{"id":303,"date":"2025-03-27T13:40:31","date_gmt":"2025-03-27T10:40:31","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=303"},"modified":"2025-03-27T13:49:23","modified_gmt":"2025-03-27T10:49:23","slug":"bezorilik-jinoyati-tushunchasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=303","title":{"rendered":"Bezorilik jinoyati tushunchasi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bezorilik jamoat tartibiga qarshi qaratilgan jinoyat bo\u2018lib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslikda ifodalangan harakatlar shaxsni urish-do\u2018pposlash, unga yengil tan jarohati yetkazish yoki o\u2018zganing mulkiga ancha miqdorda shikast yetkazish yoxud uni ancha miqdorda nobud qilish bilan bog\u2018liq holda sodir etiladi.<br>Jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimaslik deganda, qonunlarga, axloq-odob normalariga, jamiyatda mavjud bo\u2018lgan urf-odat va an\u2019analarga hurmatsizlik tushuniladi.<br>Qonun mazmuniga ko\u2018ra, aybdor o\u2018zining harakatlari bilan jamoat tartibini buzayotganligini anglashi lozim. Bunda mazkur xatti-harakatlar bilan jamoat tartibini buzish o\u2018rtasida sababiy bog\u2018lanish bo\u2018lishi shart. Sababiy bog\u2018lanish aniqlanmagan holda qilmish shaxsga yoki mulkka qarshi qaratilgan jinoyat deb baholanishi lozim.<br>Bezorilik jinoyati bilan ma\u2019muriy huquqbuzarlik hisoblanmish mayda bezorilikni bir-biridan farqlash zarur. Mayda bezorilik tushunchasi O\u2018zbekiston Respublikasi Ma\u2019muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi kodeksining 183-moddasida berilgan bo\u2018lib, uning mazmuniga ko\u2018ra, ushbu huquqbuzarlik jamoat joylarida uyatli so\u2018zlar aytish yoki shunday so\u2018zlar bilan so\u2018kinish, behayo qiliqlar ko\u2018rsatish yoxud odamlarga nisbatan haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini buzish kabi jamiyatda yurish-turish qoidalarini ochiqdan-ochiq mensimaslik harakatlarida ifodalanadi.<br>Agarda mayda bezorilik harakatlari davom etib, aybdorning keyingi harakatlari shaxsni urish-do\u2018pposlash, unga yengil tan jarohati yetkazish yoki mulkka ancha miqdorda shikast yetkazish yoxud nobud qilish bilan sodir etilgan bo\u2018lsa, shaxs ma\u2019muriy javobgarlikka tortilmasdan, faqat jinoiy javobgarlikka tortiladi.<br>Urish-do\u2018pposlash deganda, aybdor tomonidan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzib, shaxsning badaniga shikast yetkazmagan holda bir necha zarba berish tushuniladi.<br>Sovuq qurol yoki shaxsning sog\u2018lig\u2018iga amalda shikast yetkazishi mumkin bo\u2018lgan boshqa narsalarni qo\u2018llash deganda, aybdorning ular vositasida bezorilik harakatlari davomida jabrlanuvchiga nisbatan tan jarohati yetkazgan yoki yetkazishga harakat qilgan hollar tushunilishi lozim.<br>Shaxsning sog\u2018lig\u2018iga amalda shikast yetkazishi mumkin bo\u2018lgan boshqa narsalar turkumiga aybdor tomonidan o\u2018sha maqsadlarda bezorilik harakatlari davomida foydalanilgan har qanday narsalar kiradi.<br>Bezorilik harakatlari o\u2018taketgan behayolik bilan sodir etilgan deb topish masalasini hal etish chog\u2018ida sud ishning muayyan holatlari majmuidan kelib chiqishi hamda sodir etilgan jinoyatning xususiyati, vaqti, joyi va shart-sharoitlarini inobatga olishi lozim.<br>Xo\u2018rlash deganda, shaxsga jismoniy jihatdan azob berish yoki uni qiynash tushuniladi. Qonun mazmuniga ko\u2018ra, yosh bola deganda 14 yoshga to\u2018lmagan shaxs, qariya deganda 55 yoshdan oshgan ayol va 60 yoshdan oshgan erkak, nogiron deganda esa, belgilangan tartibda I, II, III guruh nogironi yoki bolalikdan nogiron sifatida tan olingan shaxs tushuniladi.<br>Ojizlik, jabrlanuvchining jismoniy yoki ruhiy nosog\u2018lomligi tufayli jinoyatchiga qarshilik ko\u2018rsata olmasligida, o\u2018z huquqlari, manfaatlari va qadr-qimmatini himoya eta olmasligida, shuningdek kutilayotgan xavfdan saqlana olmasligida namoyon bo\u2018ladi.<br>Jinoiy harakatni ushbu band bilan kvalifikatsiya qilish uchun aybdor shaxs jabrlanuvchining yosh bolaligi, qariyaligi, nogironligi yoki ojiz ahvolda ekanligini anglab yetgan bo\u2018lishi talab etiladi. Agar bezorilik harakatlarini to\u2018xtatish chorasini ko\u2018rayotgan shaxsga qarshilik ko\u2018rsatish paytida ishlatilgan zo\u2018rlik natijasida aybdor tomonidan yana boshqa og\u2018ir jinoyat sodir etilgan bo\u2018lsa, bu hol bezorilik jinoyati tarkibi bilan qamrab olinmaydi.Mazkur turdagi jinoyatni sodir etgan shaxslar O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortiladilar.<br><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Jasur Xudoyberdiyev,<br>Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo\u2018yicha sudlov hay\u044cati sudyasi<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bezorilik jamoat tartibiga qarshi qaratilgan jinoyat bo\u2018lib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslikda ifodalangan harakatlar shaxsni urish-do\u2018pposlash, unga yengil tan jarohati yetkazish yoki o\u2018zganing mulkiga ancha miqdorda shikast yetkazish yoxud uni ancha miqdorda nobud qilish bilan bog\u2018liq holda sodir etiladi.Jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimaslik deganda, qonunlarga, axloq-odob normalariga, jamiyatda mavjud bo\u2018lgan urf-odat <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=303\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":304,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-303","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-huquq"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/303","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=303"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/303\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":305,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/303\/revisions\/305"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/304"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=303"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=303"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=303"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}