{"id":146,"date":"2024-06-25T13:13:44","date_gmt":"2024-06-25T10:13:44","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=146"},"modified":"2024-06-25T13:37:11","modified_gmt":"2024-06-25T10:37:11","slug":"sugurta-tushunchasi-sugurta-shartnomalari-shakli-va-tuzish-tartibi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=146","title":{"rendered":"Sug\u2018urta tushunchasi, sug\u2018urta shartnomalari shakli va tuzish tartibi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Sug\u2018urta shartnomasi bilan bog\u2018liq atamalar:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sug\u2018urta &#8212; ma\u2019lum voqealar (sug\u2018urta hodisasi) yuz berganda jismoniy va yuridik shaxslarining mulkiy manfaatlarining himoyasi bo\u2018yicha munosabatlarni anglatuvchi atama. Himoya manfaatlari himoya qilinayotganlar tomonidan to\u2018lanuvchi sug\u2018urta badallaridan (sug\u2018urta mukofotlari) shakllanuvchi pul jamg\u2018armalari hisobiga amalga oshiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sug\u2018urtalangan (shaxs) &#8212; mulki, hayoti, sog\u2018lig\u2018i, mehnatga layoqati, mas\u2019uliyati sug\u2018urta himoyasi ob\u2019ekti bo\u2018lib hisoblanuvchi va sug\u2018urta polisida ko\u2018rsatiluvchi shaxs. Amalda sug\u2018urtalangan bir vaqtning o\u2018zida sug\u2018urtalanuvchi bo\u2018lishi mumkin, agar u o\u2018zi uchun shartnoma tuzib, pul (sug\u2018urta) badallarini o\u2018zi tuzsa, lekin bir shaxs har doim ham sug\u2018urtalangan va sug\u2018uratlanuvchi bo\u2018lavermaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sug\u2018urtalanuvchi &#8212; sug\u2018urtalovchi bilan sug\u2018urta shartnomasi tuzgan yuridik yoki layoqadli jismoniy shaxs. Sug\u2018urta shartnomasi bo\u2018yicha sug\u2018urta hodisasi yuz berganida sug\u2018urtalanuvchiga qoplab berish majburiyatini o\u2018ziga olganligi uchun sug\u2018urtalovchiga sug\u2018urta badalini to\u2018lash majburiyati sug\u2018urtalanuvchining zimmasida bo\u2018ladi. Sug\u2018urtalanuvchi O\u2018z foydasiga yoki boshqa shaxs foydasiga sug\u2018urta shartnomasini tuzishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sug\u2018urta to\u2018lovi &#8212; hayot va sog\u2018liqni sug\u2018urtalash shartnomasida nazarda tutilgan sug\u2018urta hodisasi yuz berishi natijasida kelib chiqqan zararlarni qoplash uchun sug\u2018urtalovchi sug\u2018urtalanuvchiga to\u2018lanadigan summa, shuningdek sug\u2018urta shartnomasi shartlariga muvofiq amalga oshirilgan har qanday to\u2018lov (sug\u2018urta qoplamasiga qarang).<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mulk sug\u2018urtasi &#8212; harakatdagi va ko\u2018chmas mulkka egalik qilish, uni idora etish va undan foydalanish bilan bog\u2018liq mulkiy manfaatlar sug\u2018urta ob\u2019ekti hisoblanadigan sug\u2018urta turlari majmuasi. Mulkning yo\u2018qotilishi bilan bog\u2018liq sug\u2018urta. Sug\u2018urta shartnomasida shartlashilgan sabablar (qaltisliklar) ta\u2019sirida mulkning zararlanishi, nobud bo\u2018lishi, g\u2018oyib bo\u2018lishida etkazilgan zararni qoplashni nazarda tutadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&nbsp;Polis &#8212; sug\u2018urta shartnomasining tuzilganligini tasdiqlaydigan va o\u2018z ichiga uning shartlarini oladigan sug\u2018urtalanuvchiga (sug\u2018urtalangan) beriladigan hujjat. Polis sug\u2018urta shartnomasini mavjudligini yuridik jihatdan tasdig\u2018i bo\u2018lib, zarur holatlarda zararlarni undirib olish uchun sug\u2018urtalovchiga qarshi davo bilan sudga murojaat etishga asos bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Avtotransport vositalarini sug\u2018urtalash &#8212; xalqaro amaliyotda engil va yuk tashuvchi avtomobillar, avtobuslar, mototsikllarni, katerlar, motor qayiqlar va boshqa transport vositalari ushbu sug\u2018urta turiga kiritiladi<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ishlab