{"id":296,"date":"2025-03-18T04:56:58","date_gmt":"2025-03-18T01:56:58","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=296"},"modified":"2025-03-18T04:57:09","modified_gmt":"2025-03-18T01:57:09","slug":"imom-moturidiy-tavalludining-1155-yilligini-keng-nishonlash-togrisida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=296","title":{"rendered":"Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini keng nishonlash to\u2018g\u2018risida"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Buyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo\u2018shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur &nbsp;Moturidiyning (keyingi o\u2018rinlarda \u2013 Imom Moturidiy) ibratli hayot yo\u2018li va boy ilmiy-ma\u2019naviy merosini har tomonlama chuqur o\u2018rganishni rag\u2018batlantirish, moturidiylik ta\u2019limotiga xos bag\u2018rikenglik va&nbsp;mo\u2018tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o\u2018rtasida keng targ\u2018ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida&nbsp;<strong>qaror qilaman:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>1.&nbsp;<\/strong>Din ishlari bo\u2018yicha qo\u2018mita, O\u2018zbekiston musulmonlari idorasi, Samarqand viloyati hokimligi, O\u2018zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yilda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini keng nishonlash to\u2018g\u2018risidagi taklifi ma\u2019qullansin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>2.&nbsp;<\/strong>Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligiga bag\u2018ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko\u2018rish va ularni o\u2018tkazish bo\u2018yicha&nbsp;<strong>tashkiliy qo\u2018mita<\/strong>&nbsp;(keyingi o\u2018rinlarda \u2013 Tashkiliy qo\u2018mita) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>3.&nbsp;<\/strong>Tashkiliy qo\u2018mita (A.Aripov) ikki hafta muddatda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini allomaning islom olamidagi obro\u2018-e\u2019tibori va nufuziga munosib tarzda yuqori saviyada nishonlash bo\u2018yicha quyidagilarni nazarda tutadigan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">(a)&nbsp;2025-yil aprel oyida Samarqand shahrida&nbsp;<strong>\u201cMoturidiylik \u2013 bag\u2018rikenglik, mo\u2018tadillik va ma\u2019rifat ta\u2019limoti\u201d&nbsp;<\/strong>mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o\u2018tkazish;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">(b)&nbsp;xorijlik tadqiqotchilar o\u2018rtasida moturidiylik ta\u2019limoti bo\u2018yicha<strong>&nbsp;ilmiy tanlov<\/strong>&nbsp;o\u2018tkazish, g\u2018oliblar ishtirokida O\u2018zbekistonda&nbsp;<strong>madaniy-ma\u2019rifiy uchrashuv<\/strong>&nbsp;va seminar-treninglar tashkil etish;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">(v)&nbsp;Imom Moturidiyning&nbsp;<strong>\u201cTa\u2019vilot al-Qur\u2019on\u201d<\/strong>&nbsp;va&nbsp;<strong>\u201cKitob at-tavhid\u201d<\/strong>&nbsp;asarlari va moturidiylik ta\u2019limotiga oid manbalarning o\u2018zbek va&nbsp;xorijiy tillardagi ilmiy-izohli akademik tarjimalarini nashr etish;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">(g)&nbsp;Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligiga bag\u2018ishlangan esdalik suvenirlarini muomalaga chiqarish hamda pochta markalari, taqvimlar, buyuk mutafakkirning hayoti va ilmiy merosini yoritib beradigan boshqa ko\u2018rgazmali axborot vositalari turkumini yaratish;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">(d)&nbsp;Imom Moturidiyning serqirra hayot yo\u2018li va ilmiy merosining bugungi kundagi ahamiyatini ochib beradigan&nbsp;<strong>badiiy-publitsistik film<\/strong>&nbsp;yaratish;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">(e)&nbsp;Samarqand viloyatida Imom Moturidiy va moturidiylik ta\u2019limoti yo\u2018nalishida faoliyat olib borgan allomalarning hayoti, ilmiy va&nbsp;ijodiy merosiga bag\u2018ishlangan asarlarning&nbsp;<strong>nodir qo\u2018lyozma va&nbsp;nashr nusxalari hamda kitoblari ko\u2018rgazmasi<\/strong>ni tashkil etish;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">(j)&nbsp;Samarqand shahridagi Abu Mansur Moturidiy majmuasini qayta ta\u2019mirlash va obodonlashtirish.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>4.