{"id":199,"date":"2024-06-29T14:48:44","date_gmt":"2024-06-29T11:48:44","guid":{"rendered":"http:\/\/chaganiyan.uz\/?p=199"},"modified":"2024-06-29T14:49:25","modified_gmt":"2024-06-29T11:49:25","slug":"prezident-yoshlar-bilan-muloqot-qildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=199","title":{"rendered":"Prezident yoshlar bilan muloqot qildi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-iyun kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar sarhisobi, yangi vazifa va takliflar muhokamasiga bag\u2018ishlangan videoselektor yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yig\u2018ilish avvalida ishlar samaradorligi ko\u2018rib chiqildi. Oxirgi yetti yilda yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qarorlar qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyozlar berilgani qayd etildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Birgina ta\u2019lim kreditidan 151 ming yoshlar foydalangan. Ehtiyojmand oiladan bo\u2018lgan yana 110 ming talabaning shartnoma to\u2018lovi to\u2018lab berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cEl-yurt umidi\u201d jamg\u2018armasi orqali AQSH va Buyuk Britaniyaning eng nufuzli universitetlarini 50 nafar yigit-qiz bitirdi. Bugungi kunda ularda o\u2018qiyotgan vatandoshlarimiz 200 dan oshdi. Umuman, 110 ming yoshlarimiz xorijda tahsil olayapti.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Prezident maktabining baholash tizimi 500 ta maktabda joriy qilinishi natijasida bir yilning o\u2018zida bilimlarni o\u2018zlashtirish 53 foizdan 60 foizga oshdi. Bu tizim yangi o\u2018quv yilidan yana mingta maktabda joriy qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu yil maktablarni 14 mingdan ziyod o\u2018quvchi oltin va kumush medallar bilan bitirdi. \u201cKatta beshlik\u201d fan olimpiadalarida qo\u2018lga kiritilgan medallar oxirgi to\u2018rt yilda 2 karra ko\u2018paydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cOilaviy tadbirkorlik\u201d dasturlari doirasida berilgan kredit evaziga 1 million yosh band bo\u2018ldi. 205 ta \u201cYoshlar sanoat zonasi\u201dda 1 ming 200 ta loyiha ishga tushirildi. Hozirda biznesdagi aylanma mablag\u2018ini million dollardan oshirgan 1,5 ming nafar yosh tadbirkor bor.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Davlatimiz rahbari yoshlarda bilim va yangi g\u2018oyalar ko\u2018pligi, ularga sharoitlar yanada kengaytirilishini ta\u2019kidladi. Jumladan, ular quyidagilar:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mamlakatimiz jadal rivojlanishi uchun \u201cto\u2018rtinchi sanoat\u201d kasblari juda muhim. Shu maqsadda yoshlarning fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika bilan bog\u2018liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim bo\u2018ladi. Oliy o\u2018quv yurtlari qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida \u201cXalqaro bakalavriat\u201d va \u201cA-Level\u201d dasturi joriy qilinadi. Bu dasturlar asosida sertifikat olgan o\u2018quvchilar o\u2018sha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u201cSAT\u201d testida 75 foizdan yuqori natija ko\u2018rsatgan o\u2018quvchilar mamlakatimiz universitetlariga ham grantga qabul qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Nogironligi bo\u2018lgan yoshlarga chet tili bo\u2018yicha milliy sertifikat olishda kompyuterda imtihon topshirish sharoiti yaratiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yoshlarimiz xalqaro olimpiadalarning nazariy qismida har doim yuqori natijalarga erishsa-da, laboratoriya mashqlarini bajarishda pastroq ball olayapti. Shu bois endi Prezident maktablari agentligi qoshida Olimpiadalarga tayyorlash markazi ochilib, maxsus laboratoriyalar bilan jihozlanadi. Xalqaro olimpiadada qatnashuvchi terma jamoa reja asosida ushbu markazda tayyorgarlik ko\u2018radi. Buning uchun har bir fan bo\u2018yicha malakali olim va xorijiy mutaxassislar jalb qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Oliy ta\u2019limning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg\u2018unlashadi. Texnikumda&nbsp;yaxshi o\u2018qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi. Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursdan o\u2018qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi. Kasbi bo\u2018yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan kontrakt asosida oliy ta\u2019limga qabul qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Endi oliy o\u2018quv yurti, vazirlik va korxonalarga tegishli laboratoriyalarning yagona onlayn platformasi yaratiladi. Bunday ilmiy markazlar Toshkent texnika, Samarqand va Urganch davlat universitetlarida ham tashkil qilinadi. Yosh olimlar tadqiqotlari uchun kerak bo\u2018lgan uskuna, butlovchi qism va kimyoviy vositalar bojdan ozod qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasida o\u2018zini o\u2018zi band qilgan yoshlar 50 mingdan oshdi. Qo\u2018shilgan qiymat yaratib, xizmatlarni eksport qilayotgan bunday yoshlar uchun katta imkoniyatlar ochib beriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xususan, 1-avgustdan boshlab, bu sohada o\u2018zini o\u2018zi band qilgan yoshlarga IT-park rezidenti maqomi beriladi. Ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi. IT-park tomonidan ularga tibbiyot, sport va ofisdan foydalanishi uchun \u201cijtimoiy karta\u201d beriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga o\u2018rgatish, yuqori qo\u2018shilgan qiymat yaratadigan loyihalarni ko\u2018paytirishga alohida e\u2019tibor qaratiladi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligi jamg\u2018armasi Yoshlar agentligi tizimiga o\u2018tkaziladi. Loyihaning tayyor biznesga aylanib, daromad keltirishgacha barcha jarayonda ko\u2018maklashiladi. 