{"id":309,"date":"2025-03-27T13:46:30","date_gmt":"2025-03-27T10:46:30","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=309"},"modified":"2025-03-27T13:49:14","modified_gmt":"2025-03-27T10:49:14","slug":"odam-savdosi-jinoyati-tushunchasi-uning-salbiy-oqibatlari-mazkur-jinoyatning-oldini-olish-choralari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=309","title":{"rendered":"ODAM SAVDOSI JINOYATI TUSHUNCHASI, UNING SALBIY OQIBATLARI MAZKUR JINOYATNING OLDINI OLISH CHORALARI"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Odam savdosi insoniyatga qarshi asosiy tahdidlardan biridir. Odamdan ekspluatatsiya maqsadlarida foydalanish bilan bog\u2018liq jinoyatlar oshib borishi tendensiyasi bunday ijtimoiy xavfli qilmishlar oxir-oqibatda jamiyatning demokratik negizlariga tajovuz qilishi bilan milliy xavfsizlikka ham tahdid soladi.<br>O\u2018zbekiston odam savdosiga qarshi kurashishga oid qator xalqaro hujjatlarni, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining \u00abTransmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to\u2018g\u2018risida\u00bbgi Konvensiyasini, Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu Konvensiyasini to\u2018ldiruvchi \u00abOdam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosini oldini olish hamda unga chek qo\u2018yish va uning uchun jazolash haqida\u00bbgi Protokolni ratifikatsiya qildi, \u00abOdam savdosiga qarshi kurashish to\u2018g\u2018risida\u00bb Qonun qabul qilindi va xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilishga doir tegishli o\u2018zgartirishlar kiritdi.<br>O\u2018zbekiston Respublikasida eng oliy qadriyat inson, uning hayoti, erkinligi, sha\u2019ni, qadr-qimmati va boshqa tabiiy huquqlari bo\u2018lib, ularni ta\u2019minlash Konstitutsiya bilan kafolatlanadi.<br>Qonunda odam savdosi uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi shaxs erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlaridan biri hisoblanadi.<br>Jinoyat kodeksining 135-moddasi birinchi qismi dispozisiyasi mazmuniga ko\u2018ra, odam savdosi deganda, odamni olish-sotish yoki odamni ekspluatatsiya qilish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish tushuniladi.<br>Oldi-sotdi tariqasidagi odam savdosi odamning bir shaxs tomonidan boshqasiga pul, boshqa moddiy qimmatliklar (mulk), mulkiy xarakterdagi xizmatlar, mulkiy yoki pul shaklidagi qarzdan voz kechish va h.k.lar sifatidagi haq evaziga berilishi to\u2018g\u2018risida yozma yoki og\u2018zaki bitim tuzilishini nazarda tutadi. Bunday ko\u2018rinishdagi odam savdosida odam qanday maqsadlarda sotib olinganligi (sotilganligi) huquqiy ahamiyat kasb etmaydi.<br>Shaxs odamni uning evaziga haq olinganidan so\u2018ng topshirish sharti bilan sotishga va\u2019da berib, biroq azaldan uning qasdi moddiy qimmatliklarni egallashga qaratilgan va unda bitim shartlarini bajarish niyati bo\u2018lmagan hollarda uning harakatlari firibgarlik tarkibini tashkil etadi, oluvchining harakatlari esa sotib olish tariqasidagi odam savdosiga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.<br>Olish-sotish tariqasidagi odam savdosidan farqli ravishda, Jinoyat kodeksining 135-moddasida nazarda tutilgan boshqa barcha hollar (yollash, tashish, topshirish, yashirish, qabul qilish)da jinoiy javobgarlik yuzaga kelishining zarur sharti odamni ekspluatatsiya qilishga qaratilgan maqsad mavjudligi hisoblanadi.<br>Odam mehnati va xizmatlaridan mehnat, fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq (masalan, qurilish yoki maishiy pudrat, haq evaziga xizmat ko\u2018rsatish, yo\u2018lovchi va yuk tashish, transport ekspedisiyasi va h.k. shartnomalar bo\u2018yicha) foydalanilgan barcha hollarda odam ekspluatatsiyasi mavjud bo\u2018lmaydi. Bunday huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmaslik bilan bog\u2018liq nizolar fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida hal etilishi kerak.<br>Odamni ekspluatatsiya qilish boshqa shaxslar fohishabozligidan foydalanish yoki boshqa ko\u2018rinishdagi shahvoniy ekspluatatsiyani, majburiy mehnat yoki xizmatlar, qullik yoki qullikka o\u2018xshash odatlar, erksizlik holati yoki odam a\u2019zolari yoki to\u2018qimalari olinishini anglatadi.<br>Fohishabozlikda foydalanish deganda, odamdan uning haq evaziga nomuayyan doiradagi jinsiy sheriklar bilan shahvoniy munosabatlarga kirishishidan muttasil foydalanish tushuniladi. Boshqa ko\u2018rinishdagi shahvoniy ekspluatatsiya deganda, odamning undan pornografik tasvirlar tayyorlash, buzuq harakatlar sodir etish va h.k. maqsadlarda foydalanish uchun berilishi tushuniladi.