{"id":229,"date":"2024-12-13T12:37:52","date_gmt":"2024-12-13T09:37:52","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=229"},"modified":"2024-12-13T12:40:43","modified_gmt":"2024-12-13T09:40:43","slug":"konstitutsiyaning-mazmun-mohiyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=229","title":{"rendered":"KONSTITUTSIYANING MAZMUN-MOHIYATI"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yangilangan Konstitutsiya mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g\u02bboyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo\u02bblidagi ulkan qadamdir.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Konstitutsiyada O\u02bbzbekiston \u2013 suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qat\u02bciy belgilab qo\u02bbyildi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanishi qat\u02bciy talab sifatida belgildi. Bu hol davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning faqat va faqat fuqarolarning manfaatlarini ko\u02bbzlab faoliyat ko\u02bbrsatishiga asos bo\u02bbladi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Binobarin, qonunlardagi noaniqliklar inson foydasiga hal bo\u02bblishi shart va zarur. Bunga ko\u02bbra, inson va davlat o\u02bbrtasida munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikdaginoaniqliklar, turli tushunmovchiliklar bartaraf etiladi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Konstitutsiyada kambag\u02bballikni qisqartirish, bandlikni ta\u02bcminlash, ishsizlikdan himoya qilish bo\u02bbyicha normalar belgilandi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xususan, Konstitutsiyada har kimning uy-joyli bo\u02bblish huquqi belgilandi. Ushbu normaning amal qilishi har bir fuqaro, jumladan, yosh oilalarning o\u02bbz boshpanasiga ega bo\u02bblishini ta\u02bcminlab, kishilarning hayotdan rozilik darajasini oshiradi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bundan tashqari, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko\u02bbrgan zararlarning o\u02bbrni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda (bozor qiymatida) qoplanishi ta\u02bcminlanishi kafolatlandi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Aholi hayoti va salomatlik darajasini yaxshilashning zaruriy sharti sifatida Konstitutsiyada atrof-muhitni muhofaza qilish bo\u02bbyicha kompleks choralar belgilandi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu munosabat bilan, davlat atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo\u02bbyicha choralarni amalga oshiradi, fuqarolarning ekologik huquqlarini ta\u02bcminlash va atrof-muhitga zararli ta\u02bcsir ko\u02bbrsatilishiga yo\u02bbl qo\u02bbymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, degan norma belgilandi. Shaharlarning bosh rejalarini jamoatchilik muhokamasidan majburiy o\u02bbtkazilishi shartligi qayd etildi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to\u02bbg\u02bbrisidagi ishonchli axborotga ega bo\u02bblish huquqiga egaligi belgilandi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ta\u02bclim olish huquqi va imkoniyati kengaytiriladi, o\u02bbqituvchilar konstitutsiyaviy maqomga ega bo\u02bbladi. Jumladan, fuqarolarning oliy ta\u02bclim muassasalarida davlat granti hisobidan o\u02bbqish huquqi qat\u02bciy belgilab qo\u02bbyildi. Asosiy qonunda fuqarolarning bepul boshlang\u02bbich kasb-hunarga o\u02bbqitilishi ham belgilandi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Konstitutsiyada davlatning o\u02bbqituvchilar sha\u02bcni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o\u02bbsishi to\u02bbg\u02bbrisida g\u02bbamxo\u02bbrlik qilish majburiyati qayd etildi. Oliy ta\u02bclim tashkilotlariga akademik erkinlik, o\u02bbzini o\u02bbzi boshqarish, tadqiqotlar o\u02bbtkazish va o\u02bbqitish erkinligi huquqi taqdim etildi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Inson huquq va erkinliklari kafolatlari sezilarli darajada kuchaytirilmoqdi. Xususan, O\u02bbzbekistonda o\u02bblim jazosi taqiqlandi. O\u02bblim jazosini taqiqlashni konstitutsiyaviy darajada belgilanishi insonni hayotdan hatto davlat ham mahrum etishga haqli emasligini kafolatlaydi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bundan tashqari, shaxs sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emasligi belgilandi. Ya\u02bcni, shaxsning erkinligini cheklash bilan bog\u02bbliq har qanday harakat faqatgina sud qarori asosida amalga oshirilishi shart. Ushbu qoida tergov organlari tomonidan insonlarni noqonuniy hibsga olish, asossiz qamoqqa olish va saqlashga yo\u02bbl qo\u02bbymaslikka qaratilgan. Bu orqali xalqaro e\u02bctirof etilgan \u201cXabeas korpus\u201d institutini qo\u02bbllanish ko\u02bblami yanada kengaydi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shaxsni ushlash chog\u02bbida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shartligi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga o\u02bbziga qarshi ko\u02bbrsatma bermaslik (xalqaro e\u02bctirof etilgan \u201cMiranda qoidasi\u201d), sukut saqlash huquqi berildi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Har kimning yozishmalari, telefon orqali so\u02bbzlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanish huquqiga ega ekanligi belgilandi. Bunday huquqlarning cheklanishiga yoki uy-joyda tintuv o\u02bbtkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo\u02bbl qo\u02bbyilishi belgilab qo\u02bbyildi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yoshlar huquqlari himoyalanishi va ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirokini rag\u02bbbatlantirish kafolatlandi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Jumladan,&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta\u02bcminlaydi;&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 davlat yoshlarning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag\u02bbbatlantiradi;&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi;&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 davlat yoshlarning ta\u02bclim olishga, sog\u02bblig\u02bbini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo\u02bblgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 davlat va jamiyat yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo\u02bblgan mehr-muhabbat tuyg\u02bbularini shakllantirish to\u02bbg\u02bbrisida g\u02bbamxo\u02bbrlik qiladi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ommaviy axborot vositalariga oid belgilangan muhim qoidalar:&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini kafolatlaydi;&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 davlat ommaviy axborot vositalarining axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo\u02bblgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi;&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to\u02bbsqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo\u02bbladi;&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 ommaviy axborot vositalari o\u02bbzi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgardir<br>&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Jinoyat ishlari bo\u2019yicha\u00a0Denov tuman sudining raisi:\u00a0<br>S.B.Bo\u2019tayev<\/strong>.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yangilangan Konstitutsiya mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g\u02bboyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo\u02bblidagi ulkan qadamdir.&nbsp; Konstitutsiyada O\u02bbzbekiston \u2013 suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qat\u02bciy belgilab qo\u02bbyildi.&nbsp; Inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanishi qat\u02bciy talab sifatida <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=229\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":221,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-229","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-huquq"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/229","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=229"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/229\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":230,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/229\/revisions\/230"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/221"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=229"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=229"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=229"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}