{"id":329,"date":"2025-04-20T04:11:27","date_gmt":"2025-04-20T01:11:27","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=329"},"modified":"2025-04-20T04:11:28","modified_gmt":"2025-04-20T01:11:28","slug":"korrupsiyataraqqiyot-kushandasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=329","title":{"rendered":"KORRUPSIYATARAQQIYOT KUSHANDASI"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Jamiyatda shunday illatlar borki, ular ma\u2019lum bir sohagina emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to\u2018siq bo\u2018ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat \u2014 korrupsiya va poraxo\u2018rlikdir.<br>Aynan shu illat sababli ko\u2018plab davlatlar inqirozga uchragani tarixdan ma\u2019lum. Taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo\u2018yayotgan O\u2018zbekiston uchun esa korrupsiyaning har qanday ko\u2018rinishi islohotlar shiddatiga salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatishi bilan xavflidir.<br>Shu boisdan ham davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev o\u2018z vakolatiga kirishishi bilan Prezident sifatida imzo chekkan ilk hujjat \u2014 \u201cKorrupsiyaga qarshi kurashish to\u2018g\u2018risida\u201dgi O\u2018zbekiston Respublikasi qonuni bo\u2018ldi. Ushbu qonun normalarining samarali ijrosini ta\u2019minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish bo\u2018yicha chora-tadbirlarni o\u2018z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida, Prezidentning 2017 yil 2 fevraldagi qarori bilan \u201c2017\u20132018 yillarga mo\u2018ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo\u2018yicha davlat dasturi\u201d qabul qilindi.<br>Dastur doirasida qator qonun loyihalari ishlab chiqildi, mavjudlari inventarizatsiyadan o\u2018tkazildi. Umuman olganda, so\u2018nggi yillarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilganini ko\u2018rishimiz mumkin.<br>Islohotlar doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta\u2019minlash, jamoat va parlament nazoratini kuchaytirish mexanizmlari takomillashtirildi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.<br>Albatta, amalga oshirilgan ishlar salmoqli. Ammo kechagi natijalarga mahliyo bo\u2018lib qolsak, ertangi maqsadlarimizga erishish mushkul bo\u2018ladi.<br>Shu nuqtai nazardan iqtisodiyotni rivojlantirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investisiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Bu esa korrupsiyaga qarshi kurashish bo\u2018yicha davlat siyosatini yanada samarali tashkil etishni talab qiladi.<br>Prezidentimizning yaqinda imzolagan \u201cO\u2018zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi farmoni aynan shu maqsadni ko\u2018zlagani bilan ahamiyatlidir.<br>Korrupsiya \u2014 shunday illatki, uni bir yoki ikki idoraning sa\u2019y-harakatlari bilan bartaraf etib bo\u2018lmaydi. Qachonki, butun jamiyat, barcha fuqarolar uning ildizlariga qarshi murosasiz kurashga kirishsagina, ijobiy natijaga erishish mumkin.<br>Farmonning mohiyatidan kelib chiqib, korrupsiyaga qarshi faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar emas, balki jamoatchilik nazorati instituti ham faol jalb etilishi belgilanganini ko\u2018rishimiz mumkin:<br>Birinchidan, farmonda jamoatchilik nazoratida muhim o\u2018rin tutadigan O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish belgilangan.<br>Ikkinchidan, joylarda korrupsiyaga qarshi kurash ishlarini kompleks o\u2018rganish va muammolarni bartaraf etish bo\u2018yicha Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Jo\u2018qorg\u2018i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalari tashkil etish tavsiya etilmoqda.<br>Uchinchidan, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, shuningdek, korrupsiya haqida xabar bergan fuqarolarni himoya qilish mexanizmlari joriy etilishi ta\u2019kidlangan.<br>To\u2018rtinchidan, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarini korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni tayyorlash, amalga oshirish va monitoring qilish jarayoniga keng jalb etish belgilangan.<br>Bundan tashqari, davlat xizmatchilari huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish vazifasi ham belgilab berilgan.<br>Bu esa har bir mansabdor shaxsdan xulosa chiqarishni talab etadi. Chunki bugun har bir davlat xizmatchisi va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimining fe\u2019l-atvorida qonunlarga bo\u2018ysinish va hurmat qilish odobi mujassam bo\u2018lishi lozim. <br>Farmonda nazarda tutilganidek, jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borilayotgan bugungi sharoitda mansabdor shaxslar uchun alohida huquqiy talablar belgilanmoqda. Qonunlarga hurmatsizlik qilgan mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari haqida maqolalar, ko\u2018rsatuv va eshittirishlar orqali jamoatchilikka yetkazish, ularning xatolarini ommaga ta\u2019sirli tarzda ko\u2018rsatish muhim vosita hisoblanadi.<br>Xulosa qilib aytganda, mazkur farmon jamiyatda adolat, qonun ustuvorligi va fuqarolarning huquq-erkinliklarini ta\u2019minlashga qaratilgan muhim huquqiy asos bo\u2018lib xizmat qiladi. Adolat ustuvor bo\u2018lgan davlatda esa taraqqiyot, xalq farovonligi va islohotlar samarasi ta\u2019minlanadi.<br><strong>J.BOBOYEV,<\/strong><br><strong>Surxondaryo viloyat ma\u2019muriy sudi<br>bosh konsultanti.<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jamiyatda shunday illatlar borki, ular ma\u2019lum bir sohagina emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to\u2018siq bo\u2018ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat \u2014 korrupsiya va poraxo\u2018rlikdir.Aynan shu illat sababli ko\u2018plab davlatlar inqirozga uchragani tarixdan ma\u2019lum. Taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo\u2018yayotgan O\u2018zbekiston uchun esa korrupsiyaning har qanday ko\u2018rinishi islohotlar shiddatiga salbiy ta\u2019sir <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=329\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":218,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-329","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-huquq"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/329","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=329"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/329\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":330,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/329\/revisions\/330"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/218"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=329"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=329"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=329"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}