{"id":299,"date":"2025-03-18T04:58:42","date_gmt":"2025-03-18T01:58:42","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=299"},"modified":"2025-03-27T13:57:45","modified_gmt":"2025-03-27T10:57:45","slug":"kommunal-va-qishloq-xojaligi-sohalaridagi-vazifalar-belgilab-olindi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=299","title":{"rendered":"Kommunal va qishloq xo\u2018jaligi sohalaridagi vazifalar belgilab olindi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-mart kuni ichimlik suvi va issiqlik ta\u2019minoti, mahallalar obodligi va qishloq xo\u2018jaligi bilan bog\u2018liq masalalar bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Aholining hayot sifatida muhim bo\u2018lgan bunday ishlar qamrovi kengayib bormoqda. Bu yil 1 ming 619 kilometr ichimlik suvi, 521 kilometr oqova suv tarmoqlarini tortish, tizimdagi 162 ta inshootni qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Bularning natijasida 715 ming aholiga ilk bor toza ichimlik suvi yetib boradi, 135 ming xonadon oqova tarmog\u2018iga ulanadi, 157 ming iste\u2019molchiga zamonaviy hisoblagich o\u2018rnatiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yaqinda davlatimiz rahbarining Fransiyaga tashrifi doirasida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ichimlik suvi bo\u2018yicha 340 million yevrolik 3 ta loyiha kelishildi. Jumladan, Fransiyaning \u201cSuez\u201d kompaniyasi Denov, Sho\u2018rchi, Sariosiyo va Qumqo\u2018rg\u2018ondagi ichimlik suvi ta\u2019minotini xususiy boshqaruvga olayapti. Natijada viloyatda markazlashgan ichimlik suvi qamrovi 90 foizga yetishi kutilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Oqova tarmog\u2018i mavjudligi qurilish, sanoat va xizmatlar rivoji uchun muhim omil. Uni kengaytirish uchun budjetdan har yili trillionlab mablag\u2018 sarflanmoqda. Lekin faqat shunga qarab qolmasdan, sohaga xususiy sektorni kengroq jalb qilish zarurligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Masalan, mahalliy tadbirkor Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida Olmaliq, Bekobod, Angren va Chirchiq shahrida oqova suv tozalash inshootlarini qurayapti. Yana bir tadbirkor Andijondagi ikkita tumanda suv va oqova xizmatlarini xususiy boshqaruvga olish tashabbusi bilan chiqqan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu kabi xususiy sheriklik loyihalarini ko\u2018paytirish, yirik korxonalarimizning xalqaro tenderlarda qatnashish imkonini kengaytirish muhimligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish jarayonini soddalashtirish bo\u2018yicha qaror qabul qilindi. Endi tenderlarni tezlashtirib, yil yakunigacha 850 million dollarlik ishlarni bajarish topshirig\u2018i berildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yana bir muhim vazifa \u2013 sohani raqamlashtirish. Buning uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 125 million dollar jalb qilinishi belgilangan. Besh yilda yirik suv inshooti va magistral quvurlarga 4 ming 800 ta \u201caqlli\u201d hisoblagich, 2 ming 800 ta telemetriya tizimi o\u2018rnatish ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu elektrotexnika sanoati uchun katta bozor ekani qayd etilib, hisoblagich ishlab chiqarishni ko\u2018paytirish, ularga xizmat ko\u2018rsatishni bosqichma-bosqich xususiy sektorga o\u2018tkazish bo\u2018yicha ko\u2018rsatma berildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Issiqlik ta\u2019minoti tabiiy gaz eng ko\u2018p sarflanadigan sohalardan biri. Shu bois 11 mart kuni bu sohani tubdan isloh qilish va energiya samaradorligini oshirish bo\u2018yicha Prezident qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, \u201cIssiqlik ta\u2019minoti\u201d kompaniyasi tashkil etilib, hududlardagi 23 ta korxona uning tarkibiga o\u2018tkazildi. Keyingi besh yilda issiqlik tizimlarini tiklash uchun 19 trillion so\u2018m yo\u2018naltiriladi. Markazlashgan issiqlik ta\u2019minoti qamrovi 37 foizdan 58 foizga yetadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qurilish va uy-joy kommunal xo\u2018jaligi vazirligiga ko\u2018p qavatli uylar hamda ijtimoiy muassasalarda energiya samaradorligini oshirish bo\u2018yicha topshiriq berildi. Qayd etilganidek, 9 mingta uy-joy va binolar yopiq isitish tizimiga o\u2018tkaziladi. Natijada issiqlik yo\u2018qotilishi 2 barobar, gaz iste\u2019moli 