<br>Majburiy mehnat biron-bir jazoni qo\u2018llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlashni anglatadi. Harbiy yoki muqobil xizmat to\u2018g\u2018risidagi qonunlar asosida, favqulodda holat yuz bergan sharoitlarda, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim bo\u2018lgan ishlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi.<br>Qullik \u2014 o\u2018ziga nisbatan mulk huquqiga xos ayrim yoki barcha huquqlar amalga oshirilayotgan shaxs ahvoli yoki holatini anglatadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Erksizlik holati \u2014 shaxsning muayyan omillar majmui ta\u2019siri ostida o\u2018z erkiga xilof ravishda har qanday ish yoki xizmatni bajarishga majbur bo\u2018lganligini anglatadi.<br>Odam savdosiga oid ishlarni tergov qilish yoki ko\u2018rishda tergov organlari va sudlar quyidagi tushunchalarni aniq farqlashlari lozim:<br>yollash deganda, ekspluatatsiya qilish maqsadida odamni biror-bir faoliyat bilan shug\u2018ullanishga jalb etishga qaratilgan faoliyat (ekspluatatsiya ob\u2019yektini qidirish, to\u2018plash, u bilan muzokara yuritish va h.k) tushuniladi;<br>tashish \u2014 shaxsni olish-sotish bitimi tuziladigan (ijro etiladigan), boshqa shaxsga topshiriladigan joyga yoki undan ekspluatatsiya maqsadida foydalaniladigan joyga yetkazib berish (transportda tashish)ni anglatadi. Bunda yetkazib beriladigan shaxs odam savdosini amalga oshirish uchun mo\u2018ljallanganligi tashuvchiga oldindan ma\u2019lum bo\u2018lishi lozim. Tashish bitta aholi punkti doirasida ham, O\u2018zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqish bilan bog\u2018liq tarzda ham amalga oshirilishi mumkin;<br>topshirish \u2014 odamni boshqa shaxsga ekspluatatsiya qilish maqsadida jismoniy tarzda berishda ifodalanadi;<br>yashirish \u2014 jabrlanuvchini hokimiyat vakillaridan, qarindoshlaridan yoki uning taqdiridan manfaatdor boshqa shaxslardan har qanday joyda xufiya saqlashda ifodalanadi;<br>qabul qilish \u2014 odamni o\u2018z maqsadlarida ekspluatatsiya qilish uchun egalikka olish (masalan, hadya tariqasida, vaqtincha tekin foydalanish uchun yoki qarz evaziga va h.k.) ni anglatadi, odamni sotib olish hollari bundan mustasno.<br>Jinoyat kodeksining 135-moddasi birinchi qismi dispozisiyasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi formal bo\u2018lib, jinoyat odamni olish-sotish bitimi tuzilgan paytdan yoki qonunning mazkur moddasida ko\u2018rsatilgan boshqa qilmish sodir etilgan paytdan tugallangan hisoblanadi.<br>Shuni inobatga olish lozimki, ayrim hollarda jinoyatning tugallanish payti ekspluatatsiya tugagan (masalan, jabrlanuvchi qochib ketgan, jinoyatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan barham berilgan, jabrlanuvchi aybdorning o\u2018zi yoki boshqa shaxslar tomonidan ozod qilingan va h.k.) vaqt bilan bog\u2018liq bo\u2018ladi.<br><strong>J.Xudoyberdiyev,<br>Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo\u2018yicha sudlov hay\u2019ati sudyasi.<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Odam savdosi insoniyatga qarshi asosiy tahdidlardan biridir. Odamdan ekspluatatsiya maqsadlarida foydalanish bilan bog\u2018liq jinoyatlar oshib borishi tendensiyasi bunday ijtimoiy xavfli qilmishlar oxir-oqibatda jamiyatning demokratik negizlariga tajovuz qilishi bilan milliy xavfsizlikka ham tahdid soladi.O\u2018zbekiston odam savdosiga qarshi kurashishga oid qator xalqaro hujjatlarni, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining \u00abTransmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=309\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":310,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-309","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-huquq"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/309","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=309"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/309\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":311,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/309\/revisions\/311"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/310"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=309"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=309"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=309"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}