chiqaruvchining mas\u2019uliyatini sug\u2018urtalash &#8212; mas\u2019uliyatni sug\u2018urtalash turi; sug\u2018urtalanuvchi ishlab chiqargan yoki sotgan mahsulotda nuqson bo\u2018lishi natijasida mijozlarga mulkiy zarar etkazilishi oqibatida vafot etgan, mayib bo\u2018lgan yoki jabrlanganlarga yuridik ravishda sug\u2018urtalanuvchi to\u2018lab berishi shart bo\u2018lgan har qanday to\u2018lovni qoplab beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ish beruvchining mas\u2019uliyatini sug\u2018urtalash &#8212; mas\u2019uliyatni sug\u2018urtalash turi; azaldan boshqa turdagi mas\u2019uliyatni sug\u2018urtalash turlaridan ajratiladi. Ish beruvchining mas\u2019uliyatini sug\u2018urtalash Polisi mehnat shartnomasidan kelib chiquvchi jabrlanuvchi o\u2018z majburiyatlarini bajarishi jarayonida yuz beradigan va ishlab chiqarish faoliyati bilan shug\u2018ullanishi bilan bilvosita bog\u2018liq kasallik va tan jarohatlari uchun qonunchilikdan kelib chiquvchi mas\u2019uliyatini qoplab beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kombinatsiyalashgan sug\u2018urta &#8212; bir nechta sug\u2018urta turlari bo\u2018yicha kompleks sug\u2018urta qoplamasini taqdim etadigan bir sug\u2018urta shartnomasi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sug\u2018urtalash mukofoti &#8212; sug\u2018urtalanuvchi tomonidan sug\u2018urtalovchiga beriladigan va sug\u2018urtalash uchun to\u2018lovni o\u2018zida mujassam etgan mukofot.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sug\u2018urtalash qoplamasi &#8212; sug\u2018urta qoplamasini to\u2018lab berish, sug\u2018urtalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan boshqa xarajatlarni qoplash uchun sug\u2018urtalanuvchi sug\u2018urtalovchidan oladigan to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri shartnomalar bo\u2018yicha qaltisliklarda sug\u2018urtalovchining ishtiroki bilan bog\u2018liq summa.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sug\u2018urta &#8212; fuqaro yoki yuridik shaxsning (sug\u2018urta qildiruvchi) sug\u2018urta tashkiloti (sug\u2018urtalovchi) bilan tuzadigan mulkiy yoki shaxsiy sug\u2018urta shartnomalari asosida amalga oshiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sug\u2018urta ob\u2019ekti:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">shaxsiy sug\u2018urtada &#8212; fuqarolarning hayoti, sog\u2018lig\u2018i, mehnatga layoqati bilan bog\u2018liq; mulkiy sug\u2018urtada &#8212; mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni idora etish bilan bog\u2018liq;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">mas\u2019uliyatni sug\u2018urtalashda &#8212; jismoniy yoki yuridik shaxslarning mulki yoki shaxsiyatiga sug\u2018urtalanuvchiga etkazilgan qoplama bilan bog\u2018liq O\u2018zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo\u2018lmagan mulkiy manfaatlardir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sug\u2018urta shartnomasi &#8212; bu sug\u2018urtalanuvchi va sug\u2018urtalovchi o\u2018rtasida agent yoki broker vositachiligi yoki ularning vosiatchiligisiz tuzilgan va u bo\u2018yicha sug\u2018urtalovchi zararni qoplab berish yoki sug\u2018urta summasini unga (yoki naf oluvchiga) to\u2018lab berish, sug\u2018urtalanuvchi esa sug\u2018urta mukofotini to\u2018la hajmda va vaqtida to\u2018lab berish majburiyatini oluvchi shartnoma.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sug\u2018urta shartnomasi tuzilganligini tasdiqlash uchun sug\u2018urtalovchi sug\u2018urtalanuvchiga <strong>sug\u2018urta polisi<\/strong> beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sug\u2018urtalanmaydigan qaltislik ehtimoli tutilgan voqea sug\u2018urta polisini sotib olish bilan o\u2018rnini to\u2018ldirib bo\u2018lmaydigan zararlarni etkazishi mumkin (harbiy harakatlar, fuqarolik tartibsizliklari, favqulodda hodisalar).