{"id":409,"date":"2025-05-29T07:25:04","date_gmt":"2025-05-29T04:25:04","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=409"},"modified":"2025-05-29T07:25:20","modified_gmt":"2025-05-29T04:25:20","slug":"masofaviy-talimning-afzalliklari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=409","title":{"rendered":"MASOFAVIY TA\u2019LIMNING AFZALLIKLARI"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ta\u2019lim barcha xalqlar uchun eng muhim sohalardan biri hisoblanadi. Chunki barcha sohalarning rivojlanishi ta\u2019lim tizimini takomillashtirish bilan chambarchas bog\u2018liq. Ta\u2019lim tizimini isloh qilish orqali xalqning, jamiyatning fikrlash doirasi va savodxonligi ortadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugungi kunda ko\u2018pchilik internetdan faqat yangiliklar bilan tanishish, axborot izlash, elektron pochtadan foydalanish yoki muloqot qilish uchun foydalanmoqda. Internet imkoniyatlari esa kundan-kunga kengayib bormoqda. Masalan: masofadan o\u2018qitish, elektron kutubxonalar, telemeditsina, telemetrologiya, elektron tadbirkorlik, onlayn do\u2018konlar va masofaviy ta\u2019lim kabi sohalarni ko\u2018rsatish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Masofaviy ta\u2019limning boshlanishi 1700-yillarga borib taqaladi. 1728-yilda Kaleb Fillips Boston gazetasiga e\u2019lon berib, talabalarni maktub almashuvi orqali mamlakatning istalgan nuqtasida stenografiyadan o\u2018qitishni taklif qilgan. Bu esa masofaviy ta\u2019limning ilk namunasi edi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">XIX asrning 60-yillariga kelib, masofaviy ta\u2019lim xalqaro miqyosda tan olina boshladi va YUNESCOning yordami bilan faol rivojlandi. 1963-yilda Angliya Bosh vaziri G. Uilson barcha ta\u2019lim muassasalarini masofaviy ta\u2019lim orqali birlashtirishga qaratilgan \u201cefir universiteti\u201d g\u2018oyasini ilgari surdi. Natijada 1969-yilda Angliyada birinchi Ochiq universitet tashkil etildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">A.A. Andreev, E.S. Po\u2018lat, I.M. Ibragimov, V.A. Kuklev, A.L. Safonova, M.I. Solodkova, V.P. Tixomirov singari olimlar masofaviy o\u2018qitishning shakllari va mazmunini ilmiy asosda ishlab chiqqanlar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Masofaviy ta\u2019lim \u2014 o\u2018qitishning zamonaviy va innovatsion shakli bo\u2018lib, u tinglovchi (yoki o\u2018quvchi)ning mustaqil fikrlash, holatni baholash va xulosa chiqarish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bu usul o\u2018quvchini izlanishga, o\u2018z ustida ishlashga va mustaqil bilim olishga o\u2018rgatadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Masofaviy ta\u2019limning asosiy afzalligi shundaki, har bir inson o\u2018ziga qulay vaqtda, joyda va muhitda ta\u2019lim olishi mumkin. Shu sababli bu tizim bugungi kunda jahon miqyosida keng ommalashmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Masofaviy ta\u2019lim \u2014 o\u2018quv jarayonining maqsadi, mazmuni, metodlari, o\u2018qitish vositalari va internet texnologiyalari yordamida tinglovchi bilan o\u2018qituvchi o\u2018rtasida masofadan turib interfaol muloqot olib boriladigan jarayon hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugungi kunda dunyodagi ko\u2018plab oliy ta\u2019lim muassasalari va yirik korxonalar xodimlar malakasini oshirishda aynan shu usuldan foydalanib, katta miqdorda mablag\u2018ni tejamoqdalar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuningdek, masofaviy ta\u2019limning tashkiliy-iqtisodiy afzalliklari ham mavjud. Masalan, bu usulda o\u2018qitish uchun an\u2019anaviy sinf xonalari, doskalar, stollar va boshqa vositalarga ehtiyoj yo\u2018q. Asosiy xarajatlar o\u2018quv-uslubiy materiallar tayyorlash va internet trafik uchun sarflanadi. Tabiiyki, bu xarajatlarning kamayishiga olib keladi. O\u2018quv materiallari qanchalik tushunarli va batafsil bo\u2018lsa, u o\u2018quvchi uchun shunchalik foydali bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Masofaviy ta\u2019limda darslar onlayn tarzda olib boriladi. Bunday darslar uchun kommunikatsiya vositalari, elektron va bosma darsliklar, audio-video materiallar, onlayn darslar, elektron kutubxonalar, testlar, multimedia darsliklari va, albatta, internetga ulangan kompyuter kerak bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu tizimda o\u2018quvchi har kuni ta\u2019lim muassasasiga qatnashi shart emas. Shu bilan birga, masofaviy ta\u2019lim orqali salomatligida muammosi bo\u2018lganlar, olis hududlarda yashovchilar, hattoki jazoni o\u2018tayotgan fuqarolar ham ta\u2019lim olish imkoniyatiga ega bo\u2018ladilar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kattalar uchun esa masofaviy ta\u2019lim mehnat faoliyatidan ajralmagan holda bilim olish va malaka oshirish imkoniyatini yaratadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tadqiqotlar shuni ko\u2018rsatadiki, masofaviy ta\u2019lim an\u2019anaviy ta\u2019limdan hech qolishmaydi, balki ba\u2019zi hollarda undan ustun jihatlarga ham ega. Chunki o\u2018quv materialining katta qismini o\u2018quvchi mustaqil o\u2018rganadi. Bu esa bilimni chuqurroq egallash va mustahkamlashga xizmat qiladi. Yangi texnologiyalar yordamida darslarni o\u2018rganish jarayoni esa o\u2018quvchi uchun qiziqarli va mazmunli bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Masofaviy ta\u2019limda darsliklar yoki qo\u2018llanmalar yetishmovchiligi muammosi bo\u2018lmaydi. O\u2018quvchi kerakli materiallarni elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali oladi. Shuningdek, ma\u2019lumotlar bazalaridan foydalanib, zarur bilimlarni izlab topishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Masofaviy ta\u2019limning yana bir afzalligi \u2014 uning arzonligidir. Ya\u2019ni, o\u2018qishga qatnash uchun yo\u2018l kira, transport yoki xorijiy o\u2018qishlar uchun viza va pasport xarajatlari talab qilinmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Masofaviy ta\u2019limda baholash jarayoni onlayn testlar orqali amalga oshiriladi. Bu esa o\u2018quvchilarda imtihon paytidagi hayajon va bosimni kamaytiradi.<\/p>\n\n\n\n<h4 class=\"wp-block-heading\"><strong>Masofaviy ta\u2019lim \u2014 vaqtni, mablag\u2018ni tejash, mustaqil ishlash va bilim olishda samarali vosita bo\u2018lib xizmat qilmoqda. Bu ta\u2019lim uslubi bugungi zamon talablari bilan hamohangdir.<\/strong><\/h4>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong><strong>Sayyora<\/strong><\/strong> <strong>Roziqova<\/strong>,<br><strong>Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o\u2018zbek tili va adabiyoti kafedrasi o\u2018qituvchisi<\/strong>.<br><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ta\u2019lim barcha xalqlar uchun eng muhim sohalardan biri hisoblanadi. Chunki barcha sohalarning rivojlanishi ta\u2019lim tizimini takomillashtirish bilan chambarchas bog\u2018liq. Ta\u2019lim tizimini isloh qilish orqali xalqning, jamiyatning fikrlash doirasi va savodxonligi ortadi. Bugungi kunda ko\u2018pchilik internetdan faqat yangiliklar bilan tanishish, axborot izlash, elektron pochtadan foydalanish yoki muloqot qilish uchun foydalanmoqda. Internet <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=409\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27],"tags":[],"class_list":["post-409","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-maqola"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/409","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=409"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/409\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":410,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/409\/revisions\/410"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=409"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=409"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=409"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}