{"id":338,"date":"2025-05-26T13:26:23","date_gmt":"2025-05-26T10:26:23","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=338"},"modified":"2025-05-26T13:26:25","modified_gmt":"2025-05-26T10:26:25","slug":"korrupsiyaga-qarshi-kurashish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=338","title":{"rendered":"Korrupsiyaga qarshi kurashish"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Korrupsiyaga qarshi ta\u2019limning dolzarbligi yosh avlodning ushbu illatga nisbatan fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish zarurati bilan bog\u2018liq.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018tgan davr mobaynida O\u2018zbekiston Respublikasi global korrupsiyaga qarshi kurash jarayonining faol ishtirokchisiga aylandi. Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari mustahkamlanib bormoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2020-2021 yillarda davlat va xo\u2018jalik boshqaruvining barcha organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimlarini bosqichma-bosqich tashkil etish chora-tadbirlari ko\u2018rildi. Korrupsiya xavfini o\u2018z vaqtida aniqlash, ularga olib boradigan oqibat, sabab va sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiya xavfi yuzaga kelishi mumkin bo\u2018lgan joylar aniqlanmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Korrupsiyaga qarshi kurash muntazam o\u2018zgarish va yangilanishlarni talab qiladi. Shu bois, oldimizda bu qabih yovuzlikdan xalos bo\u2018lish uchun bir qator muhim vazifalar turibdi. Xususan, yosh avlodning huquqiy savodxonligi va &nbsp;ongini rivojlantirish, halollik, poklik, to\u2018g\u2018rilik (yaxshi va yomonning farqiga borish) ko\u2018nikmalarini singdirish orqali korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish shular jumlasidandir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tabiiyki, mamlakatda har bir islohot, o\u2018zgarishlar tanlov asosida jamiyat uchun foyda prizmasi orqali amalga oshiriladi. Bu korrupsiyaga qarshi kurash jarayonlarida juda muhim. Zero, korrupsiyaga qarshi kurash va uni bartaraf qilish O\u2018zbekiston xalqi va davlat tuzilmalarining umumiy maqsadiga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ekspertlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarga ko\u2018ra, inson umri davomida oladigan barcha ma\u2019lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo\u2018lgan davrda faol qabul qiladi hamda bolaning ongi, asosan, 5-7 yoshda jadal shakllanib, dunyoni teranroq anglaydi. Bu, jamiyatga moslashadigan odamning ma\u2019naviy dunyosi, dunyoqarashi, bilimi va salohiyati maktab yoshidan avvalgi yillarda olgan ta\u2019limi bilan uzviy bog\u2018liqligini ko\u2018rsatadi. Zero, bola hayotining dastlabki yillarida olingan bilim va ta\u2019lim toshga o\u2018yilgan naqshdek muhrlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018z o\u2018rnida ta\u2019kidlash joizki, bolada an\u2019anaviy ijtimoiy qadriyatlarni shakllantirish hamda axloqiy asoslarni singdirish muhim tarbiyaviy jarayon sanaladi. Korrupsiyaga qarshi murosasizlikni bolaga maktabgacha yoshdan boshlab singdirib borish zarur. Buning uchun yosh avlodda korrupsiyaga qarshi dunyoqarashni, unga qarshi kurashish ko\u2018nikmalarini shakllantirish, halol va to\u2018g\u2018ri tarbiyalash, salbiy ijtimoiy hodisaga murosasizlikni targ\u2018ib qilish darkor. Ushbu natijaga erishish uchun turli yoshdagi bolalar bilan ishlash, shuningdek, suhbatlar va (maqol, matal, ibratli hikoyalar) o\u2018yin mashg\u2018ulotlari sonini ko\u2018paytirish kerak. Bu, o\u2018z navbatida, korrupsiya harakatlarining mohiyatini anglash imkoniyatini paydo qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Korrupsiyaga qarshi ta\u2019lim bolalar axloqiy shakllanish jarayonining bir qismi bo\u2018lib, halol shaxsni tarbiyalashning muhim asosidir. Mutaxassislar fikricha, korrupsiyaga qarshi ta\u2019lim uning oldini olish borasidagi xatti-harakatlarga sezilarli ta\u2019sir ko\u2018rsatishi mumkin. Shuningdek, ta\u2019lim sohasi korrupsiyaning oldini olish, ayniqsa, bolalarga korrupsiyaga qarshi o\u2018quv materiallarini taqdim etish orqali ularda mazkur yovuzlikka nisbatan murosasizlikni shakllantirish uchun xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ta\u2019kidlash joizki, maktabgacha ta\u2019lim yoshidagi avlodda g\u2018oya, ko\u2018nikma, noto\u2018g\u2018ri xatti-harakatlardan voz kechish pozitsiyasini shakllantirish, halol mehnatga o\u2018rgatish ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Zero, bunda bolalarda korrupsiyaga qarshi fuqarolik pozitsiyasi, dunyoga nisbatan insoniy munosabat, ona Vatan va oilasiga muhabbatni shakllantirish uchun zarur bo\u2018lgan tuyg\u2018ularni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Hozirgi bosqichda korrupsiyaga qarshi ta\u2019lim, bu \u2013 ong va madaniyatni oshirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi dunyoqarashni shakllantirish maqsadida bolalarni qo\u2018shimcha o\u2018quv dasturlariga tayangan holda o\u2018qitish va tarbiyalashning maqsadli jarayoni.