{"id":1065,"date":"2026-09-16T13:42:00","date_gmt":"2026-09-16T10:42:00","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=1065"},"modified":"2026-09-16T13:42:19","modified_gmt":"2026-09-16T10:42:19","slug":"ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-birinchi-markaziy-osiyo-koreya-respublikasi-sammitidagi-nutqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=1065","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning birinchi \u201cMarkaziy Osiyo \u2013 Koreya Respublikasi\u201d sammitidagi nutqi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Hurmatli Li Chje Myon Janobi Oliylari!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Go\u2018zal Seul shahrida yana bir bor bo\u2018lib turganimdan g\u2018oyat mamnunman. Ushbu megapolisga tashrif buyurar ekanman, uning jadal taraqqiyoti va betakror qiyofasi meni har safar hayratga soladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon Janobi Oliylariga tarixdagi birinchi \u201cMarkaziy Osiyo \u2013 Koreya Respublikasi\u201d sammiti yuksak darajada tashkil etilgani va samimiy mehmondo\u2018stlik uchun bildirilgan minnatdorlik so\u2018zlariga qo\u2018shilaman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ushbu noyob hamkorlik platformasining muhimligi haqida bildirilgan fikrlarni to\u2018liq qo\u2018llab-quvvatlayman.<br>Koreya Respublikasi strategik jihatdan uzoqni ko\u2018zlab ish tuta olishini namoyish etgan holda, Markaziy Osiyo timsolida yaqin va o\u2018zaro manfaatli sheriklik uchun ulkan salohiyatni 2007-yildayoq birinchilardan bo\u2018lib ko\u2018rdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik va o\u2018zaro hurmat asosida barpo etilmoqda. Hamkorligimizning maqsadlari mutlaqo ochiq, pragmatik va bunyodkorlik xususiyatiga ega.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biz Koreya tomonining mamlakatlarimizni sanoatlashtirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va barqaror rivojlanish uchun mustahkam poydevor yaratishga qo\u2018shayotgan salmoqli hissasini samimiy qadrlaymiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Muhtaram Prezident Janoblari, O\u2018zbekiston Koreya yarimorolida tinchlik va barqarorlik o\u2018rnatish borasida olib borayotgan siyosatingizni qat\u2019iy qo\u2018llab-quvvatlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bizning mustahkam aloqalarimizning ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Ular Buyuk ipak yo\u2018lidagi karvon izlaridan boshlanadi. Ushbu mustahkam do\u2018stlik zamirida nafaqat o\u2018zaro manfaat, balki ma\u2019naviy-axloqiy qardoshlik ham mujassam.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Keksa avlodga chuqur hurmat, halol mehnatni qadrlash, ona zaminga mehr va sadoqat kabi asosiy hayotiy qadriyatlar xalqlarimiz uchun birdek yaqindir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ko\u2018pmillatli Markaziy Osiyo oilasining ajralmas qismiga aylangan koreys diasporasi xalqlarimizning birdamligi va o\u2018zaro hurmat-ehtiromining yorqin ramzidir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Hurmatli sammit ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bizning bugungi kundagi asosiy vazifamiz faqat hamkorlik bo\u2018yicha erishilgan sur\u2019atni saqlab qolish emas, balki bu muvaffaqiyatlarni yanada yuqori sifat bilan oldinga borishning poydevoriga aylantirishdan iborat.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Markaziy Osiyo jahon bozorlaridagi beqarorlikka qaramasdan, 6 foizdan ziyod o\u2018sish sur\u2019atlarini namoyish etmoqda. Umumiy yalpi ichki mahsulot hajmi 500 milliard dollardan oshdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sakson million nafardan ortiq aholiga ega bo\u2018lgan mamlakatlarimiz ishonch bilan Yevroosiyoning \u201cbarqarorlik mintaqasi\u201d va \u201cglobal bog\u2018liqlik markazi\u201dga aylanib bormoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018z navbatida, Koreya Respublikasi zamonaviy texnologiyalar, innovatsiya va ilm-fanga asoslangan ishlab chiqarish sohasida dunyodagi yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ishonchim komilki, ushbu ikki qudratli salohiyatning qo\u2018shilishi biz uchun o\u2018zaro manfaatli hamkorlikni o\u2018rnatish borasida yangi ufqlar ochadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Hurmatli hamkasblar!