20 foizga kamayadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yig\u2018ilishda bahorgi ekish tadbirlariga ham to\u2018xtalib o\u2018tildi. Hokimliklar zaxirasida turgan yerlarni ajratishning soddalashtirish choralari belgilandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Endi qishloq yerlarini auksionda bo\u2018lib-bo\u2018lib to\u2018lash sharti bilan sotish bekor qilinadi. Auksionda sotilmagan yerning qiymati keyingi savdolarda kuniga 10 foizdan pasaytiriladi. Takroriy auksionda bitta ishtirokchi qatnashsa ham, g\u2018olib hisoblanadi. Yerning 10-20 foizi chorva uchun ozuqa ekishga chiqariladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Hozirda 93 mingdan ziyod fermerlar faoliyati tadbirkorlik reytingi orqali baholanayapti. Endi bu reyting hosildorlik, ishchi soni, mahsulot hajmi kabi mezonlar bo\u2018yicha alohida bo\u2018lishi ma\u2019lum qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yuqori reytingdagi fermerlarga kreditni qaytmaslik xavfini sug\u2018urtalash talabi bekor bo\u2018ladi. Yer solig\u2018i 3 barobar, fermerlar kengashiga to\u2018lanadigan badal 2 karra kamaytiriladi. Paxta va g\u2018allada me\u2019yordan ko\u2018p hosil olganlarga 25 foizgacha yerida chorva ozuqasi, sabzavot, dukkakli va boshqa ekinlarni almashlab ekishga ruxsat beriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Prezident farmoyishi bilan e\u2019lon qilingan dolzarb bir oylik doirasida mahallalarda olib borilayotgan dehqonchilik va obodonlashtirish ishlari haqida axborot berildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bahorda 125 million tup ko\u2018chat ekilishi mo\u2018ljallangan. Bunda ekin joylarini to\u2018g\u2018ri tanlash, sug\u2018orishni yaxshilash muhim ekani ta\u2019kidlandi. Jumladan, suv ta\u2019minoti og\u2018ir mahallalarda geomembrana qoplamali hovuzlar barpo etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018tgan yili tajriba tarzida 208 ta mahallada \u201cmahalla-servis\u201d kompaniyalari tashkil qilinib, aholiga 23 turdagi xizmatlar ko\u2018rsatish yo\u2018lga qo\u2018yilgan edi. Endi bu tizim kengaytirilib, yana mingta shunday kompaniya tuziladi. Xizmatlar turi ham kamida 30 taga yetkaziladi. Xitoy tajribasi asosida 5 ming kishi mahallaga xizmat ko\u2018rsatish bo\u2018yicha o\u2018qitiladi va 15 ming aholining bandligi ta\u2019minlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu yildan 208 ta tuman va shahar obodonlashtirish bo\u2018limlari tarkibida ichki yo\u2018llarni saqlash uchastkalari tashkil qilindi. Ularga qo\u2018shimcha 5 turdagi maxsus texnika sotib olish uchun 700 milliard so\u2018m ajratildi. Mutasaddilarga ichki yo\u2018llarni ta\u2019mirlash, mahallalarda energiya ta\u2019minotini yaxshilash bo\u2018yicha topshiriqlar berildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yig\u2018ilishda Bosh vazir o\u2018rinbosarlari, vazirlar va hokimlarning axboroti eshitildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/7947\">https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/7947<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-mart kuni ichimlik suvi va issiqlik ta\u2019minoti, mahallalar obodligi va qishloq xo\u2018jaligi bilan bog\u2018liq masalalar bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazdi. Aholining hayot sifatida muhim bo\u2018lgan bunday ishlar qamrovi kengayib bormoqda. Bu yil 1 ming 619 kilometr ichimlik suvi, 521 kilometr oqova suv tarmoqlarini tortish, tizimdagi 162 ta inshootni <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=299\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":300,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-299","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-president-uz"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/299","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=299"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/299\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":301,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/299\/revisions\/301"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/300"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=299"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=299"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=299"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}