&nbsp;<\/strong>Oliy ta\u2019lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">(a)&nbsp;Din ishlari bo\u2018yicha qo\u2018mita bilan birgalikda 2025-yil may va oktyabr oylarida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Oliy ta\u2019lim muassasalarini rivojlantirish jamg\u2018armasi mablag\u2018lari hisobidan \u201cMoturidiylik ta\u2019limoti va hozirgi zamon\u201d mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini hamda&nbsp;<strong>ilmiy maqolalar tanlovi<\/strong>ni o\u2018tkazsin;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">(b)&nbsp;moturidiylik ta\u2019limotiga mansub allomalarning ilmiy merosi va noyob qo\u2018lyozma asarlarni o\u2018rganish bo\u2018yicha Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo\u2018llab-quvvatlash jamg\u2018armasi mablag\u2018lari hisobidan amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini belgilangan tartibda shakllantirib borsin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>5.&nbsp;<\/strong>O\u2018zbekiston musulmonlari idorasiga imom-xatiblar hamda diniy ta\u2019lim muassasalari talabalari o\u2018rtasida<strong>&nbsp;\u201cMoturidiylik ta\u2019limoti bilimdoni\u201d&nbsp;<\/strong>tanlovini o\u2018tkazish va g\u2018oliblarni munosib taqdirlash tavsiya etilsin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>6.&nbsp;<\/strong>Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Din ishlari bo\u2018yicha qo\u2018mita, Respublika Ma\u2019naviyat va ma\u2019rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, O\u2018zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda 2025-yil davomida joylarda Imom&nbsp;Moturidiyning ilmiy merosiga bag\u2018ishlangan davra suhbatlarini tashkil etsin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>7.&nbsp;<\/strong>Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Madaniy meros agentligi bilan birgalikda:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">(a)&nbsp;xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan Imom Moturidiy va&nbsp;&nbsp;moturidiylik ta\u2019limotiga mansub allomalarning hayoti va ilmiy merosiga oid noyob qo\u2018lyozma asarlar va boshqa madaniy boyliklarni aniqlash, ularning nusxalarini O\u2018zbekistonga olib kelish va tadqiq qilishni tizimli ravishda tashkil etsin;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">(b)&nbsp;Imom Moturidiyning hayoti va ilmiy faoliyatiga bag\u2018ishlangan yuqori sifatli mediamahsulotlar hamda audiovizual asarlar yaratish, ularni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida e\u2019lon qilish, internet tarmog\u2018i va&nbsp;ijtimoiy tarmoqlarda keng targ\u2018ib qilish choralarini ko\u2018rsin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>8.&nbsp;<\/strong>O\u2018zbekiston Milliy axborot agentligi, O\u2018zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, \u201cDunyo\u201d axborot agentligi va O\u2018zbekiston milliy media assotsiatsiyasiga Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini nishonlash bilan bog\u2018liq tadbirlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>9.&nbsp;<\/strong>Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.&nbsp;Aripov hamda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.Q.&nbsp;Davletov zimmasiga yuklansin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><br><strong>Sh.\u00a0Mirziyoyev<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/7946\">https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/7946<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Buyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo\u2018shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur &nbsp;Moturidiyning (keyingi o\u2018rinlarda \u2013 Imom Moturidiy) ibratli hayot yo\u2018li va boy ilmiy-ma\u2019naviy merosini har tomonlama chuqur o\u2018rganishni rag\u2018batlantirish, moturidiylik ta\u2019limotiga xos bag\u2018rikenglik va&nbsp;mo\u2018tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o\u2018rtasida keng <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=296\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":297,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-296","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-president-uz"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/296","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=296"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/296\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":298,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/296\/revisions\/298"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/297"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=296"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=296"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=296"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}