{"id":223,"date":"2024-11-23T09:45:14","date_gmt":"2024-11-23T06:45:14","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=223"},"modified":"2024-11-23T09:45:15","modified_gmt":"2024-11-23T06:45:15","slug":"yangi-tahrirdagi-konstitutsiyada-inson-huquqlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=223","title":{"rendered":"Yangi tahrirdagi konstitutsiyada inson huquqlari"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yangi O\u2018zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarda \u201cinson qadri uchun\u201d, degan tamoyil ustuvor maqsad etib belgilangan. Bu yo\u2018lda yangi tahrirdagi konstitutsiyamizning qabul qilingani mamlakatimizning yangi rivojlanish davrini boshlab berdi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Zero, bosh qonunimizda inson qadri, uning huquq va manfaatlari kafolatlari bilan bog\u2018liq ko\u2018plab normalar o\u2018z aksini topganki, bu mamlakatimizning chinakam demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat sifatida jahon hamjamiyatidagi o\u2018rnini yanada mustahkamlaydi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Aytish joizki, Konstitutsiyamizda ilgari qonunchilikda mavjud bo\u2018lmagan bir qator muhim qoidalar mustahkamlandi va ular mazmun-mohiyatiga ko\u2018ra, \u201cInson \u2014 jamiyat \u2014 davlat\u201d tamoyilini konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga qaratilgan.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Binobarin, 15-moddada Konstitutsiya mamlakat hududida to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri amal qilishi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etishi qat\u2019iy belgilandi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu paytga qadar Konstitutsiya normalari tegishli qonun va qonunosti hujjatlari orqali hayotga tatbiq qilinar, bu esa huquqni qo\u2018llash amaliyotida ayrim bo\u2018shliqlarga sabab bo\u2018layotgan edi. Yuqoridagi norma, bir tomondan, shaxs huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat ekanini amalda ta\u2019minlasa, ikkinchidan, xalqimizning mavjud huquqiy tizimga bo\u2018lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Asosiy qonunning 20-moddasida \u201cInsonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi\u201d, deyilgan.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ayni qoida inson huquq va erkinliklariga bevosita amal qilish uchun qandaydir mezonlar talab etilmasligini ko\u2018rsatadi. Shunga ko\u2018ra, endilikda inson huquq va erkinliklari bilan bog\u2018liq normalarga biror-bir qonun va qonunosti hujjati qabul qilinmasdan turib, to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri amal qilinadi. Bu esa barcha davlat organlari tizimida inson huquqlariga rioya etish madaniyati va mexanizmlarini takomillashtirishni taqozo etadi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ma\u2019lumki, shu vaqtga qadar normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan, qonunlarning asosiy funksiyasi bu ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iborat edi. Yangilangan Konstitutsiyaga asosan, inson huquq va erkinliklarini ifodalash qonunlarning ajralmas funksiyalaridan biriga aylandi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018z navbatida, insonning huquq va erkinliklari davlat organlari, fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mazmun-mohiyatini belgilashi to\u2018g\u2018risidagi qoida davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatini tubdan isloh qilishga olib keladi. Unga ko\u2018ra, davlat xizmatchilarining asosiy maqsad, vazifa, funksiya hamda majburiyatlari inson huquq va erkinliklarini ifodalashga qaratiladi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo\u2018llaniladigan huquqiy ta\u2019sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo\u2018lishi kerakligi belgilandi. Ushbu qoida shaxsga qo\u2018llaniladigan barcha huquqiy ta\u2019sir choralarini insonparvarlik tamoyillari asosida qaytadan ko\u2018rib chiqishni nazarda tutadi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Inson bilan davlat organlarining o\u2018zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyat va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi belgilab qo\u2018yildi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu paytga qadar qonunchilikda bo\u2018shliq yoki ziddiyatlar mavjud bo\u2018lib, huquqni qo\u2018llash bo\u2018yicha kompetensiyalar to\u2018liq shakllanmagan edi. Qonun bilan tartibga solinmagan holda qanday harakat qilish yoki qonunlardagi ziddiyatlarda qanday yo\u2018l tutish lozim, degan masalada hatto malakali huquqshunoslar ham qat\u2019iy pozitsiyaga ega emas. Yangi Konstitutsiya orqali ayni masala yechimini topdi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">YA\u2019ni o\u2018zaro teng yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjatlar o\u2018rtasida tafovut yuzaga kelgan taqdirda fuqarolar manfaatiga xizmat qiladigan konstitutsiyaviy normalarga amal qilinishi qat\u2019iy belgilandi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018z navbatida, Konstitutsiyaning 21-moddasida inson huquq va erkinliklarini cheklash asoslari aniq belgilab qo\u2018yildi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xususan, insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog\u2018lig\u2018ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta\u2019minlash maqsadida zarur bo\u2018lgan doirada cheklanishi mumkin.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Inson huquqlarini cheklash asoslari faqat qonunlarda belgilangan bo\u2018lishi kerak, vazirlik, idora va tashkilotlarning hujjatlari inson huquqlarini cheklay olmaydi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">E\u2019tibor qaratish lozim bo\u2018lgan masalalardan yana biri inson huquqlarini cheklash asoslari belgilangan qonunlar ijrosi yuzasidan qabul qilinayotgan qonunosti hujjatlari tegishli qonunlarda nazarda tutilganidan ko\u2018ra, ko\u2018proq darajada inson huquqlarini cheklamasligi kerak.