<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sug\u2018urta deklaratsiyasi sug\u2018urta ob\u2019ekti va qaltislikning ttasnifi to\u2018g\u2018risidagi sug\u2018urtalanuvchining arizasi. Manzil, bahosi, holati, saqlash yoki foydalanish tartibi, texnikaviy tayyorgarligi, yong\u2018in yoki boshqa avariya signalizatsiyasi, shuningdek sifat tasnifi (rusumi, modeli, turi, tuzilmasi, tarkibi va b.) haqidagi axborotni o\u2018z ichiga oladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sug\u2018urta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolar O\u2018zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, \u00abXo\u2018jalik yurituvchi sub\u2019ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to\u2018g\u2018risida\u00bb, \u00abTransport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug\u2018urta qilish to\u2018g\u2018risida\u00bb, \u00abIsh beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug\u2018urta qilish to\u2018g\u2018risida\u00bb, \u00abIshlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug\u2018urtasi to\u2018g\u2018risida\u00bb va \u00abTashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug\u2018urta qilish to\u2018g\u2018risida\u00bbgi O\u2018zbekiston Respublikasining qonunlari, O\u2018zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi, O\u2018zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi, shuningdek sug\u2018urta sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asosan ko\u2018rib chiqiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mulkiy sug\u2018urta shartnomasiga muvofiq sug\u2018urtalovchi sug\u2018urta hodisasi sodir bo\u2018lganda sug\u2018urta qildiruvchiga (naf oluvchiga) bu hodisa oqibatida sug\u2018urtalangan mulkka yetkazilgan zararni yoxud sug\u2018urta qildiruvchining boshqa mulkiy manfaatlari bilan bog\u2018liq zararni shartnomada belgilangan summa doirasida to\u2018lash majburiyatini oladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shaxsiy sug\u2018urta esa sug\u2018urtalovchining sug\u2018urta qildiruvchining (sug\u2018urtalangan shaxsning) hayoti yoki sog\u2018lig\u2018iga zarar yetkazilgan taqdirda, u muayyan yoshga to\u2018lgan yoki uning hayotida shartnomada nazarda tutilgan boshqa sug\u2018urta hodisasi yuz bergan hollarda shartnomada shartlashilgan sug\u2018urta pulini bir yo\u2018la to\u2018lash yoki vaqti-vaqti bilan to\u2018lab turish majburiyatini nazarda tutadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sug\u2018urta shartnomasi yozma shaklda tuzilishi shart.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sug\u2018urta shartnomasi bitta hujjatni tuzish yoxud sug\u2018urta qildiruvchiga uning yozma yoki og\u2018zaki arizasiga binoan sug\u2018urtalovchi tomonidan imzolagan va sug\u2018urta shartnomasi shartlarini o\u2018z ichiga olgan sug\u2018urta polisi (shahodatnomasi, sertifikati, kvitansiyasi)ni topshirish yo\u2018li bilan tuzilishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sug\u2018urta shartnomasining shakliga nisbatan belgilangan talabga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sug\u2018urta shartnomasi sug\u2018urtalovchi tomonidan imzolangan, sug\u2018urta shartnomasining shartlarini o\u2018z ichiga olgan sug\u2018urta polisi (shahodatnomasi, sertifikati, kvitansiyasi)ni topshirish yo\u2018li bilan tuzilganida, sug\u2018urta qildiruvchining sug\u2018urtalovchi taklif etgan shartlarda shartnoma tuzishga rozi ekanligi sug\u2018urtalovchidan ko\u2018rsatilgan hujjatlarni qabul qilib olish va sug\u2018urta mukofoti to\u2018lash yoxud sug\u2018urta mukofoti bo\u2018lib-bo\u2018lib to\u2018langanda birinchi badalni to\u2018lash orqali tasdiqlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sug\u2018urta puli miqdori &#8212; sug\u2018urta shartnomasining muhim shartlaridan biri hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sug\u2018urta