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugun sizlar ilgari surgan barcha tashabbuslarni qo\u2018llab-quvvatlagan holda, men hamkorlikning beshta strategik yo\u2018nalishi bo\u2018yicha takliflarimizni bildirmoqchiman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em><strong>Birinchi yo\u2018nalish<\/strong><\/em> hamkorligimizni rejalashtirishning uzoq muddatli ufqlarini shakllantirishni qamrab oladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugungi zamonaviy dunyodagi global o\u2018zgarishlar sur\u2019ati davlatlarning unga moslashish imkoniyatidan tobora ilgarilab ketmoqda. Sun\u2019iy intellekt mehnat bozori va butun boshli sanoat tarmoqlarini o\u2018zgartirmoqda. Iqlim va suv bilan bog\u2018liq xavf-xatarlar kelgusi bir necha o\u2018n yilliklar uchun mo\u2018ljallangan yechimlarni ishlab chiqishni talab qiladi. Ta\u2019lim, infratuzilma, texnologiya va inson kapitaliga nisbatan yangi talablar paydo bo\u2018lmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bunday sharoitda voqealar rivojini chuqur anglash, taraqqiyot borasida paydo bo\u2018layotgan imkoniyatlarni o\u2018z vaqtida aniqlash va ularni amalga oshirish uchun sharoit yaratish qobiliyati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ana shu tahdidlarga javoban <strong>\u201cMarkaziy Osiyo \u2013 Koreya Respublikasi: jadal rivojlanish yo\u2018lidagi hamkorlik\u201d<\/strong> deb nomlangan uzoq muddatli konseptual qarashni ishlab chiqishni taklif qilamiz. Uning bosh maqsadi \u2013 kelajakda mamlakatlarimizga qanday kompetensiyalar, ishlab chiqarish quvvatlari, infratuzilma, kadrlar va mutaxassislar kerak bo\u2018lishini oldindan belgilab olishdir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ushbu hujjatdagi vazifalarni amalga oshirish uchun Jadal rivojlanish loyihalari portfelini shakllantirish muhim, deb hisoblaymiz. Unga mamlakatlarimiz uchun yangi o\u2018sish manbalari va uzoq muddatli imkoniyatlarni yaratishga qodir bo\u2018lgan, katta burilish yasaydigan tashabbuslar kiritilishi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Raqamli kelajak xavfsizligini ta\u2019minlash masalasi ham umumiy e\u2019tiborimiz markazida bo\u2018lishi lozim. Kibertahdidlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish mexanizmlarini yaratish borasida sa\u2019y-harakatlarni birlashtirish o\u2018ta muhim, deb hisoblaymiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bunday munosabatlar natijasida bizning hamkorligimiz yagona strategik yondashuv va ertangi kunimizning ustuvor yo\u2018nalishlaridan kelib chiqqan holda barpo etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong><em>Ikkinchi soha<\/em><\/strong> bizning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyatlarimizni yagona biznes mantig\u2018i doirasida birlashtirishga qaratilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugungi kunda Markaziy Osiyo faqat xomashyo yetkazib beradigan mintaqa emas. Mamlakatlarimiz innovatsion va texnologik hamkorlik uchun imkoniyatlarni kengaytirgan holda, qo\u2018shimcha qiymatning global zanjirlariga faol qo\u2018shilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bizning mintaqamiz savdo bo\u2018yicha xavf-xatar zonalaridan tashqarida joylashgan ishlab chiqarish maydonlariga ega ekani va mahsulotlarga talab tez o\u2018sib borayotgani bilan Koreya Respublikasi uchun Yevroosiyodagi almashtirib bo\u2018lmaydigan hamkorga aylanishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biz sanoat va savdo vazirlari uchrashuvlari platformasini yaratish to\u2018g\u2018risidagi tashabbusni to\u2018liq qo\u2018llab-quvvatlaymiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ushbu muvofiqlashtiruvchi mexanizmning ta\u2019sis etilishi o\u2018zaro savdoni sezilarli darajada ko\u2018paytirish uchun birgalikda samarali yechimlarni topish imkonini beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">To\u2018siqlarni bartaraf etish, sertifikatlash bo\u2018yicha tartib-taomillarni va mahsulotlarning mahalliy