14 ta tuman tanlab olinib, \u201cto\u2018rtinchi sanoat\u201d kasblariga o\u2018qitish markazi ochiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Jamg\u2018arma tomonidan hududlardagi Yoshlar sanoat zonalarida binolar qurilib, \u201csanoat ipotekasi\u201d asosida yuqori qiymat yaratadigan loyihalar uchun yoshlarga 7 yilda bo\u2018lib to\u2018lash sharti bilan beriladi. Bunda birinchi yili to\u2018lov undirilmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Har bir viloyatdagi bittadan Barkamol avlod markazida \u201cKreativ sanoat parklari\u201d tashkil qilinib, ularga IT-park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi. Bu joylar yosh tadbirkorlar, ilm va biznes o\u2018rtasida muloqot maydonchasi bo\u2018ladi. Jamg\u2018arma bu yerdagi yoshlarning \u201cstartaplari\u201dga uch yilga 100 million so\u2018mgacha ssuda beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Magistral yo\u2018llar bo\u2018yida 50 mingta ko\u2018chma savdo nuqtalari tashkil qilinib, yoshlarga ijaraga beriladi. Bunda dastlabki 6 oyda yoshlar ijara haqi va soliq to\u2018lamaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ma\u2019lumki, yil boshida hokimlar, vazirlar va davlat tashkilotlari rahbarlariga sharoiti og\u2018ir 4 million o\u2018g\u2018il-qiz biriktirilgan edi. Manzilli ishlash natijasida, hayotda qiyinchilikka duch kelgan 420 ming yoshlar muammosi hal etildi, 65 mingining bandligi ta\u2019minlandi, 15 ming nafari harbiy xizmatga yuborildi. Alohida e\u2019tiborga muhtoj 1 million yoshlar sport bilan shug\u2018ullanishni boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu tarzda, tarbiyasi og\u2018ir, oilaviy ajrim yoqasidagi va jinoyatga moyilligi bor yoshlarni to\u2018g\u2018ri yo\u2018lga boshlash zarurligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Maktab, kollej, oliy o\u2018quv yurtlarining stadionlari, sport zali, basseyn va kutubxonalari mahalla yoshlari uchun doim ochiq bo\u2018lishi belgilandi. Shuningdek, yoz mavsumida sport musobaqalari, ijodiy tanlovlar va kino kunlari o\u2018tkazilish aytildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mehnat yarmarkalari tashkil qilinib, 350 ming yoshlarni ishga joylashtirish choralari ko\u2018riladi. Shuningdek, 100 ming kishini qurilish ishlariga jalb qilish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qizlarga ko\u2018maklashish, sharoitlarini yaxshilashga e\u2019tibor davom ettiriladi. Og\u2018ir sharoitga tushib qolgan xotin-qizlar uchun barcha hududlarda 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Ular ishga joylashib, \u201coyoqqa turib olgunga qadar\u201d, ushbu uylarda 3 yil davomida bepul yashashi mumkin bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sog\u2018ligi tufayli ishga qatnay olmaydigan qizlar xonadonida kasanachilik yoki masofaviy ish bilan ta\u2019minlanadi. Bundan tashqari, uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta\u2019lim olish imkoniyati yaratiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yig\u2018ilish ochiq muloqot shaklida bo\u2018ldi. Yurtimizning turli hududlaridan qatnashgan hamda chet ellarda o\u2018qiyotgan yoshlar o\u2018z fikr va takliflarini bildirdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mutasaddilarga ularni umumlashtirib, farmon loyihasiga kiritish topshirildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>\u2013 Yoshlarimiz hayotda munosib o\u2018rnini topishi uchun bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarni to\u2018liq ishga solamiz. Sizlar mamlakatimizning ishonchi va tayanchi, kelajagimiz bunyodkorlarisiz,\u00a0<\/em>\u2013 dedi Prezident.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/7357\">https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/7357<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-iyun kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar sarhisobi, yangi vazifa va takliflar muhokamasiga bag\u2018ishlangan videoselektor yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi. Yig\u2018ilish avvalida ishlar samaradorligi ko\u2018rib chiqildi. Oxirgi yetti yilda yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qarorlar qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyozlar berilgani qayd etildi. Birgina ta\u2019lim kreditidan <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=199\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":200,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[18,17,16],"class_list":["post-199","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-president-uz","tag-muloqot","tag-prezident-yoshlar-bilan-muloqot-qildi","tag-yoshlar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/199","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=199"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/199\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":202,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/199\/revisions\/202"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/200"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=199"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=199"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=199"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}