puli taraflarning sug\u2018urta shartnomasidagi kelishuviga asosan aniqlanadi. Mol-mulkni yoki tadbirkorlik xavfini sug\u2018urtalashda ushbu miqdor, agar sug\u2018urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo\u2018lsa, uning asl narxidan (sug\u2018urta narxidan) oshib ketmasligi lozim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Agar mol-mulkni yoki tadbirkorlik xavfini sug\u2018urta qilish shartnomasida ko\u2018rsatilgan sug\u2018urta puli sug\u2018urta qiymatidan ortiq bo\u2018lsa, shartnoma sug\u2018urta qiymatidan ortiq bo\u2018lgan sug\u2018urta puli qismida o\u2018z-o\u2018zidan haqiqiy emas hisoblanadi. Bunday holatda sug\u2018urta mukofotining ortiqcha to\u2018langan qismi qaytarib berilmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sug\u2018urta shartnomasi tuzilayotganda sug\u2018urta qildiruvchi bunday shartnomani tuzish vaqtida o\u2018ziga ma\u2019lum bo\u2018lgan sug\u2018urta hodisasi yuz berishi ehtimolini va uning yuz berishi tufayli kutilajak zarar miqdori (sug\u2018urta xavfi)ni aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega bo\u2018lgan holatlarni sug\u2018urtalovchiga xabar qilishi shart.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sug\u2018urta hodisasi yuz berishi ehtimolini va uning yuz berishi tufayli yetkazilishi mumkin bo\u2018lgan zarar miqdori (sug\u2018urta xavfi)ni aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega bo\u2018lgan holatlar deganda, sug\u2018urta shartnomasi (polisi)ning standart shaklida, sug\u2018urta qildiruvchiga berilgan sug\u2018urta qoidalarida yoki yozma so\u2018rovda sug\u2018urtalovchi tomonidan oldindan aniq aytib qo\u2018yilgan xavfni o\u2018ziga qabul qilgan sug\u2018urtalovchi tomonidan baholash uchun ahamiyatli holatlar deb tushunish lozim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mol-mulkni sug\u2018urtalash shartnomasi tuzilayotganida sug\u2018urtalovchi sug\u2018urta qilinayotgan mol-mulkni ko\u2018zdan kechirishga, zarurat bo\u2018lganda esa uning haqiqiy qiymatini belgilash maqsadida baholashdan o\u2018tkazishni tashkil etishga, shaxsiy sug\u2018urta shartnomasi tuzilayotganida esa sug\u2018urta qilinayotgan shaxs sog\u2018lig\u2018ining haqiqiy holatini aniqlash uchun uni tekshirtirishga haqli.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mol-mulkning shartnomada ko\u2018rsatilgan sug\u2018urta qiymati miqdori haqida taraflar o\u2018rtasida kelishuvga erishilgan bo\u2018lsa, uning ustida keyinchalik nizolashish mumkin emas.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu bilan birga, agar shartnoma tuzilgunga qadar sug\u2018urta xavfini baholash bo\u2018yicha o\u2018z huquqidan foydalanmagan sug\u2018urtalovchi sug\u2018urta qildiruvchi tomonidan bu qiymat borasida bila turib chalg\u2018itilgan bo\u2018lsa, mol-mulkning sug\u2018urta qiymati miqdori ustida nizolashish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Agar sug\u2018urta qildiruvchida (naf oluvchida) sug\u2018urta hodisasi yuz berishi natijasida kelib chiqqan zarar miqdori sug\u2018urta shartnomasida belgilangan zarar miqdoridan oshmasa yoki kam bo\u2018lsa, ixtiyoriy mulkiy sug\u2018urta shartnomasining shartlarida sug\u2018urta tovonini to\u2018lashni istisno qiluvchi qoida belgilab qo\u2018yilishi mumkin (franshiza). Franshiza muayyan foiz yoki aniq miqdorida belgilanishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sug\u2018urta shartnomasining amal qilishi boshlanishi. Agar sug\u2018urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo\u2018lsa, sug\u2018urta mukofoti yoki birinchi badal to\u2018langan paytdan kuchga kiradi va uning shartlari, agar shartnomada sug\u2018urta amal qilishi boshlanishining boshqacha muddati nazarda tutilmagan bo\u2018lsa, sug\u2018urta shartnomasi kuchga kirganidan keyin yuz bergan sug\u2018urta