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Korrupsiyaga qarshi ta\u2019lim bolalarda bu illatga qarshi dunyoqarash, axloqiy e\u2019tiqod, his-tuyg\u2018uni shakllantirish va shu bilan birgalikda korrupsiya haqidagi tasavvurlarni yanada kengaytirishga imkon beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bolalarda korrupsiyaga qarshi ta\u2019limning vazifalari quyidagilardan iborat:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 Bolalarga mehribonlik, hamdardlik, hurmat, ehtirom, mas\u2019uliyat hissi nima ekanligini tushuntirish.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 Bolalarda jamiyatga, mehnatga, atrofdagi odamlar va o\u2018ziga nisbatan axloqiy munosabatlar, shuningdek, vijdon, rostgo\u2018ylik, mas\u2019uliyat kabi axloqiy me\u2019yorlarni shakllantirish.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 Olingan ma\u2019lumotlarni tahlil qilish orqali shaxsning bilim orttirish faolligi va ijodkorligini rivojlantirish, bu yerda asosiy vazifalardan biri muammoli holatlarga yechim topishda tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o\u2018rtasida o\u2018zaro hamkorlik muloqotini rivojlantirish.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 Guruh va o\u2018yin shakllari orqali tarbiyalanuvchiga tarbiyaviy ta\u2019sir ko\u2018rsatish usullarini takomillashtirish.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ta\u2019kidlash joizki, korrupsiyaga qarshi ta\u2019limni ta\u2019minlash mexanizmlari \u2013 avvalo, tarbiyachilar bilan tashkiliy-uslubiy hamda o\u2018quv-uslubiy ishlar, xususan, sohada tarbiyachining kasbiy mahoratini shakllantirish, korrupsiya og\u2018ir jinoyat va mamlakat rivojiga jiddiy to\u2018sqinlik qiluvchi, shuningdek, &nbsp;jamiyat uchun ijtimoiy xavf tug\u2018diruvchi hodisa ekanligini tushunishga qaratilgan qator tadbirlarni tashkil etish, turli tanlovlarni ishlab chiqish, tarbiyaviy o\u2018yin dasturlarini yaratish hamda ulardan foydalanishni o\u2018z ichiga oladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bir so\u2018z bilan aytganda, korrupsiyaning jinoyat ekanini va unga nisbatan toqatsiz bo\u2018lish g\u2018oyasini yoshlar o\u2018rtasida keng targ\u2018ib qilish bosh maqsadlardan biri sanaladi. Zero, davlatimiz rahbarining ta\u2019biri bilan aytganda, korrupsiyaning har qanday ko\u2018rinishiga murosasiz bo\u2018lish \u2013 yoshlarning kundalik hayot tarziga aylanishi shart.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>J.Xudoyberdiyev<\/strong>,<br><strong>Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo\u2018yicha sudlov hay\u2019ati sudyasi\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<\/strong>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Korrupsiyaga qarshi ta\u2019limning dolzarbligi yosh avlodning ushbu illatga nisbatan fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish zarurati bilan bog\u2018liq. O\u2018tgan davr mobaynida O\u2018zbekiston Respublikasi global korrupsiyaga qarshi kurash jarayonining faol ishtirokchisiga aylandi. Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari mustahkamlanib bormoqda. 2020-2021 yillarda davlat va xo\u2018jalik boshqaruvining barcha organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimlarini bosqichma-bosqich <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=338\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":243,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-338","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/338","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=338"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/338\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":339,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/338\/revisions\/339"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=338"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=338"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=338"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}