{"id":340,"date":"2025-05-26T13:28:04","date_gmt":"2025-05-26T10:28:04","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=340"},"modified":"2025-05-26T13:28:05","modified_gmt":"2025-05-26T10:28:05","slug":"jinoyatga-jazo-muqarrar-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=340","title":{"rendered":"Jinoyatga jazo muqarrar"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ma\u2019naviyati nuqsonli bo\u2018lgan kishi borki, xatti-harakati oqibatini o\u2018ylamay &nbsp;ish qilib, jinoyatchi, degan tamg\u2018ani orttirib oladi. Bugun e\u2019tiboringizga havola etilayotgan jinoyat tafsiloti ishtirokchi ham bir umidvor mushtipar oilaning boshlig\u2018i, uch nafar voyaga yetmagan farzandning otasi. &nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Afsuski, jinoyat yo\u2018lini tanlagan yigit jismonan sog\u2018lom, tog\u2018ni ursa talqon qiladigan yoshda. Biroq, u og\u2018irning ustidan, yengilning ostidan o\u2018tishni afzal ko\u2018rgan shaxs.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sudning hukmiga ko\u2018ra, sudlanuvchi Alimov Ilxom Turabovich (ismi sharifi o\u2018zgartirilgan) 2024 yilning fevral oyida dastlabki tergovda aniqlashning imkoni bo\u2018lmagan vaqtda marhum bobosi Djalilov Axmad Jalilovichdan qolgan \u201cGashish\u201d giyohvandlik vositasini egallab olib, o\u2018zida yashirin ravishda saqlab yurganligi sababli 2024 yil 01 noyabr kuni soat 16:00 larda shubha tug\u2018dirganligi uchun Denov tumani IIB xodimlari tomonidan Denov tumani, \u201cS.Olloyor\u201d mahallasi hududida ushlanib, uning yonlari ko\u2018zdan kechirilganida, shimining old o\u2018ng cho\u2018ntagida selofon paketga o\u2018ralgan holda turgan \u201cGashish\u201d giyohvandlik vositasini iste\u2019mol qilish maqsadida yonida saqlab yurganligi aniqlanib, ushbu \u201cGashish\u201d giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil tariqasida xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Viloyat IIB EKMning 07.11.2024 yildagi 393-sonli xulosasiga ko\u2018ra, fuqaro I.Alimovdan olingan selafon bo\u2018lagi ichida bo\u2018lgan \u2116-1 paketdagi to\u2018q malla rangli, o\u2018ziga xos hidli qo\u2018l bilan ushlab ko\u2018rilganda yopishqoq plastilinsimon moddalar tarkibida faol giyohvand modda \u201ctetragidrokannabinol\u201d mavjud bo\u2018lib, giyoxvand vositalar turiga kiradi va \u201cGashish\u201d giyohvandlik vositasi deb nomlanishi va uning sof og\u2018irligi 1,81 gramm ekanligi ko\u2018rsatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Sudda Alimov Ilxom Turabovich aybiga to\u2018liq iqror va pushaymonlik bildirib suddan qonuniy yengillik berishni so\u2018ragan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo\u2018yicha Denov tuman sudi tomonidan ko\u2018rib chiqilib, ish hujjatlari atroflicha o\u2018rganilib, sudning 2025 yil &nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;3 mart kunidagi hukmiga ko\u2018ra, Alimov Ilxom Turabovichga nisbatan O\u2018zbekiston Respublikasi JK 276-moddasi 2-qismining \u201cb\u201d bandi bilan&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, unga JKning 60-moddasi tartibida, jinoyat ishlari bo\u2018yicha Denov tuman sudining 18.11.2022 yildagi hukmi bilan tayinlanib, o\u2018talmay qolgan 1 yil 8 oy &nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;7 kun jazosini, mazkur hukm bo\u2018yicha tayinlangan jazoga qisman qo\u2018shish yo\u2018li bilan hukmlar majmui tariqasida&nbsp; uzil-kesil 3 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasi 4-qismida, davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo\u2018llaniladigan huquqiy ta\u2019sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo\u2018lishi kerakligi;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; O\u2018zbekiston Respublikasi JKning 8-moddasida, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qo\u2018llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta\u2019sir chorasi odilona bo\u2018lishi, ya\u2019ni jinoyatning og\u2018ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo\u2018lishi kerakligi;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; JKning 42-moddasida jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatini davom ettirishga to\u2018sqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida qo\u2018llanilishi;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; ushbu Kodeksning 54-moddasi 2-qismida, sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsni hamda jazoni yengillashtiruvchi va og\u2018irlashtiruvchi holatlarni hisobga olishi lozimligi qayd qilingan.&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Jinoyat ishi Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo\u2018yicha sudlov hay\u2019ati kassatsiya instansiyasida sudlangan I.Alimovning advokati tomonidan bildirilgan kassatsiya tartibidagi shikoyatiga asosan 2025 yil mart oyining 3 kuni ko\u2018rib chiqilib, birinchi bosqich sudi sudlanuvchi I.Alimovning jinoiy harakatini to\u2018g\u2018ri kvalifikatsiya qilib, unga nisbatan jazo turi va miqdorini belgilashda, yuqoridagi qonun talablari va&nbsp; O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi \u201cSudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to\u2018g\u2018risida\u201dgi 1-sonli qarorining 3-bandidagi, \u201cJinoyat kodeksining 8,54-moddalari mazmuniga ko\u2018ra, jazo adolatli bo\u2018lishi, har bir holatda individual tayinlanishi, jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga, aybdorning shaxsiga, shuningdek jazoni yengillashtiruvchi va og\u2018irlashtiruvchi holatlariga muvofiq bo\u2018lishi kerak\u201dligi haqidagi tushuntirishlariga rioya etgan holda, jazoni yengillashtiruvchi va og\u2018irlashtiruvchi holatlarni, aybiga iqrorligini, jabrlanuvchilarning da\u2019vosi yo\u2018qligini, yoshligini inobatga olib, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlab, qonuniy va adolatli to\u2018xtamga kelganligi sababli, jinoyat ishlari bo\u2018yicha Denov tuman sudining 2025 yil 14 yanvar kunidagi hukmi o\u2018zgarishsiz, shikoyat qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Halqimizda \u201cSayoq yursang tayoq yeysan\u201d degan dono bir hikmat bor.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mana ko\u2018za kunda emas, kunida sinadigan kun keldi. Qonunning qo\u2018li uzun, nigohlari o\u2018tkir. Uning nazaridan, qat\u2019iy talabidan, qolaversa, jazodan qochib qutilib bo\u2018lmaydi. &nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong> J.Xudoyberdiyev, <\/strong><br><strong>Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo\u2018yicha sudlov hay\u2019ati sudyasi. \u00a0\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<\/strong>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ma\u2019naviyati nuqsonli bo\u2018lgan kishi borki, xatti-harakati oqibatini o\u2018ylamay &nbsp;ish qilib, jinoyatchi, degan tamg\u2018ani orttirib oladi. Bugun e\u2019tiboringizga havola etilayotgan jinoyat tafsiloti ishtirokchi ham bir umidvor mushtipar oilaning boshlig\u2018i, uch nafar voyaga yetmagan farzandning otasi. &nbsp; Afsuski, jinoyat yo\u2018lini tanlagan yigit jismonan sog\u2018lom, tog\u2018ni ursa talqon qiladigan yoshda. Biroq, u og\u2018irning <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=340\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":256,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-340","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-huquq"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/340","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=340"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/340\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":341,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/340\/revisions\/341"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/256"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=340"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=340"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=340"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}