yin \u2014 ta\u2019lim maqsadlariga mo\u2018ljallangan, bilim va ko\u2018nikmalarni o\u2018yin shaklida o\u2018rgatish vositasidir. U bolalarning fikrlash, diqqat va xotirasini rivojlantirishga yordam beradi. Boshlang\u2018ich ta\u2019limda didaktik o\u2018yinlarning asosiy vazifalari bolalarning diqqat va xotirasini rivojlantirish, ma\u2019naviy va jismoniy faollikni oshirish, mustaqil fikrlash va muammo yechish qobiliyatlarini shakllantirish, yoshga mos bilim va ko\u2018nikmalarni o\u2018yin orqali o\u2018rgatish, guruhda hamkorlik qilishni o\u2018rgatishdan iboratdir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Boshlang\u2018ich sinflarda qo\u2018llaniladigan didaktik o\u2018yinlar turlari juda ko\u2018p. Misol qilib aytadigan bo\u2018lsak, so\u2018z va harf o\u2018yinlari orqali o\u2018quvchilar yangi so\u2018zlar va harflarni o\u2018yin shaklida o\u2018rganishadi. Matematik o\u2018yinlar orqali qo\u2018shish, ayirish va boshqa arifmetik amaliyotlarni o\u2018yinda bajarish, raqamlar bilan ishlashni o\u2018rganishadi. Tabiat ob\u2019yektlarni tanitish va ularni saqlashni esa tabiat va atrof-muhit haqidagi o\u2018yinlar orqali o\u2018zlashtirishadi. Guruhlarda ishlash ko\u2018nikmalarini rivojlantirish uchun esa jamoaviy o\u2018yinlarning ahamiyati kattadir. Didaktik o\u2018yinlar orqali yangi bilimlar va ko\u2018nikmalar yana bir bor takrorlanadi va mustahkamlanadi. Zero, o\u2018yinlar bolalarda murakkab masalalarni hal qilishga, o\u2018z-o\u2018zini boshqarishga o\u2018rgatadi. Shu o\u2018rinda ta\u2019kidlash joizki, didaktik o\u2018yinlar bolalarda o\u2018qishga qiziqish uyg\u2018otadi, ularning bilim va ko\u2018nikmalarini mustahkamlashga yordam beradi. Shuningdek, o\u2018yin orqali bolalarning ijodiy fikrlashlari va muammolarni yechish qobiliyatlari rivojlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Boshlang\u2018ich ta\u2019limda didaktik o\u2018yinlarning ahamiyati katta va ular ta\u2019lim jarayonini samarali hamda qiziqarli qilishda muhim vosita hisoblanadi. Ular orqali bolalar faqat bilim olibgina qolmay, balki ijodiy, mustaqil va jamoaviy ko\u2018nikmalarni ham rivojlantiradilar. Shu bois, har bir o\u2018qituvchi ta\u2019limda didaktik o\u2018yinlarni faol qo\u2018llashi zarur.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bolalarga o\u2018yinni o\u2018rgatishdan muayyan ta\u2019limiy maqsad nazarda tutiladi. O\u2018yinning eng muhim ahamiyati ham ana shundadir, qiyin o\u2018tkazilish shakllari va usullari bilan ta\u2019limning boshqa turlaridan farq qiladi. Didaktik o\u2018yinlar o\u2018yin usullarini cheksiz takrorlash va o\u2018zgartirish, o\u2018yinga turli narsalar kiritish imkonini beradi. Masalan, biz \u00abJimjitlik\u00bb o\u2018yinining 5\u20137 xilini butun sinf bilan hamda ayrim bolalar bilan 10 martadan ko\u2018proq takrorlab o\u2018tkazdik; \u00abNima o\u2018zgardi?\u00bb tipidagi o\u2018yin 5 xil turli ko\u2018rsatmali material bilan o\u2018tkazildi va hokazo. Natijada o\u2018yin malakalarining bir xilda va mustahkam bo\u2018lishiga hamda o\u2018yinning har bir qoidasini tinglay bilish va unga rioya qilinishiga erishish imkonini berdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Didaktik o\u2018yinlar o\u2018zining shakli jihatidan asosan bog\u2018chada o\u2018ynaladigan ijodiy o\u2018yinlardan ham, o\u2018qituvchi o\u2018zi hikoya qilib berish yo\u2018li bilan tushuntiradigan va o\u2018quvchilarni birma-bir so\u2018rab chiqish natijasida mustahkamlanadigan o\u2018yinlardan ham har tamonlama farq qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Didaktik o\u2018yinlar o\u2018qitish vazifasiga xizmat qiladi va qiziqarli, maroqli, tushunarli darajada olib boriladi. Bolalar g\u2018olib chiqish maqsadida jonu dili bilan mashq qiladilar, berilgan har bir topshiriqni albatta bajarishga odatlanib qoladilar, natijada ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga bo\u2018lgan qiziqish orta boradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Didaktik o\u2018yinlar har bir darsning maqsadini, har bir mashqning maqsad va vazifalarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi. Didaktik o\u2018yinlar ta\u2019limning ko\u2018rgazmaliligini, o\u2018qituvchining nutqini va bolalar harakatini o\u2018z ichiga oladi, buning natijasida idrokda (ko\u2018rish, eshitish, teri sezgisi belgilarida) birlik tug\u2018iladi. Bu esa o\u2018qituvchining aytganlarini bolalarning o\u2018ylab olishiga va o\u2018sha aytilganlarni ifodalab berishlariga, ya\u2019ni didaktik o\u2018yinlar qoidalarini o\u2018quvchilarning o\u2018zlari bajarishlariga imkon beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Muslima Abdurahmonova, <br>Sho\u2018rchi tumanidagi 14-umumta\u2019lim maktabining boshlang\u2018ich sinf o\u2018qituvchisi.<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Boshlang\u2018ich ta\u2019lim inson hayotidagi muhim bosqich bo\u2018lib, bu davrda bolalarning bilim olishga bo\u2018lgan qiziqishi, diqqati va ko\u2018nikmalari shakllanadi. Boshlang\u2018ich sinflarda ta\u2019lim jarayonini samarali va qiziqarli qilishda didaktik o\u2018yinlar muhim rol o\u2018ynaydi. Didaktik o\u2018yin \u2014 ta\u2019lim maqsadlariga mo\u2018ljallangan, bilim va ko\u2018nikmalarni o\u2018yin shaklida o\u2018rgatish vositasidir. U bolalarning fikrlash, diqqat va xotirasini <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=448\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27],"tags":[35],"class_list":["post-448","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-maqola","tag-didaktik-oyinlar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/448","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=448"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/448\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":449,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/448\/revisions\/449"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=448"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=448"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=448"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}