savdo platformalariga o\u2018zaro kirib borishini soddalashtirish yuzasidan ta\u2019sirchan chora-tadbirlarni ko\u2018rish muhimdir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Aminmanki, ushbu qadamlar bizga ulkan, ammo to\u2018liq erishsa bo\u2018ladigan maqsadni amalga oshirish \u2013 2030-yilga borib mintaqamiz mamlakatlarining Koreya bilan savdo aylanmasini 20 milliard dollarga yetkazish imkonini beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sanoat kooperatsiyasi va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish doirasida O\u2018zbekistonda \u201cMarkaziy Osiyo \u2013 Koreya\u201d sanoat-texnologiya parkini joylashtirishga tayyormiz. Ushbu park mintaqa bozori uchun innovatsion ishlab chiqarish bazasi bo\u2018lib xizmat qilishi mumkin.<br>Birgalikdagi sa\u2019y-harakatlarni avtokomponentlar, elektrotexnika, mashinasozlik, farmatsevtika va kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratish taklif etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bundan tashqari, mamlakatlarimiz hududlari o\u2018rtasida to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri sheriklik aloqalarini yo\u2018lga qo\u2018yishni iqtisodiy hamkorlikning muhim harakatlantiruvchi kuchi, deb hisoblaymiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kelgusi yili Samarqandda bo\u2018lib o\u2018tadigan Markaziy Osiyo va Koreya uchinchi hududlararo forumida barcha mamlakatlardan mahalliy hokimlik va biznes vakillarini ko\u2018rishdan mamnun bo\u2018lamiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em><strong>Uchinchi yo\u2018nalish<\/strong><\/em> nodir minerallar sohasidagi hamkorlikda yangi sahifa ochishga qaratilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu yo\u2018nalish Markaziy Osiyo va Koreya o\u2018rtasida strategik manfaatlarning noyob uyg\u2018unligini yaratadi. Ushbu qimmatbaho xomashyoga bo\u2018lgan talab tez o\u2018sib borayotgani va uning Markaziy Osiyodagi ulkan zaxiralarini hisobga olgan holda, mintaqa jahon bozorida yetakchi yetkazib beruvchilardan biriga aylanishga qodir. Bu borada Koreyaning ilg\u2018or texnologiyalari va kapitali hal qiluvchi rol o\u2018ynashi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu munosabat bilan biz nodir minerallar bo\u2018yicha mintaqaviy investitsiyaviy alyansni tashkil etishni taklif etamiz. Mazkur tashabbus mintaqada ishlab chiqarishning barcha bosqichlari \u2013 geologiya-qidiruv va qazib olishdan tortib, xomashyoni chuqur qayta ishlash hamda yuqori qo\u2018shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishgacha bo\u2018lgan jarayonlarni qamrab oladigan yirik sanoat klasterlarini tashkil etishga qaratilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Hamkorligimizning <strong><em>to\u2018rtinchi yo\u2018nalishi<\/em><\/strong> \u201cyashil\u201d taraqqiyot va iqlim o\u2018zgarishiga moslashish ehtiyojlaridan kelib chiqadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Koreya, Parij kelishuvi doirasida, xorijiy mamlakatlarda iqlimga oid loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan, bizning mintaqamiz esa \u201cyashil\u201d investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratish va ishonchli platforma bo\u2018lishga tayyor.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ushbu imkoniyatlarni birlashtirish maqsadida Markaziy Osiyo va Koreya o\u2018rtasida iqlim va uglerod hamkorligi bo\u2018yicha formatni ishga tushirishni taklif etamiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biz iqlim, energetik o\u2018tish va havo sifati bo\u2018yicha qo\u2018shma tashabbusni olqishlaymiz. Umid qilamizki, bu Koreya texnologiyalari transferiga, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlarining davriy va kam uglerodli iqtisodiyotga muvaffaqiyatli o\u2018tishiga yordam beradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong><em>Beshinchi yo\u2018nalish<\/em><\/strong> fundamental ahamiyatga ega bo\u2018lib, yosh avlod salohiyatini ro\u2018yobga chiqarish bo\u2018yicha birgalikda ishlashni nazarda tutadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Markaziy Osiyo \u2013 alohida demografik energiyaga ega bo\u2018lgan