{"id":196,"date":"2024-06-29T14:46:59","date_gmt":"2024-06-29T11:46:59","guid":{"rendered":"http:\/\/chaganiyan.uz\/?p=196"},"modified":"2024-06-29T14:47:22","modified_gmt":"2024-06-29T11:47:22","slug":"faol-va-ilgor-yoshlarga-davlat-mukofotlari-topshirildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=196","title":{"rendered":"Faol va ilg\u2018or yoshlarga davlat mukofotlari topshirildi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yoshlar kuni arafasida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qaroriga muvofiq, azmu shijoati, bilim va salohiyati bilan mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo\u2018shayotgan bir guruh faol yoshlar \u00abKelajak bunyodkori\u00bb medali hamda \u00abMard o\u2018g\u2018lon\u00bb davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">28-iyun kuni Ko\u2018ksaroyda ana shu mukofotlarni topshirish marosimi bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Davlatimiz rahbari so\u2018zining avvalida yigit-qizlarni Yoshlar kuni bilan tabriklab, mehru e\u2019tiborini izhor qildi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>\u2013 Mamlakatimiz yoshlarining yutuqlari, maqsad va rejalari bilan yaqindan tanishib, beqiyos kuch va ilhom olaman.&nbsp;&nbsp;Yangi O\u2018zbekistonni barpo etish bo\u2018yicha qanday katta imkoniyatlarga ega ekanimizni his etib, xursand bo\u2018laman,&nbsp;<\/em>\u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugun hayotning har bir jabhasida \u2013 davlat boshqaruvida, iqtisodiyotda, ilm va ta\u2019limda, sportu madaniyatda yoshlarga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda. Oliy Majlis palatalari qoshida Yoshlar Parlamentlari ish olib bormoqda. Yurtimizdagi har bir tashkilotda yoshlar ishlari bo\u2018yicha maslahatchi faoliyat ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Davlat va jamiyat zamonaviy bilim va texnologiyalarni egallagan, jismoniy va ma\u2019naviy yetuk yoshlar bilan qudratli. Shu bois ta\u2019lim tizimi tubdan rivojlantirilmoqda. Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashgan maktablar, oliy o\u2018quv yurtlari yetuk kadrlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. IT-park, kreativ park va texnoparklarda, madaniyat va sport maskanlarida o\u2018g\u2018il-qizlar sevimli mashg\u2018ulotlari bilan shug\u2018ullanib, qobiliyatini charxlamoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu sharoitlardan unumli foydalangan yoshlar ilm-fan, sport, madaniyat, san\u2019at va boshqa sohalarda katta-katta yutuqlarga erishib, Yangi O\u2018zbekistonni jahonga tarannum etmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Birgina o\u2018tgan o\u2018quv yilida 55 nafar o\u2018quvchimiz matematika, kimyo, biologiya, fizika va informatika bo\u2018yicha nufuzli xalqaro olimpiadalarda 8 ta oltin, 15 ta kumush, 32 ta bronza medallarini qo\u2018lga kiritgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Madaniyat va san\u2019at bo\u2018yicha nufuzli xalqaro tanlovlarda esa yoshlarimizdan 383 nafari bosh sovrinni, 1 ming 400 ga yaqini 1-o\u2018rinni egallagan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Oxirgi 2 yilda sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda 900 tadan ziyod oltin, 550 dan ortiq kumush, 731 ta bronza medallarini qo\u2018lga kiritdi. Yaqinda Qatarda o\u2018tgan futbol bo\u2018yicha Osiyo kubogida terma jamoamiz O\u2018zbekiston tarixida ilk bor Olimpiya yo\u2018llanmasini olishga muvaffaq bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>\u2013 Sizlar mana shunday natijalaringiz bilan yangi tarix yaratyapsizlar. Ishonchim komil, xalqimiz qo\u2018lga kiritayotgan ulkan yutuqlar bilan birga, bu natijalar Yangi O\u2018zbekiston tarixiga, Uchinchi Renessans tarixiga aylanadi,&nbsp;<\/em>\u2013 deya ta\u2019kidladi Prezident.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Davlatimizning yoshlarga oid siyosati xalqaro miqyosda tan olinmoqda. Masalan, o\u2018tgan yili Yoshlar taraqqiyoti indeksiga ko\u2018ra, O\u2018zbekiston yoshlar siyosati sohasida eng tez rivojlanayotgan mamlakatlardan biri, deb e\u2019tirof etildi. Yoshlarni qo\u2018llab-quvvatlash, ularni davlat va jamiyat boshqaruviga, muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga keng jalb etish bo\u2018yicha 60 dan ziyod tashabbuslar xalqaro hamjamiyat tomonidan ma\u2019qullandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu kunlarda azim Samarqand shahrida Butunjahon yoshlar festivali bo\u2018lib o\u2018tmoqda. Bu ham xalqaro e\u2019tirofning yana bir ifodasi ekani ta\u2019kidlandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shundan so\u2018ng Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>\u2013 Bugungi yutuqlaringiz \u2013 uzoq yo\u2018lning boshlanishi. Davlat sharoit yaratishi, kimdur yordam berishi mumkin. Lekin kelajagingiz faqat o\u2018z qo\u2018lingizda. Bu yo\u2018lda barcha yoshlarimizni qo\u2018llab-quvvatlab, orzu-intilishlarida muvaffaqiyatlar tilayman,<\/em>&nbsp;\u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mukofotlanganlar yuksak ishonch va e\u2019tibor, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi, o\u2018qish va ishlarida yanada katta natijalarga erishib, xalqimiz ishonchini oqlashini ta\u2019kidlashdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ziyolilar, ota-onalar ishtirok etdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yoshlar kuni arafasida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qaroriga muvofiq, azmu shijoati, bilim va salohiyati bilan mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo\u2018shayotgan bir guruh faol yoshlar \u00abKelajak bunyodkori\u00bb medali hamda \u00abMard o\u2018g\u2018lon\u00bb davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi. 28-iyun kuni Ko\u2018ksaroyda ana shu mukofotlarni topshirish marosimi bo\u2018ldi. Davlatimiz rahbari so\u2018zining avvalida yigit-qizlarni <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=196\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":197,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[15,16],"class_list":["post-196","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-president-uz","tag-mukofot","tag-yoshlar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/196","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=196"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/196\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":198,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/196\/revisions\/198"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/197"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=196"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=196"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=196"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}