{"id":1055,"date":"2026-08-15T21:11:57","date_gmt":"2026-08-15T18:11:57","guid":{"rendered":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=1055"},"modified":"2026-08-15T21:11:58","modified_gmt":"2026-08-15T18:11:58","slug":"prezident-shavkat-mirziyoyev-tomonidan-ozbekiston-respublikasi-prezidenti-administratsiyasi-togrisidagi-konstitutsiyaviy-qonun-imzolandi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=1055","title":{"rendered":"Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi."},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Administratsiya <strong>Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta\u2019minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut<\/strong> hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo\u2018yicha <strong>huquqiy bo\u2018shliq <\/strong>mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan <strong>ushbu masalalar tartibga solindi.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi <strong>Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi.<\/strong> Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta\u2019minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi <strong>Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti<\/strong> hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qonun <strong>4 ta bob <\/strong>va <strong>34 ta modda<\/strong>dan iborat bo\u2018lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida<strong> Prezident faoliyatini ta\u2019minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi.<\/strong> Xususan:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 Administratsiya O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta\u2019minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo\u2018nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo\u2018ysunadi va hisobdor bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Administratsiyaning <strong>asosiy vazifalari <\/strong>belgilandi:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta\u2019minlash;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013&nbsp;Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko\u2018maklashish;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2013 Prezidentga bevosita bo\u2018ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuningdek, qonunda&nbsp;<strong>Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar <\/strong>belgilangan, <strong>Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etish<\/strong>ning qonuniy asoslari yaratilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida <strong>parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Administratsiya <strong>Prezidentga bevosita bo\u2018ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo\u2018yicha takliflar tayyorlaydi <\/strong>va<strong> Prezidentga kiritadi.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Prezident Administratsiyasi to\u2018g\u2018risida Konstitutsiyaviy qonunningqabul qilinishi <strong>Yangi O\u2018zbekistonda inson qadrini ulug\u2018lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko\u2018tarishga <\/strong>xizmat qiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta\u2019minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo\u2018yicha huquqiy bo\u2018shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi <a href=\"https:\/\/chaganiyan.uz\/?p=1055\" class=\"btn btn-link continue-link\">Batafsil<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1056,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-1055","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-president-uz"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1055","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=1055"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1055\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1057,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1055\/revisions\/1057"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/1056"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=1055"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=1055"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/chaganiyan.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=1055"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}