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Jinoyat-protsessual munosabatlarda shaxs huquqlarini himoya qilishning konstitutsiyaviy asoslari yanada mustahkamlandi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xususan, insonning sha\u2019ni va qadr-qimmati daxlsizligi, zo\u2018ravonlik va qiynoq holatlarining oldini olish, \u201cMiranda qoida\u201dsi, \u201cXabeas korpus\u201d instituti, aybsizlik prezumpsiyasi, yuridik yordam olish huquqiga oid normalarning Konstitutsiya darajasida belgilab qo\u2018yilgani surishtiruv, tergov, sud hamda jazoni ijro etish jarayonida huquqni muhofaza qiluvchi organlar zimmasiga ulkan mas\u2019uliyat yuklamoqda.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bundan tashqari, shaxsiy hayot daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo\u2018lish, o\u2018z sha\u2019ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqining konstitutsiyaviy asoslari kengaydi. Har kim o\u2018z shaxsiga doir ma\u2019lumotlarni himoya qilish, shuningdek, noto\u2018g\u2018ri ma\u2019lumotlarning tuzatilishini, o\u2018zi to\u2018g\u2018risida qonunga xilof yo\u2018l bilan to\u2018plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo\u2018lmay qolgan ma\u2019lumotlarning yo\u2018q qilinishini talab qilish huquqiga egaligi ilk bor Konstitutsiya darajasida belgilab qo\u2018yildi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yana bir muhim jihat: har kimning yozishmalari, telefon orqali so\u2018zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega ekanligi belgilandi. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo\u2018l qo\u2018yilishi nazarda tutildi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yangilangan Konstitutsiyada axborot erkinligiga oid muhim normalar o\u2018rin olgan. Xususan, davlat internet jahon axborot tarmog\u2018idan foydalanishni ta\u2019minlash uchun shart-sharoitlar yaratishini, axborotni izlash, olish va tarqatishga bo\u2018lgan huquqni cheklashning aniq asoslari belgilab qo\u2018yilganini ta\u2019kidlash joiz.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yangi normaga ko\u2018ra, axborotni izlash, olish va tarqatishga bo\u2018lgan huquqni cheklash bo\u2018yicha qat\u2019iy tartib belgilanmoqda. Mazkur qoida davlat organlari faoliyatida ochiqlikni ta\u2019minlash bilan bir qatorda, fuqarolarga ular tomonidan so\u2018ralgan axborotni taqdim etishda idoraviy manfaatlarni ro\u2018kach qilish kabi salbiy holatlarning oldini olishni ta\u2019minlaydi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Konstitutsiyada nazarda tutilgan inson huquq va erkinliklariga oid yangi normalar sudlar zimmasiga nihoyatda katta mas\u2019uliyat yuklaydi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Inson huquq va erkinliklari qonunlarning mazmun va mohiyatini belgilashi hamda inson huquqlari konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog\u2018lig\u2018ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta\u2019minlash maqsadida zarur bo\u2018lgan doirada cheklanishi mumkinligi to\u2018g\u2018risidagi qoidalar sudlar faoliyatini yangi mezonlar asosida tashkil etishni taqozo etadi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Deylik, inson bilan davlat organlarining o\u2018zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyat va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishiga oid masalalar bo\u2018yicha sud qarorlari faqat individual tusda bo\u2018lishi kerak emas. Bunday qarorlar ana shunday barcha holatlar uchun yechim bo\u2018lishi zarur. Bu esa sud amaliyoti hujjatlariga pretsedentlik elementlarini aks ettirishni talab qiladi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xulosa qilib aytganda, yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiya Yangi O\u2018zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo\u2018nalishlarini belgilab berdi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu esa inson huquq va erkinliklariga oid masalalarda huquqni qo\u2018llash amaliyotiga yangicha yondashuvlar joriy qilishni dolzarb zaruratga aylantirmoqda.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Zero, barchamizning vazifamiz inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan va hurmat qilinadigan adolatli jamiyat barpo etishdir\u2026 &nbsp;&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>S.B.Bo\u2019tayev, <\/strong><br><strong>Jinoyat ishlari bo\u2019yicha Denov tuman sudining raisi.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yangi O\u2018zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarda \u201cinson qadri uchun\u201d, degan tamoyil ustuvor maqsad etib belgilangan. Bu yo\u2018lda yangi tahrirdagi konstitutsiyamizning qabul qilingani mamlakatimizning yangi rivojlanish davrini boshlab berdi.&nbsp; Zero, bosh qonunimizda inson qadri, uning huquq va manfaatlari kafolatlari bilan bog\u2018liq ko\u2018plab normalar o\u2018z aksini topganki, bu mamlakatimizning chinakam demokratik, huquqiy, <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=223\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":221,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-223","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/223","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=223"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/223\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":224,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/223\/revisions\/224"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/221"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=223"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=223"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=223"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}