mintaqa bo\u2018lib, aholisining yarmidan ko\u2018pini 30 yoshgacha bo\u2018lgan yoshlar tashkil etadi. Aynan yosh avlod mamlakatlarimizning raqobatbardoshligini belgilaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biz muhandislik, texnologiya va raqamli sohalardagi mutaxassislarga talab ortib borayotgan vaziyatga duch kelmoqdamiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biz uchun yosh avlod kelgusida ilg\u2018or bilimlar, ko\u2018nikmalar va xalqaro tajribadan foydalanish imkoniga ega bo\u2018lgan holda, zamonaviy texnologik iqtisodiyotning bir qismiga aylanishi juda muhimdir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu munosabat bilan inson kapitalini rivojlantirish sohasida uzoq muddatli hamkorlikni shakllantirishni taklif etamiz. Bu hamkorlik \u201cbuyurtma \u2013 o\u2018qitish \u2013 bandlik\u201d degan aniq tamoyilga asoslanishi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biz istiqbolni Koreya biznesining kadrlarga bo\u2018lgan ehtiyojlarini mintaqamizning ta\u2019lim sohasidagi salohiyati bilan bevosita bog\u2018lashda ko\u2018rmoqdamiz. Bunday yondashuv ko\u2018plab iste\u2019dodli yoshlar uchun kasbiy rivojlanish uchun yo\u2018l ochadi va qo\u2018shma loyihalarimiz bo\u2018yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni kafolatlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ayniqsa, sun\u2019iy intellekt texnologiyalarini birgalikda ishlab chiqish va joriy etish, mintaqada keng qamrovli texnologik baza va ko\u2018nikmalarni yaratishda yoshlarning alohida o\u2018rni va roliga talab katta.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Prezident Li Chje Myon Janobi Oliylarining \u201cO\u2018xshashi yo\u2018q Koreya\u201d doktrinasini ushbu keng ko\u2018lamli jarayon uchun Markaziy Osiyodagi asosiy tayanch maydonlardan biriga aylantirishni taklif etamiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Qadrli do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biz birgalikdagi sa\u2019y-harakatlarimiz bilan hamkorligimizni kengaytira olamiz, uni yangi loyihalar bilan to\u2018ldirib, mavjud ulkan salohiyatdan mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlari yo\u2018lida foydalana olamiz, deb ishonaman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">So\u2018zimning yakunida O\u2018zbekiston kelgusi yilda Koreya Respublikasi bilan diplomatik munosabatlar o\u2018rnatilganining 35 yilligi va koreys diasporasining mintaqamizda yashay boshlaganining 90 yilligiga bag\u2018ishlangan bayram tadbirlarini eng yuqori darajada o\u2018tkazishga tayyor ekanini ta\u2019kidlamoqchiman.<br><br><a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9624\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning birinchi \u201cMarkaziy Osiyo \u2013 Koreya Respublikasi\u201d sammitidagi nutqi<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hurmatli Li Chje Myon Janobi Oliylari! Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Go\u2018zal Seul shahrida yana bir bor bo\u2018lib turganimdan g\u2018oyat mamnunman. Ushbu megapolisga tashrif buyurar ekanman, uning jadal taraqqiyoti va betakror qiyofasi meni har safar hayratga soladi. Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon Janobi Oliylariga tarixdagi birinchi \u201cMarkaziy Osiyo \u2013 Koreya Respublikasi\u201d <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=1065\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1066,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-1065","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-president-uz"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1065","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=1065"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1065\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1067,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1065\/revisions\/1067"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/1066"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=1065"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=1065"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=1065"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}