hodisalariga nisbatan tatbiq etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Agar sug\u2018urta shartnomasida sug\u2018urta mukofotini bo\u2018lib-bo\u2018lib to\u2018lash nazarda tutilgan bo\u2018lsa, shartnomada navbatdagi sug\u2018urta badallarini belgilangan muddatlarda to\u2018lamaslik oqibatlari ko\u2018rsatib qo\u2018yilishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bunday oqibatlar sifatida sug\u2018urta shartnomasi, xususan, navbatdagi sug\u2018urta badallari to\u2018lanmaganda sug\u2018urtalovchining sug\u2018urta shartnomasini bekor qilishni talab qilish yoki majburiyatni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish huquqini o\u2018z ichiga olishi mumkin. Bunday holatda, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo\u2018lsa, to\u2018langan sug\u2018urta badali qaytarilmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mol-mulk uning asralishidan qonun hujjatlariga yoki shartnomaga asoslangan manfaatga ega bo\u2018lgan shaxs (sug\u2018urta qildiruvchi yoki naf oluvchi) foydasiga sug\u2018urta shartnomasi bo\u2018yicha sug\u2018urtalanishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Garovga qo\u2018yilgan mol-mulkni sug\u2018urta qilish shartnomasini tuzishda, garov bilan ta\u2019minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda garovga qo\u2018yilgan mulkning qiymatidan o\u2018z manfaatlari qanoatlantirilishi munosabati bilan garovga oluvchi o\u2018zi uchun mol-mulkni saqlanishidan va uni saqlanishini ta\u2019minlanishida manfaatdor bo\u2018lishi lozim. Bunday holatda garovga oluvchi sug\u2018urta shartnomasi bo\u2018yicha naf oluvchi hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mulkiy sug\u2018urta shartnomasi bo\u2018yicha sug\u2018urta hodisasi deganda, shartnomada nazarda tutilgan va uning sodir bo\u2018lishi natijasida sug\u2018urtalovchining sug\u2018urta tovonini to\u2018lab berish majburiyati vujudga keladigan voqea tushuniladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Agar sug\u2018urta shartnomasi majburiyat bajarilishining ta\u2019minoti sifatida tuzilgan bo\u2018lsa, asosiy majburiyat bajarilmagan taqdirda kreditor sug\u2018urtalovchidan sug\u2018urta tovonini yoki sug\u2018urta pulini to\u2018lashni talab qilish huquqiga ega.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Jumayev Diyor Bozorovich<\/strong><br><em>Termiz tumanlararo iqtisodiy sudi raisi<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sug\u2018urta shartnomasi bilan bog\u2018liq atamalar: Sug\u2018urta &#8212; ma\u2019lum voqealar (sug\u2018urta hodisasi) yuz berganda jismoniy va yuridik shaxslarining mulkiy manfaatlarining himoyasi bo\u2018yicha munosabatlarni anglatuvchi atama. Himoya manfaatlari himoya qilinayotganlar tomonidan to\u2018lanuvchi sug\u2018urta badallaridan (sug\u2018urta mukofotlari) shakllanuvchi pul jamg\u2018armalari hisobiga amalga oshiriladi. Sug\u2018urtalangan (shaxs) &#8212; mulki, hayoti, sog\u2018lig\u2018i, mehnatga layoqati, mas\u2019uliyati sug\u2018urta <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=146\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":147,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-146","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-huquq"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/146","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=146"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/146\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":150,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/146\/revisions\/150"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/147"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=146"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=146"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=146"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}